352
abonentga keluvchi va undan chiquvchi ma‘lumotlar roumingi
(marshrutlash) hisoblanadi.
- SGSN (Serving GPRS Support Node) – GPRS abonentlariga xizmat
ko‗rsatish uzeli; GPRS tizimining paketli axborotni qayta ishlashning
barcha funksiyalarini amalga oshirish bo‗yicha asosiy komponenti;
- RAN — Radio Access Network —radioulanish qurilmasi; uyali
telekommunikatsiya tizimi va IMS ni o‗zaro aloqasini ta‘minlaydi;
- PDG (Packet Date Gateway) – paketli shlyuz. Mazkur tarmoq
elementi WLAN foydalanuvchilar qurilmasining IMSga ulanishini
ta‘minlaydi.
Oxiridagi
IP-adresning
translyatsiyasiga
va
IMSda
foydalanuvchilar qurilmasini ro‗yxatdan o‗tkazishga javob beradi,
xavfsizlik vazifasini bajarishni ta‘minlaydi;
- WAG (Wireless Access Gateway) – simsiz ulanish shlyuzi WLAN
va IMS tarmoqlarining birikishini ta‘minlaydi;
- A-BGF/BAS (Access Border Gateway Function/Broadband Access
Switch) –keng polosali foydalanuvchilar qurilmasining IMSga kirishini
ta‘minlaydi. I-BGE ga aynan o‗xshash vazifalarni bajaradi;
- DSLAM (Digital Subscriber Line Access Multiplexer) – raqamli
abonent kirish shlyuzi – keng polosali kirishdan (statsionar, masalan,
xDSL,
KTB
tarmoqlari)
foydalanuvchi
abonentlarni
ulanishini
ta‘minlaydi.