Tayyorlashni takomillashtirish masalalari




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana08.06.2024
Hajmi0,74 Mb.
#261740
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xorij-tajribalari-asosida-o-zbekistonda-pedagog-kadrlar-tayyorlashni-takomillashtirish-masalalari

TADQIQOT NATIJALARI
Ushbu maqolada o„qituvchilar uchun o„quv, ijtimoiy va kasbiy qo„llab-quvvatlash tizimini 
rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati 
uchun ham katta qiziqish uyg„otayotgan ayrim fanlar bo„yicha o„qituvchilarga bo„lgan 
ehtiyojlarni o„rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash 
tufayli yuqori pedagogik ta‟lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi. 
Ma‟lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta‟lim tizimini, xususan, pedagogikani 
jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o„zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, 
umuman ta‟lim paradigmasining o„zgarishi bilan isloh qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
O„zbekistonda salohiyatli pedagogik ta‟lim tizimi azaldan mavjud. Shu bilan birga o„zbek 
pedagogik ta‟lim tizimining ijobiy jihatlaridan biri, O„zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va 
mehnat bozorining barqaror bo„lmagan sharoitida pedagogika ta‟lim yurti bitiruvchisi o„z kasbi 
bo„yicha faoliyat yuritmasa ham, shu diplom bilan boshqa sohada o„z faoliyatini davom ettira 
olish imkoniyati kengligidir.
Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika pedagogika oliy o„quv yurtlari 
bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxasislari mehnat bozori ehtiyojlari va o„zgarishlariga 
moslashuvida hamda ayrim fanlar bo„yicha o„qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda muammolar 
paydo bo„lmoqda. Shunga ko„ra, O„zbekistonda pedagogika ta‟lim yurtlari bitiruvchilarining 
umumiy va kasbiy malakasi yuqoriligi o„tish davri iqtisodiyoti uchun qulay bo„ldi. 
Yevropa mamlakatlarida maxsus pedagogika oliy ta‟lim muassasalari yo„q, biroq 
pedagogika institutlarini o„z ichiga olgan yirik universitetlar faoliyat yuritadi. Yevropa 
standartlariga ko„ra, ta‟lim doirasida turli tarmoqlar va kasblar o„rtasida harakatlanishga 
imkoniyat ko„plab oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim dasturlari orqali ta‟minlanadi va ular 
bo„lajak o„qituvchiga yetarli darajadagi malaka beradi. 
Finlyandiyaning o„qituvchi-pedagoglar tayyorlash tizimi ko„p mamlakatlar uchun na‟muna 
bo„lib xizmat qiladi. O„tgan asrning oxirida o„qituvchilar uchun magistratura darajasi minimal 
ta‟lim me‟yori deb belgilandi (shu jumladan, boshlang„ich sinf o„qituvchilari uchun ham), bu esa 
qaysidir darajada mamlakatdagi o„qituvchilar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun 
muhim hissa qo„shdi. 
Finlyandiyada maktab o„qituvchisi bo„lish uchun juda qattiq tanlovdan o„tish zarur: 
pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga 
ishga olinadi. Finlyandiya ta‟lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o„qitishga 
ustuvorlik berilishi. Bu shubhasiz, ta‟limning yuqori sifatda bo„lishiga olib keladi. Mamlakatda 
maktab ta‟limining muvaffaqiyati maktab o„quvchilarini qo„llab-quvvatlash tizimi bilan ham 
bog„liq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni 
jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o„rinlardan birini egallaydi. 
Buyuk Britaniyada ham o„qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1131 
takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali o„qituvchi maqomini olish 
uchun muqobil ta‟lim dasturlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Bular maktab bazasida 
o„qituvchilarni tayyorlash (School Centered Initial Teacher Training), “tezkor yo„l” (The Fast 
Track Programs) deb ataluvchi dasturlar va boshqalardir. 
