• Kutubxonaning faoliyat tuzilmasi
  • Kutubxona-axborot faoliyati natijasi




    Download 266,66 Kb.
    bet5/10
    Sana08.01.2024
    Hajmi266,66 Kb.
    #132197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Qoch bolam, qush keldi, YENGIL ATLETIKA, dasturlash motiv, Axloqning tarkibi va funksiyalari, Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami, 1 Amaliy ish, markaz 1, kitob, Desktop - 5, 11-Mavzu. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va moxiyati., blokcheyn-texnologiyalariva-moliyaviy-xizmatlar-transformatsiyasi, invoice, Davronbek Baltayev
    Kutubxona-axborot faoliyati natijasi
    Kutubxonaning mavjudligi, ya’ni kutubxona xizmatlari va mahsulotlarini yaratish faoliyati yagona jarayon bо‘lib, asosiy, yordamchi (ta’minlovchi) va boshqaruv faoliyatini о‘z ichiga oladi. Kutubxonaning asosiy faoliyati - bu о‘zaro axborot tasiri о‘tkazish jarayonidir.
    Kutubxonada kutubxonachi, foydalanuvchi va hujjat о‘rtasidagi muayyan munosabatlar tizimi shakllanadi. Kichik kutubxonada bu birdamlik aniq kuzatiladi, katta kutubxonalarda esa bu murakkablashadi. Tashkil etish, qayta ishlash, saqlash, foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatish, bibliografik faoliyat va boshqalar bо‘yicha farqlanish sezilarli bо‘ladi. Bunday holatda boshqaruvning asosiy yо‘nalishi barcha bо‘limlarning faoliyatini kutubxonaning asosiy vazifalarini bajarishga qaratiladi.
    Yordamchi faoliyat barcha xо‘jalik, ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va boshqa jarayonlarni о‘z ichiga oladi. Boshqaruv kutubxonaning barcha tarkibiy qismlari va quyi tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Boshqaruv axboroti kutubxonaning ichki faoliyatining ajralmas qismi bо‘lib, kutubxona va tashqi muhit о‘rtasida ma’lumot almashishda muhim rol о‘ynaydi. Boshqaruv tо‘g‘risidagi ma’lumotlar tartibga solinishi uchun kutubxona tashkiliy va boshqaruv hujjatlarining asosiy turlarining rо‘yxatini (nomenklaturasini) ishlab chiqadi, ularning harakati va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
    Kutubxona faoliyatini axborot bilan taminlash yо‘nalishiga quyidagi talablar qо‘yiladi: ma’lumotlar kerakli miqdorda va о‘z vaqtida tо‘planishi, ishonchli, foydali va undan kelajakda ham foydalanish uchun qulay bо‘lishi kerak.
    Kutubxonaning faoliyat tuzilmasi
    "Faoliyat tuzilmasi" kutubxona faoliyatining asosiy elementi hisoblanadi. Amaliyot natijalari va ularning parametrlari (nomenklaturasi, hajmi, sifati) nafaqat kutubxona elementlariga (texnologiya, ishlab chiqarish tuzilishi, asboblar va ish usullari), balki kutubxona menejmentining elementlari va tegishli xususiyatlariga (boshqaruv tuzilishi, boshqaruv xodimlarining soni va boshqalar) ta’sir qiladi.) Faoliyat natijalarining hajmi va sifat kо‘rsatkichlari ham muhimdir.
    Kutubxonaning asosiy faoliyati natijasi kutubxona-axborot xizmatlari va mahsulotlaridir. Ularning ishlab chiqarilishiga ijtimoiy maqsadlar va mavjud kutubxona resurslari ta’sir qiladi. "Xizmat" tushunchasi ushbu xizmatning "iste’molchisi" tushunchasi bilan bog‘liq va taqdim etilayotgan xizmatlar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (iste’molchiga) foydalanuvchiga ta’sir sifatida qaraladi.
    Kutubxona xizmatlarining barcha turlarini uchta asosiy guruhga bо‘lish mumkin: hujjatlar, aloqa va kutubxona xizmatlari. "Kutubxona mahsulotlari" tushunchasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri iste’molchilar (foydalanuvchilar) bilan bog‘liq emas. Kutubxona mahsulotlarining iste’molchilari toifasi yanada kengroq: masalan, mamlakat, mintaqa, sohadagi kutubxonachilar; aholi, talabalar va h.k.
    Kutubxona faoliyatining natijalarini tavsiflovchi asosiy kо‘rsatkichlar quyidagilardir: xizmatlar va mahsulotlar tarkibi (nomenklatura), kutubxonaning mahsulot va xizmat turlari, xizmatlar va mahsulotlar hajmi (soni), kо‘rsatilayotgan xizmatlar va mahsulotlar sifati (dolzarbligi, mahsulotlarning yangiligi, tо‘liqligi va tezligi). xizmatning samaradorligi) va boshqalar.
