• Ta‟lim metodini(usulini)
  • Pedagogik metod haqida umumiy tushuncha




    Download 1.1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/24
    Sana11.03.2023
    Hajmi1.1 Mb.
    #44973
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
    Bog'liq
    Oralov Javohir kurs ishi
    2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde, 2540, айланма кодекс, Xumoyun, kommunikativ-qobiliyat-va-pedagogik-ta-sir-ko-rsatish, Ijodiy ta\'lim G\'aniyev Baxtiyor, O`zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baholash., маруза матни 4та, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, 3142113837, Taqdimot5, 7m, 6-мавзу. Мантиқий саволлар, 1.1. Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi.
    Pedagogik metod haqida umumiy tushuncha. 
    « Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muhim talablardan biri 
    ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
    erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‟quvchilarga yetkazib 
    berish, ularda ma‟lum faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish


    18 
    shuningdek, o‟quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan 
    bilim, ko„nikma va malakalar darajasini baholash o„qituvchidan yuksak pedagogik 
    mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
    O„qitishdan ko„zlanadigan maqsad bu davlat ta‟lim standartlarida 
    belgilangan bilim va ko„nikmalarini o„quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki 
    o„quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o„quvchi malaka 
    oshirish uchun mo„ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina 
    o„qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo„ladi. 
    Ma‟lumki, ta‟lim olish (ma‟lumot olish) jarayoni – bu ma‟naviy va aqliy 
    qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va 
    olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. 
    Bu jarayon ta‟lim oluvchining o„zi orqali yoki boshqa birov- ta‟lim beruvchining 
    ko„magida amalga oshirilishi mumkin. Ta‟lim olish jarayoni esa turli xil 
    metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. 
    Metod – grekcha “Metodos” so„zidan olingan bo„lib, “izlanish” yoki “bilish 
    yo„li”, “nazariya”,“ta‟limot” ma‟nosini anglatadi. 
    Ta‟lim metodini(usulini) - ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum 
    maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga 
    va tartibga solingan yo„l-yo„rig„i sifatida ta‟riflash mumkin.Kant fikricha “agar biz 
    nimanidir metod deb aytsak, unda u asosiy qonuniyatlar bo‟yicha harakat usuli 
    bo‟lish kerak” ya‟ni, boshqa so‟zlar bilan aytganda, metod - bu ko‟r-ko‟rona 
    harakat bo‟lmay, balkim yo‟llantiruvchi, oydinlashtiruvchi, ma‟lum nazariyaga 
    asoslangan bo‟ladi.Ulug‟ nemis faylasufi Gegel fikricha, metod-bu subyektiv 
    tomonda bo‟lgan qurol hisoblanib, uning harakat usuli hamdir.Umuman olganda, 
    metod-bu ilmiy bilimni tartiblashtiruvchi va bilishning asosiy nazariy instrumenti 
    bo‟lib,olib boruvchi izlanish yo‟li hisoblanadi. Metod deb, yana shunday prinsiplar 
    sistemasini ham tushunish mumkinki, qaysiki bu prinsiplar qoida, ma‟lum 
    topshiriqlar yechish faoliyati regulyativi bo‟lsa.Metoddan ham keng fikrni, uning 
    ta‟limoti bo‟lgan metodologiya bildiradi. 


    19 

    Download 1.1 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




    Download 1.1 Mb.
    Pdf ko'rish