Bugungi kunda ta‟lim sohasida yetakchi o„rinni “aqlli maktablar, ziyoli millat” strategik 
dasturida o„z aksini topgan mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish paradigmasiga ega bo„lgan 
Singapur egallaydi. Ushbu strategiyaning asosiy g„oyasi “umrbo„yi ta‟lim” g„oyasi bo„lib, u 
bilan mamlakat kelajagi uzviy bog„liq. Singapurda Finlandiyadagi kabi o„qituvchilik kasbi 
ijodkorlik hisoblanib, o„qituvchi kasbi ijobiy va jamiyatda sharafli hisoblanadi, shuning uchun, 
o„qituvchi kasbiga talabgor nomzodlar eng yaxshi deb tan olinishi uchun yetarlicha uzoq va 
murakkab tanlov jarayonidan o„tadilar. 
Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo„lgan davlat bo„lganligi sababli ham hukumat 
qashshoqlikni kamaytirish maqsadida ta‟lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan. Olib 
borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta‟lim tizimi katta yutuqlarga erishdi. 
XX asrning o„rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo„jaligiga ixtisoslashgan bo„lib, 
qo„l mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug„ullanishgan. Aholining katta qismi 
qishloqlarda istiqomat qilgan va ta‟limda ko„proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy 
sohalarga ustuvorlik berilgan.
Xitoy ta‟lim tizimi asosan maktabgacha ta‟lim, boshlang„ich ta‟lim, o„rta ta‟lim va oliy 
ta‟limdan iborat. Xitoy Xalq Respublikasining “Majburiy ta‟lim to„g„risida”gi qonunining qabul 
qilinishi barcha uchun majburiy o„rta ta‟lim tizimini shakllantirdi. Yangi qonunga ko„ra 9 yillik 
ta‟lim majburiy va bepul qilib belgilandi. 
Xitoyda pedagogik ta‟lim hozirda xalqaro darajaga etib bormoqda. Rossiya, Yaponiya va 
AQSh tajribasidan kelib chiqib, milliy an‟analarning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda o„z tizimi yaratilmoqda. So„nggi o„n yilliklarda Xitoyda pedagogik kadrlar tayyorlash 
tizimning rivojlanishi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha tez va jadallashgan. Yo„naltiruvchi 
g„oyalardan biri kasbiy pedagogik kadrlar tayyorlashning iqtisodiyot va umuman jamiyat bilan 
aloqasini mustahkamlashga, urbanizatsiya va sanoatlashtirishga qaratildi. Mamlakatda pedagogik 
kadrlar tayyorlash ochiqligini oshirishga intilmoqda: mavjud ta‟lim muassasalari negizida 
boshqa oliy o„quv yurtlari ishtirokidagi pedagogik ta‟lim tizimi bosqichma-bosqich 
shakllanmoqda. 
2021-yilda Xitoyda ta‟lim tizimini yanada isloh qilish rejalashtirilgan hamda quyidagi 
tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda: uzluksiz ta‟limning mukammal tizimini yaratish, katta 
sonli aholini mehnat bozoriga tayyorlash uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, 
ta‟lim va ilmiy-texnik yangiliklar o„rtasida uzviy bog„liqlikni shakllantirish, mamlakat 
tomonidan ta‟lim tizimini modernizatsiya qilish uchun zarur intellektual qo„llab-quvvatlash. 
Xitoy yoshlari uchun pedagogik oliy o„quv yurtlariga qabul qilishning jozibali jihatlaridan 
biri bepul ta‟lim olishning joriy etilishi bo„ldi. Bu bepul ta‟lim uchun talabalar OTMni 
bitirganidan so„ng qishloq maktablarida ikki yil davomida ishlab berishi kerak va keyin 
boshlang„ich yoki o„rta maktablarda yana o„n yil ishlashlari lozim. Biroq, bunday qat‟iy 
sharoitlarning o„zi o„qituvchilik kasbini olishga bo„lgan qiziqishni oshirish uchun etarli emas. 
