|
Tayyorlashni takomillashtirish masalalariBog'liq xorij-tajribalari-asosida-o-zbekistonda-pedagog-kadrlar-tayyorlashni-takomillashtirish-masalalariMETOD VA METODOLOGIYASI
Pedagogik kadrlar tayyorlash va pedagogik faoliyat bilan bog„liq ta‟limotlar eramizgacha
yaratilgan asarlarda ham o„z aksini topgan va Sharqda zardushtiylik ta‟limotining manbai
“Avesto” (eramizgacha I asr) da, Islom dinining muqaddas kitobi “Qur‟oni Karim” (VII asr) va
“Hadisi sharif” (Imom al-Buxoriy “Al-jomeʼ as-sahih”, IX asr) da, O„rta Osiyo uyg„onish davri
mutafakkirlaridan Abu Nasr al-Farobiy (“Fozil odamlar shahri”, 20-asrning 70-80-yillari), Abu
Ali Ibn Sino (“Donishnoma”, XI asr), Burxoniddin Zarnudjiy (Ta‟lum al-Mutaalallim, XII asr,),
Muslihiddin Sa‟diy Sheroziy (“
B
o„ston”, 1257, “Guliston”, 1258), Alisher Navoiy (“Mukammal
asarlar to„plami” 20 jildlik, 1987-2003) larning badiiy – falsafiy asarlarida, G„arbda Qadimgi
Yunoniston va Rimda Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Mark Fabiy Kvintilian, Yan Amos
Komenskiy, Adolf Distegverg kabi buyuk faylasuf, pedagog, mutafakkirlarning ta‟limotlarida,
ma‟rifiy-axloqiy asar tarzida maydonga kelib, pedagogik faoliyat va uning mazmuni to„g„risida
qimmatli fikrlarni ifodalagan.
Shuningdek, ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyoti sharoitida pedagogik
jarayonga “Onalar maktabi”(1632), “Buyuk didaktika” (Yan Amos Komenskiy, 1632),
“O„qituvchilar uchun 33 qoida” (Adolf Disterverg, 1956), “O„qituvchiga ta‟lim yo„lida o„quv
qo„llanma”(1150), “O„rtoq, o„qituvchi, fan tanlash haqida”(1206) (Burhoniddin Zarnudjiy),
“Nozik iboralar” (Az-Zamaxshariy, 1992), “Qutadg„u bilig” (Yusuf Xos Hojib,
1439
) kabi
pedagogik asarlar paydo bo„lgan. Bu esa o„z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda diniy va
dunyoviy bilimlarni o„rgatuvchilarga qo„llanma sifatida tavsiya etilgan. Natijada pedagogik
faoliyat yuzaga kelgan.
Pedagoglar tayyorlash hamma davrda aniq tarixiy tavsifga ega va shunday bo„lib qoladi.
Keyingi davr Sharq va O„rta Osiyo allomalari, ma‟naviyat va ma‟rifat darg„alari pedagog kasbi
mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifi to„g„risida qimmatli so„zlarni aytganlar. Buni biz
Abdulla Avloniy, Oybek, G„afur G„ulom, Abdullo Oripov va kenja avlod ta‟limotida yaqqol
ko„ramiz.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta‟lim
sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4623-son Qarorida pedagogik
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1130
ta‟lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni
qo„llash ko„nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa
qo„shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar
yetkazib berish, sohaga ilg„or ta‟lim texnologiyalarini joriy qilish kerakliligi asosiy maqsad
ekanligi qayd etilgan.
2022-2026-yillarga mo„ljallangan O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ham ushbu
mavzu yuzasidan fikrlar yuritilib, bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
|
| |