SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1136
yuritayotgan o„qituvchilar va mavjud ehtiyojlar” nomli tajriba-sinov natijasida umumiy 1354
nafar o„qituvchiga bo„lgan ehtiyoj aniqlangan. Ushbu ehtiyoj umumiy kadrlarga (5 ta hudud
bo„yicha) nisbatan 1,6% ni tashkil etadi.
Fanlar kesimida ehtiyojni tahlil qilsak, eng yuqori talab “Informatika va axborot
texnologiyalari” (3,5%) va “Rus tili va adabiyoti” (3,4%) o„qituvchilariga, eng quyi talab esa
“Boshlang„ich ta‟lim” o„qituvchilariga (0,4%) ekanligi ma‟lum bo„ldi.
Ushbu holatlarni bartaraf qilish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi
hamda Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi o„rtasida “O„zbekiston Respublikasi maktablarida
rus tili fanini va umumta‟lim fanlarini rus tilida o„qitish sifatini oshirish" loyihasi amalga
oshirilishi belgilandi.
Mazkur loyiha doirasida O„zbekistonda faoliyat olib boradigan A.I.Gersen nomidagi
Rossiya davlat pedagogika universitetining mutaxassislari Respublikamizning barcha
hududlariga taqsimlangan holda umumta‟lim maktablarida rus tili fani va umumta‟lim fanlarini
rus tilida o„qitish sifatini oshirish bo„yicha mahalliy o„qituvchilar bilan birgalikda faoliyat olib
borishadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalq ta‟limi tizimida ayrim fanlar bo„yicha
o„qituvchilarga bo„lgan ehtiyojlarni o„rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini
shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida tarmoq samaradorligini oshirishda
to„planib qolgan yuqoridagi muammolarni xal etish bo„yicha ilmiy jixatdan asoslangan va
amaliy ahamiyatga molik bo„lgan fikr muloxazalar, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi
kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo„lib qoladi.
Umumta‟lim maktablarini ehtiyoj yuqori bo„lgan fan o„qituvchilari bilan ta‟minlash uchun
pedagogika yo„nalishidagi OTMlar talaba va maktab o„rtasida 3 tomonlama shartnoma asosida
qabul kvotalarini shakllantirish zarur.