Shuning uchun o„qituvchilar uchun ijtimoiy imtiyozlar va yuqori ish haqi oshishi doimiy ko„zda 
tutilgan. 
Tahlillar ko„rsatganidek, ko„pgina mamlakatlarda pedagog kadrlar tayyorlashning asosiy 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1132 
maqsadi o„z amaliyotini rivojlantirish va butun hayoti davomida mustaqil o„rganishga qodir 
bo„lgan o„qituvchini tayyorlashdir. 
Amerika, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlashdagi 
umumiy tendensiya o„qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, kasbiy malakali o„qituvchini ish 
bilan ta‟minlash va saqlab qolish, kadrlar siyosatini takomillashtirish, o„qituvchilarni o„z ustida 
ishlashga jalb etish, professional jamoalarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
rivojlantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish bo„yicha sa‟y-harakatlarni yo„naltirishdan 
iboratdir. 
Angliya va AQSh universitetlarida bo„lajak o„qituvchilarni kasbiy tayyorlash tizimi ko„p 
darajali-bakalavr, magistraturadan iborat. Qozog„iston va Rossiyada bakalavr, mutaxassis, 
magistr sifatida bo„lajak o„qituvchilarni kasbiy tayyorlash tizimi shakllangan. Ta‟lim muddati 4 
yildan 11 yilgacha belgilangan. Aksariyat o„qituvchilar ta‟lim sohasida gumanitar fanlar magistri 
yoki aniq fanlar magistri darajasi bilan universitetlarni bitirib chiqadilar. O„rta hisobda ma‟lum 
bir mutaxassislik bo„yicha magistr darajasini olgan talabalar 4-5 yil davomida o„qiydi. Hozirgi 
kunda Angliyadagi davlat maktablarida ta‟limning barcha darajalarida (maktabgacha, 
boshlang„ich, shu jumladan tayyorlov va o„rta ta‟lim sinflarida) dars berish uchun malakali 
o„qituvchi maqomiga ega bo„lish lozim. 
O„zbekistonda ta‟lim tizimidagi islohotlarning navbatdagi bosqichi ilg„or xorijiy tajriba 
asosida tor doiradagi mutaxasis-pedagoglarni tayyorlashga o„tish hisoblanadi. Bu esa o„z 
navbatida tayyorlanadigan pedagog kadrlarni har bir yo„nalish bo„yicha aniq ehtiyojlarni 
aniqlash asosida amalga oshirishni ob‟ektiv zaruratga aylantiradi. I.D.Fruminning fikriga ko„ra, 
xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanish yoki pedagogik kadrlar 
tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik tizimini rivojlantirishning o„ziga xos usulini 
izlash kerak. 
Mamlakatda ta‟lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko„tarish, pedagog kadrlar tayyorlash 
sifatini ilg„or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta‟lim bilan qamrov 
darajasini oshirish zarurati quyidagi omillar bilan bog„liq: 
- o„rta hisobda yiliga 800 mingdan ortiq chaqaloq tug„ilishi (kelajakda ularni sifatli ta‟lim 
olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yil sayin umumta‟lim maktablarida o„quvchi o„rinlarini 
kengaytirish hamda o„qituvchilar sonini oshirib borishni taqozo qiladi (1-2-rasmlar); 
- innovatsion iqtisodiyotga o„tish sharoitida mahalliy hamda jahon mehnat bozorida 
mutahassislarning malaka va ko„nikmalariga bo„lgan talablarining oshib borishi;
- so„nggi yillarda jamiyatda o„qituvchi kasbi obro„sining pasayishi hamda o„qituvchilikka 
nomzodlarning pasayish tendensiyasi; 
- bugungi kunda umumta‟lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o„qituvchilarning 
aksariyati bilim sifati va pedagogik mahorati zamon talabiga javob bermasligi. 
Ushbu muammolarni hal qilish borasida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida 
izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Download 0,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish