• Kutubxonaning vazifa bajarishga oid tavsifi. Kutubxona-axborot faoliyati jarayoni
  • Tekshirdi: Atadjonov N. S toshkent-2023 mundareja kirish I bob. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili




    Download 266,66 Kb.
    bet4/10
    Sana08.01.2024
    Hajmi266,66 Kb.
    #132197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Qoch bolam, qush keldi, YENGIL ATLETIKA, dasturlash motiv, Axloqning tarkibi va funksiyalari, Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami, 1 Amaliy ish, markaz 1, kitob, Desktop - 5, 11-Mavzu. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va moxiyati., blokcheyn-texnologiyalariva-moliyaviy-xizmatlar-transformatsiyasi, invoice, Davronbek Baltayev
    Kutubxonaning boshqa elementlari
    Kutubxonaning elementlari statik emas, tarixiy kelib chiqishiga kо‘ra rivojlanish jarayonida kutubxona-axborot faoliyati jarayonining murakkablashuvi bilan bog‘liqdir. Shundan ma’lumot-qidiruv apparatini (karta, kitob va elektron shaklda) yaratish va takomillashtirish zarurati paydo bо‘ldi. Ma’lumot-qidiruv apparati foydalanuvchiga kerakli hujjatning joylashgan joyi tо‘g‘risida ma’lumot olish, boshqa kutubxonalar tо‘plamlarining tarkibi tо‘g‘risida bilish, boshqa kutubxonalarda, axborot tizimlarida, mamlakatlarda mavjud bо‘lgan axborot manbalarini topish imkoniyatini beradi. Zamonaviy kutubxona dasturlarining aksariyati avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va ma’lumotlar banklarini birgalikda yaratishga bag‘ishlangan.
    Kutubxonachilik ishi evolyusiyasining eng muhim natijalaridan biri kutubxonashunoslikga oid bilimlarning kutubxonaning tarkibiy elementlaridan biriga aylanishidir. Mustaqil faoliyat turi sifatida ajralib turadigan kutubxonashunoslik bilimlari mavjud kutubxona amaliyotini anglash orqali rivojlanadi.
    Kutubxonaning rivojlanishi insonning jismoniy qobiliyatlari bilan emas, balki bilimlarning rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Fan kutubxonaning barcha elementlarini shakllantiradi. Hozirda fanning rivojlanishi kutubxonachilik amaliyotini takomillashtirish va о‘zgartirishning boshlang‘ich nuqtasiga aylanmoqda. Zamonaviy kutubxonani fansiz rivojlantirish mumkin emas.

    Kutubxonaning vazifa bajarishga oid tavsifi.
    Kutubxona-axborot faoliyati jarayoni
    Kutubxonalar muayyan vazifalarni bajaradi, Muayyan vazifalarni bajarish uchun esa kutubxona mavjud bо‘lishi, ya’ni, faoliyat kо‘rsatishi zarur. Kutubxonaning mavjudligi uning ijtimoiy (axborot yetkazish, madaniy, talim berish) va texnologik vazifalarini bajarish faoliyatidir. Faoliyat kо‘rsatish tizim sifatida kutubxonaning yaxlitligi va tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. Tizim sifatida, kutubxonaning ishlash jarayoni tashqi muhit, axborotga bо‘lgan ehtiyoj, faoliyat jarayoni, faoliyat natijasi,qaytariluvchi aloqa singari tarkibiy qismlarini о‘z ichiga oladi.
    Har qanday kutubxona yuqori darajadagi murakkablikka ega bо‘lgan ishlab chiqarish, fan, madaniyat, ta’lim, ilmiy va texnikaviy ma’lumotlar tizimining ajralmas qismi, elementidir. Tashqi muhit kutubxonaga doimiy ravishda ta’sir qiladi va uni qayta qurishga majbur qiladi. О‘z navbatida, kutubxona axborot ehtiyojlarini qondirish va kutubxona resurslaridan foydalanish orqali tashqi muhitga, kutubxona-axborot xizmatlari sohasiga ta’sir kо‘rsatadi. Kutubxona tashqi muhitining asosiy obyektlari quyidagilar:
    -uning xizmatlari va mahsulotlari iste’molchilari; - kutubxona uchun zarur shartsharoitlarni ta’minlaydigan muassasalar, korxonalar va tashkilotlar (boshqarish, taminot, moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash va boshqalar);
    - ijtimoiy mehnat taqsimotida kutubxona bilan birgalikda ishtirok etadigan muassasa va tashkilotlar (fondni tashkil etish, nashrlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni yaratish, fondlar va boshqa ma’lumotlar jamlanmasidan foydalanish va boshqalar); - kutubxona va kutubxonadan tashqari texnologik jihatdan kutubxona bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan, lekin kutubxonaning vazifalari va usullari о‘zgarganida ijtimoiy rolini о‘zgartiruvchi muassasalar.
    Kutubxona faoliyatining samaradorligi uning ajralmas qismi bо‘lgan tashqi muhitdagi rolini aniq belgilab berishi mumkin. Agar kutubxona о‘z faoliyati sohasida yuz
    beradigan qandaydir ijtimoiy jarayonga (ilmiy, ishlab chiqarish, boshqaruv va hokazo) qanday hissa qо‘shayotganini namoyish eta olmasa, kutubxonaning faoliyati samarasiz bо‘ladi.
    Kutubxonaning etibori о‘zining tarkibiga kiradigan tizimga ta’siri bilan belgilanadi. Qaytariluvchi aloqa о‘z-о‘zini tartibga solish, kutubxonani rivojlantirish, uning о‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishining asosidir. Kutubxona kitoblarni berish uchun emas, balki о‘zi xizmat kо‘rsatadigan sohada (о‘quv muassasasi, korxona, shahar, tuman va boshqalar) ma’lumotni tarqatish uchun о‘zini masul deb bilishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, atrof-muhitni, foydalanuvchilar yashaydigan, ishlaydigan, о‘qiydigan, о‘rganadigan aniq shart-sharoitni о‘rganmasdan kutubxonaning faoliyat kо‘rsatish jarayonini tasavvur qilib bо‘lmaydi.



    Download 266,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 266,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tekshirdi: Atadjonov N. S toshkent-2023 mundareja kirish I bob. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili

    Download 266,66 Kb.