    Kutubxonaning tashkiliy tuzilishini tegishli vakolatlarga ega bо‘lgan va о‘zaro munosabatlarda bо‘lgan, о‘ziga yuklatilgan vazifalar va maqsadlarni amalga oshiradigan nisbatan mustaqil bо‘linmalar majmuasi sifatida belgilash mumkin. Ishlab chiqarish va boshqaruv tizimi о‘zaro bog‘liq bо‘lib, kutubxonaning yagona murakkab tuzilishini tashkil etadi, uning doirasida ma’lum natijalarga erishishga imkon beradigan aniq bir faoliyat amalga oshiriladi.
    Umumiy ma’noda tashkiliy tuzilmani shakllantirish-bu tegishli va muayyan vazifani bajarishi jihatidan bog‘liq bо‘lgan ish turlarini aniqlash, guruhlashtirish va ularni tegishli tarkibiy qism bо‘yicha taqsimlash jarayonidir. Ish turlari (operasiyalar) bloklarga birlashtirilib, keyinchalik mantiqiy izchillikda umumlashtiriladi. Kutubxonaning ishlab chiqarish tarkibini yaratishni belgilaydigan asosiy bо‘g‘in ish joyidir, ish joylarining integrasiyasi yanada murakkab tarkibiy tuzilishlar: guruhlar, sektorlar, bо‘limlardan iboratdir.
    Kutubxona amaliyotida eng kо‘p ishlatiladigan tushuncha vazifa bajarish texnologik tuzilishdir. Kutubxonachilik ishi fondlarni tashkil etish, qayta ishlash, saqlash, foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatish va bibliografiya faoliyatini tashkil etishga asoslanadi.
    Kutubxona xodimlari ushbu asosiy bо‘limlarga birlashadi. Kutubxonaning vazifalari va qamrovi kengayishi bilan bо‘limlarni sektorlarga, xizmatlarga bо‘lish zarurati paydo bо‘ldi. Katta kutubxonalarda bitta vazifani bajaruvchi tuzilma yetarli bо‘lmaganligi uchun sektorli, lingvistik, turlar ( nashr turlari bо‘yicha) tuzilmalar qо‘llaniladi. Respublika, viloyat kutubxonasi va kutubxona - axborot markazlari tarkibida о‘lkashunoslikka oid adabiyotlar bilan ishlaydigan bо‘linmalar muhim о‘rin egallaydi. Markaz vazifalarini bajaradigan kutubxonalarda ilmiy, uslubiy yoki boshqa muvofiqlashtirish bо‘limlari mavjuddir. Kutubxonaning ma’muriy tarkibi ishlab chiqarishning hosilasi bо‘lib, u kutubxonadagi barcha jarayonlarni boshqarish vazifalariga, tarkibiy bо‘linmalar va xodimlar о‘rtasida vazifalarning tо‘g‘ri va aniq taqsimlanishiga, ularning izchil va samarali ishlashini ta’minlashga yordam beradi.
    Boshqaruv tarkibiga kutubxona va uning tarkibiy bо‘linmalarining rahbarlari, shuningdek maxsus bо‘limlar (buxgalteriya, rejaiqtisod, tashkiliy va texnologik bо‘limlar, marketing, kadrlar, ish yuritish va boshqalar) yoki boshqaruv vazifalarini bajaradigan alohida mutaxassislar kiradi. Oqilona tashkiliy tuzilmani yaratish kutubxona faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq eng qiyin muammolardan biridir. Tuzilmaning asosiy obyektiv mezoni kutubxona jarayonining mantig‘i va kutubxona bajaradigan vazifalardir. Ammo jarayonni katta jamoaning amalga oshirishi kutubxona jarayonini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, uslubiy qо‘llanma, rasionalizasiya, buxgalteriya hisobi, hisobot berish, moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minot va h k kabi vazifalarni amalga oshirishni talab qiladi ya’ni, kutubxonalarning tashkiliy tuzilishi qaysidir ma’noda kutubxona jarayonining mantiqiy tuzilishidan kо‘ra murakkabroqdir.
    Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi qotib qolgan narsa emas, Kutubxonaning turiga, faoliyat kо‘lamiga, xizmatlar va mahsulotlarning murakkabligi, hajmi va xilma-xilligiga qarab uni takomillashtirish, tartibga solish kо‘p jihatdan individual bо‘lib, yetarli darajada barqarorlikni talab qiladi.
    Axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot;
    Axborot-kutubxona faoliyati — axborot-kutubxona muassasalarining axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha faoliyati;
    Axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui; axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish — foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash;
    Yig‘ma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui; foydalanuvchi — axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishi uchun axborot-kutubxona muassasasida ro‘yxatga olingan shaxs;
    Elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro‘yxatining elektron shakli; elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli.


    Download 266,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 266,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kutubxona-axborot faoliyati natijasi

    Download 266,66 Kb.