• Kutubxonachi
  • Moddiy-texnik baza
  • Tekshirdi: Atadjonov N. S toshkent-2023 mundareja kirish I bob. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili




    Download 266,66 Kb.
    bet3/10
    Sana08.01.2024
    Hajmi266,66 Kb.
    #132197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Qoch bolam, qush keldi, YENGIL ATLETIKA, dasturlash motiv, Axloqning tarkibi va funksiyalari, Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami, 1 Amaliy ish, markaz 1, kitob, Desktop - 5, 11-Mavzu. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va moxiyati., blokcheyn-texnologiyalariva-moliyaviy-xizmatlar-transformatsiyasi, invoice, Davronbek Baltayev
    Foydalanuvchi
    Kutubxona - bu foydalanuvchining xilma-xil axborot ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bо‘lgan hujjatli ma’lumotlardan foydalanishni tashkil etadigan muassasa. Foydalanuvchi kutubxona-axborot muassasasining elementi sifatida muhim rol о‘ynaydi: boshqa barcha elementlar unga mо‘ljallangan, unga xizmat qilish ularning mavjudligining maqsadi va mazmunidir. Foydalanuvchining moddiy-texnik bazasi bilan aloqalari turli xil hujjatlardan foydalanish qulayligida namoyon bо‘ladi.

    Kutubxonachi
    Kutubxonaning eng faol elementi - bu kutubxonachidir. Kutubxonachining (kutubxona jamoasining) faoliyati kutubxonaning barcha elementlarining о‘zaro aloqasi, uyushuvi, ularning ijtimoiy mazmunini amalga oshirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Kutubxonachi foydalanuvchilarni о‘rganish, ularning talabi va ehtiyojlarini tahlil qilish orqali о‘zaro munosabatlarni tartibga solish, jonsiz kitoblar massasini tirik organizmga aylantirish vazifalarini samarali amalga oshirishi mumkin. Foydalanuvchilarni о‘rganish natijalari kutubxona xizmatlarini bashorat qilish, kutubxona xizmatlaridan foydalanish sabablarini aniqlash, fondlarning tarkibi va tuzilishini, foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatishning eng samarali usullarini maqsadli aniqlash uchun zarurdir. "Kutubxonachi" (kutubxona jamoasi) elementining eng muhim tasniflari xodimlar soni, ularning yosh tarkibi, mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlari, ixtisoslik, amaliy tajriba va kо‘nikmalar, ijodkorlik va boshqalar orqali ifodalanadi.
    Moddiy-texnik baza
    Kutubxona fondi, foydalanuvchi, kutubxona-axborot muassasasi xodimi о‘zaro aloqasi va birligi muayyan moddiy – texnik baza muhitida amalga oshadi. Moddiy texnik baza "kutubxona" tizimining boshqa elementlari bilan teng element bо‘lib, uning kutubxonashunoslik sohasidagi tadqiqotlari, rivojlanishi boshqa fanlar (arxitektura, texnik fanlar) bilan о‘zaro bog‘liqdir. Moddiy texnik baza tarkibiga quyidagilar kiradi: binolar, kutubxonalar va ularning muhandislik uskunalari, kutubxona jihozlari va mebellar, kutubxona ichidagi transport, kutubxona jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari, elektron ilmiy va о‘quv resurslari, nusxa kо‘chirish va kо‘paytirish uskunalari, aloqa vositalari va boshqalar. Agar moddiy texnik baza kutubxona fondlarini samarali joylashtirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsa, о‘z ijtimoiy vazifalarini bajarsa foydalanuvchilarga tezkorlik bilan xizmat kо‘rsatish vazifasini samarali tarzda ado eta oladi. Kutubxonani murakkab muhandislik-texnologik majmuaga aylantirish moddiy texnik baza uchun kutubxonashunoslikka bо‘lgan talablarni ishlab chiqishni va kutubxona binolari va jihozlarini loyihalash va ishlatishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Kutubxona binolari va jihozlarining sifati pastligi, kutubxona mutaxassislarining kutubxona binolarini loyihalashda, kompyuter va texnik vositalar bilan ta’minlashda ishtirok etishda о‘zlarini chetga olganliklari bilan bog‘liqdir.

    Download 266,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 266,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tekshirdi: Atadjonov N. S toshkent-2023 mundareja kirish I bob. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili

    Download 266,66 Kb.