• Kurs ishining maqsad va vazifalari
  • Kurs ishi tuzilmasining tavsifi
  • Kurs ishining tuzilishi
  • Tekshirdi: Atadjonov N. S toshkent-2023 mundareja kirish I bob. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili




    Download 266,66 Kb.
    bet2/10
    Sana08.01.2024
    Hajmi266,66 Kb.
    #132197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Qoch bolam, qush keldi, YENGIL ATLETIKA, dasturlash motiv, Axloqning tarkibi va funksiyalari, Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami, 1 Amaliy ish, markaz 1, kitob, Desktop - 5, 11-Mavzu. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va moxiyati., blokcheyn-texnologiyalariva-moliyaviy-xizmatlar-transformatsiyasi, invoice, Davronbek Baltayev
    Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirishga sharoit yaratish hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasini loyihalashni elektronlashtirish.
    Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kutubxona faoliyati haqida bilIm va ko’nikmalarga ega bo’lish. Kutubxona faoliyatiga kiruvchi tashkilotlar bilan tanishish hamda u tashkilotlarning faoliyati va vazifalari bilan tanishib chiqish.
    Kutubxona faoliyati loyihasi orqali foylanuvchi bu haqida ma’lumotlarga ega bo’lib, ushbu tizimni loyihamiz orqali ko’z oldiga keltira oladi.
    Kurs ishi tuzilmasining tavsifi: Mazkur kurs ishi kirish, kurs ishi boblari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
    Kurs ishining kirish qismida qaralayotgan ishning dolzarbligi, ishning maqsadi va kurs ishining tuzilishi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Kurs ishining birinchi bobida loyihaga tegishli nazariy ma’lumotlar keltirilgan.
    Ikkinchi bobda esa loyihaning amaliy ishlari keltirib o‘tilgan.
    Kurs ishining xulosa qismida bajarilgan ishning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida kelib chiqadigan xulosalar va tavsiyalar keltirildi.
    Kurs ishining so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar, elektron kitoblar ro‘yxatlari keltirilgan.
    Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, uch bob, xulosa hamda foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    I BOB. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili


      1. Kutubxonaning tarkibiy tavsifi: asosiy elementlar va quyi tizimlar

    Har qanday kutubxona tarkibiy qismlari turli tomonlama, muayyan barqaror munosabatlarda, aloqadorlikda bо‘lgan murakkab tizim sifatida о‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. Tizim (yunon tilidan - qismlardan tashkil topgan yaxlitlik, birikma) - bir-biri bilan munosabatlarda va aloqada bо‘lgan, ma’lum bir yaxlitlikni, birlikni tashkil etadigan kо‘plab elementlardir.


    Tuzilma har qanday kutubxona qismlarining о‘zaro joylashuvi va о‘zaro aloqadorligini ifodalaydi. Kutubxonani har tomonlama bilish uchun, avvalo, uning ichki tuzilishini о‘rganish kerak, ya’ni kutubxona qaysi tarkibiy qismlardan qanday tashkil topganligini, ularning sifat xususiyatlari, ular о‘rtasidagi munosabatlar va munosabatlar darajasini, funksiyalarni aniqlash, har bir elementning bajaradigan vazifasini, kutubxonaning bir butun tizim sifatida rivojlanish mexanizmini о‘rganish zarur. Har bir kutubxonada quyidagi elementlar ajralib turadi, ularsiz kutubxona faoliyat kо‘rsata olmaydi:
    -hujjat(kitob,nashr);
    -foydalanuvchi;
    -kutubxonachi;
    -moddiy-texnik baza.
    Ularning har biri о‘zining sifat jihatidan о‘ziga xos, ammo teng huquqli ro‘lini о‘ynaydi, ularsiz kutubxonaning yaxlit tizim sifatida ishlashi mumkin emas. Har bir element boshqalarining mavjudligi uchun shartdir va boshqa tomondan uning о‘zining mavjudligi ham boshqalari tomonidan taqozolanadi.
    Hujjat
    Kutubxona ma’lum bir usulda tizimlashtirilgan bosma va boshqa qog‘ozda aks ettirilgan hujjatlar tо‘plami muayyan tartibga keltirilgan va joylashtirilgan makondir. Yangi axborot uzatish vositalarining paydo bо‘lishi bilan "kitob" tushunchasini almashtiradigan umumiy atamani topish zarurati paydo bо‘ldi.
    Hozirgi kunda kitob о‘nlab hujjatlar turlaridan biridir. Hujjat - bu inson ongi tomonidan yaratilgan, muayyan makonda va vaqtda qayd etilgan har qanday ma’lumotdir. "Hujjat" atamasi muayyan ma’lumotni о‘z ichiga olgan va uni uzatish va foydalanishga mо‘ljallangan moddiylashtirilgan obyekt sifatida izohlanadi. "Hujjat" elementi "kitob", "bosma mahsulot" tushunchalari bilan bir qatorda quyidagi axborot tashuvchi vositalarni о‘z ichiga oladi: mikrofishka, magnit disklar (disketalar), yorug‘lik optik disklari, video tasmalar (kassetalar), elektron kitoblar, gologrammalar va boshqalar. Kitob, jamiyatning mulki sifatida kutubxonaning ham doimiy mulki bо‘lib qoladi. Buyurtma qilingan hujjatlar tо‘plami va ularning majmuasi "kutubxona fondi"ning quyi tizimini tashkil etadi. Busiz kutubxona hujjatlar fondini tashkil etish, shakllantirish va undan foydalanish uchun maxsus yaratilgan muassasa sifatidagi о‘ziga xos xususiyatlarini yо‘qotadi, kutubxona sifatida mavjud bо‘lmaydi. Kutubxona fondi - bu bir xil bо‘lmagan mavjudlikdir. U statik va dinamik rivojlanishda bо‘lgan tematik va turlarning tuzilishi, axborot tashuvchilarning miqdoriy va sifat tarkibi va boshqalar bilan ajralib turadi. Asosiy maqsadiga muvofiq fondlar asosiy, yordamchi, ma’lumotnoma va bibliografik, ayirboshlash, zahira va boshqalarga ajratiladi.
    Foydalanuvchilar bilan munosabatiga kо‘ra, fond ishlatilgan (dinamik) va ishlatilmagan (statik) qismlardan iborat bо‘lishi mumkin. Majburiy hujjatlar nusxalari tizimi asosida tо‘ldirilgan, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi xalqlarining madaniy merosi tarzida milliy ahamiyatga ega tо‘plamlardan iborat bо‘lgan kutubxona fondlari muhofaza qilish, saqlash va foydalanishning alohida rejimida mavjud bо‘ladi.
    “Hujjat” elementi kutubxonaning boshqa elementlari bilan chambarchas bog‘liq. Kutubxona fondining tarkibi, tuzilishi, hajmi, maqsadi kutubxona foydalanuvchilarining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Boshqa tomondan, foydalanuvchilar tarkibi, ularning axborot sо‘rovlari fondning tematik - tipologik va miqdoriy xususiyatlarini belgilab beradi.
    Hujjatning kutubxonachi bilan aloqasi muhimdir: u hujjatlarni yaratadi, foydalanishni tashkillashtiradi va hujjat uning ixtisoslashishiga, xodimlar soniga va boshqalarga ta’sir qiladi. Kutubxona fondining hajmi va tarkibi binoga, uning joylashishiga, jihozlariga, mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirishga ta’sir qiladi.


    Download 266,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 266,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tekshirdi: Atadjonov N. S toshkent-2023 mundareja kirish I bob. Kutubxonalarning tarkibiy funksional tahlili

    Download 266,66 Kb.