SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1133
bo„yicha xorijiy davlatlar bilan qo„shma ta‟lim dasturlari tashkil etildi.
1-rasm. Umumta’lim muassasalari dinamikasi
, dona
Manba: O„zbekiston Respubliksi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari asosida muallif
ishlanmasi
Bugungi kunda umumiy o„rta ta‟lim maktablari soni 1990-1991-o„quv yiliga nisbatan 1797
taga ko„payib, 21,6 foizga oshgan.
Shundan, shahar joylardagi umumiy o„rta ta‟lim maktablari soni yillar davomida o„sib
borib, 1990-1991-o„quv yiliga nisbatan 2 188 taga ko„payib, 1,3 barobar oshgan.
Qishloq
joylarda umumiy o„rta ta‟lim maktablari soni 5,1 foizga kamayish tendensiyasi urbanizatsiya
jarayoni ta‟sirida qishloqlarni shaharga aylantirilishi hisobiga sodir bo„lgan.
2-rasm. O‘quvchilar soni xaqida ma’lumot, ming o‘quvchi
Manba: O„zbekiston Respubliksi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari asosida muallif
ishlanmasi
O„quvchilar soni dinamikasining tahlil natijalari shuni ko„rsatmoqdaki, 2000-2001 o„quv
yiliga nisbatan 199 500 taga ko„payib 3,3 foizga oshgan.
6083,7
4695,3
6283,2
0,0
1000,0
2000,0
3000,0
4000,0
5000,0
6000,0
7000,0
2000/2001
2010/2011
2020/2021
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1134
O„zbekiston Respublikasida 2000-2001 o„quv yilida 6 083 700 o„quvchi ta‟lim olgan
bo„lsa, 2010-2011 o„quv yilida 4 695 300 o„quvchi, 2020-2021 o„quv yilida esa 6 283 200 nafar
o„quvchi ta‟lim olgan. Tahlillar natijasiga ko„ra, o„n yil davomida o„rtacha 19,3
foizga
o„quvchilar soni oshib borsa, 2030-yilga kelib O„zbekiston Respublikasida o„quvchilar soni
7 495 858 dan, ya‟ni bir yilda 749 585 nafar o„quvchidan oshib ketishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, 2009-2010 o„quv yilida o„rtacha har bir maktabda 501 o„quvchi o„qigan
bo„lsa, 2019-2020 o„quv yilida esa o„rtacha har bir maktabda 611 nafar o„quvchi ta‟lim olgan.
O„tgan o„n yil davomida maktab qurilishining orqada qolayotganligi sababli, har bir maktabga
bir yilda qo„shimcha ravishda o„rtacha 110 o„quvchi qabul qilishiga to„g„ri kelmoqda.
Maktablarda o„quvchilarni qabul qilish sig„imi, har bir sinfdagi o„quvchilar soni me‟yori,
maktablarning moddiy-texnika bazasi ta‟minoti
va holati, asosiy va qo„shimcha o„quv
adabiyotlari bilan ta‟minlanganligi, o„tiladigan fanlarni malakali mutaxassis o„qituvchilar bilan
qamrab olinganligi kabi dolzarb masalalar ta‟lim tizimining keyingi muammolari ekanligi
ma‟lum bo„lib qolmoqda.