|
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkilBog'liq Raqamli kompetTushunish.
Tinglovchi faktlar va g‘oyalarni tushunishni namoyish etadi.
Ularni tizimlashtirishi, solishtirishi mumkin. U matnni o‘z so‘zlari bilan aytib
berishi, boshqa tinglovchiga tushuntirishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe’llar:
hikoya qilish, tushuntirish, izohlash, misol keltirish.
−
Qo‘llash.
Tinglovchi bilimlarni amalda qo‘llashi, shu kabi va boshqa
turdagi vazifalarni hal qilish uchun bilimlardan foydalanishi mumkin. Darajaga mos
keladigan fe’llar: qo‘llash, o‘zgartirish, qurish.
−
Tahlil.
Tinglovchi o‘quv materilialini mustaqil ravishda tahlil qilishi,
mantiqiy xatolar yoki zaif dalillarni ko‘rishi mumkin. Darajaga mos keladigan
fe’llar: solishtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarish.
−
Baholash.
Tinglovchi o‘quv materialining sifatini baholashi, uning qiymati
haqida xulosa chiqarishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe’llar: baholash,
taqqoslash, tanqid qilish.
−
Yaratish.
Tinglovchi mavjud o‘quv materiallari asosida yangi materiallarni
yaratishi mumkin. Darajaga mos keladigan fe’llar: o‘zgartirish, qayta qurish,
umumlashtirish.
Pedagogik dizayn ta‘lim jarayonini yanada samarali va sifatli tashkil etishda
muhim rol o‗ynaydi. Bu, ayniqsa, tinglovchilar, professor-o‗qituvchilar va o‗quv
kontenti o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri emas, balki axborot
va kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta‘minlanadigan onlayn ta‘limda
muhimdir. Kelajakda raqamli ta‘lim resurslarini yaratishni rejalashtirayotgan
professor-o‗qituvchilar bu jarayonning moliyaviy va inson resurslari bilan bir
qatorda juda ko‗p vaqt talab qilishini tushunishi lozim. Faqat pedagogik
dizaynning har bir bosqichida batafsil, yaxshi rejalashtirilgan mehnat orqali sifatli
raqamli resurs yaratiladi.
2.2. Raqamli muhitda maxsus norma va qoidalarga rioya qilish
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborotni, shu jumladan
intellektual faoliyat natijalarini, nusxalash va tarqatish xarajatlari va tezligini,
shuningdek markazlashtirilmagan axborot munosabatlarini minimallashtirdi.
Shuningdek, nashriyot manbalaridan foydalanish sezilarli darajada pasaytirdi.
Nusxa ko‗chirish taqiqlangan yoki buning uchun to‗lov belgilangan hollarda, bu
foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‗ladi, chunki ctrl+S – ctrl+V
kombinatsiyasini bosish osonroq. Lekin bu amaliyot mualliflik huquqining
buzilishiga olib keladi. Raqamli ma‘lumotlarning bunday katta oqimida ushbu
qoidalarga qanday rioya qilish kerak?
|
| |