356
bilan bog‗liq foydalanuvchining shaxsiy ma‘lumotlariga nisbatan yozuvni
o‗qish rejimida ochiq kirishni ta‘minlaydi. Kirish turli xil chetki oxirgi
nuqtalardan, jumladan, telefon, WEB va SMS ilovalar, set-top box turidagi
televizion qo‗shimchalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek HSS da, SLF (Subscription Locator Function) funksiyasi
amalga oshirilib, u I-CSCI modulidan yoki ilovalar serveridan savolga
javob tariqasida aniq bir abonentning ma‘lumotlarini o‗z ichiga olgan
ma‘lumotlar bazasining holatini aniqlaydi. Nihoyat, HSS serveri tarkibiga
2G tarmoqlari bilan ishlash uchun HLR va AuC (Autentification Center)
modullari kiradi.
IMS muhitida HSS serveri har bir foydalanuvchi va abonent
tomonidan ishga tushirilgan xizmatlar to‗g‗risidagi ochiq ma‘lumotlar
bazasi sifatida ishlaydi: foydalanuvchi qanday xizmatlarga obuna bo‗lgan,
bu xizmatlar yuklatilganligi, foydalanuvchi tomonidan qanday boshqaruv
parametrlari o‗rnatilganligi.