Loyihalashning asosiy bosqichlari




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   177
Loyihalashning asosiy bosqichlari 
Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi: 

Uzatish liniyasining trassasini tanlash; 

Oxirgi va oraliq punklarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari; 

Talab etiladigan kanallar sonini asoslash va hisoblash; 

Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar.
Uzatish liniyasining trassasini tanlash texnologik loyihalash 
normalariga muvofiq izlanish jarayonlarida amalga oshiriladi. Trassa 
uzunligi minimal bo‗lishi kerak. Trassaning shahardan tashqaridagi qismi 
avtomobil yo‗llari bo‗ylab, o‗pirilish va cho‗kish bo‗lmasligi uchun 
qishloq xo‗jaligi uchun mo‗ljallanmagan erlar, shuningdek kemiruvchi 
xayvonlar bo‗lmagan erlar bo‗ylab o‗tishi kerak. Loyihalashda turli xildagi 
er osti kommunikatsiyalarning, yuqori voltli liniyalarning va elektr temir 
yo‗llarining joylashuvini hisobga olish kerak. Trassaning mos keluvchi 
obyektlar bilan kesishuvi va yaqinlashuvini loyihalash normativ 
xujjatlarda aniqlanadi. 
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki loyihalashtirilayotgan 
kabelli kanalizatsiya bo‗ylab, tonnellarda va ayrim xollarda yerda o‗tishi 
kerak. Trassa bo‗ylab punktlar orasidagi masofa izlanishlar jarayonida 
aniqlanadi. Bunda trassaning bir necha variantlari tanlanadi, ular eng afzal 
variant deb tanlangan uzatish liniyasining xolat plani ko‗rinishida aks 
ettiriladi.
Elektrik hisoblashlar uchun punktlar orasidagi masofa, trassaning 
to‗g‗ri emasligini va ularni aylanib o‗tishda kabel bukilishlarini hisobga 


367 
oluvchi, kabel uzunligi bo‗yicha aniqlanadi. Odatda kabellar uzunligi mos 
keluvchi trassa uchastkasi uzunligidan oshadi. Normativ zapaslar mos 
keluvchi uchastka uzunligidan o‗rtacha 2% ni tashkil etadi.
Kabelli liniya trassasi shunday tanlanadiki, xamma punktlarni 
(loyihalash topshirig‗ida ko‗zda tutilgan) aloqa bilan ta‘minlashda 
inshootlarga va uzatish liniyasining ekspluatatsiyasiga sarf etiladigan 
xarajatlar minimal bo‗lishi kerak. 
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me‘zonlar bo‗yicha 
olib boriladi:
- qurilishga minimal kapital xarajatlar; 
- minimal ekspluatatsiya xarajatlari; 
- xizmat ko‗rsatish qulayligi. 
Ko‗rsatilgan me‘zonlarni qoniqtirish uchun trassa berilgan punktlar 
orasida eng qisqa masofa va qurilishni murakkablashtiruvchi va 
qimmatlashtiruvchi, to‗siqlarning eng kam soniga ega bo‗lishi kerak. Agar 
kabelni avtomobil yo‗li bo‗ylab yotqizish, trassani juda ham uzunlashtirib 
yuborsa, trassa kabelini to‗g‗rilashga ruxsat etiladi.
Suvli to‗siqlarni kesib o‗tish uchun eng kichik kenglikka ega joy 
tanlanadi.
Ko‗rilgan variantlarning qiyosiy taxlil natijalari jadval ko‗rinishida 
rasmiylashtiriladi, tomonlar yo‗nalishi va masshtab ko‗rsatilgan kartadan 
nusxa olinadi va shartli belgilar qo‗yiladi.
Oxirgi va oraliq punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari, 
tanlangan oxirgi va trassada joylashgan oraliq punktlar orasida aloqaning 
tashkil etilishini asoslash uchun zarur. 
Turli xildagi telekommunikatsiya xizmatlari bo‗yicha tanlangan 
punktlarning bir-biriga intilishi, punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma‘daniy rivojlanganlik darajasiga, birinchi navbatda aholi soniga bog‗liq. 
Shuning uchun xarakteristikada oxirgi ro‗yxatga olish ma‘lumotlari 
bo‗yicha aholi soni, og‗ir va engil ishlab chiqarish korxonalari haqidagi 
moliyaviy-kredit va investitsiya muassasalari, ma‘daniyat markazlari, 
ilmiy tadqiqot markazlari va o‗quv yurtlari, transport va aloqa, savdo-sotiq 
va b.q. haqidagi ma‘lumotlar keltiriladi.


368 
Keltirilgan ma‘lumotlar asosida belgilangan aholi punktlarining bir-
biriga intilish darajasi haqida, ularni turli xildagi telekommunikatsiya 
xizmatlari bilan ta‘minlash haqida xulosa qilinadi.
Berilgan aholi punktlarini bog‗lovchi, kerakli kanallar sonini 
hisoblash va asoslash, bu punktlardagi aholining soniga va aholining ayrim 
guruhlarining o‗zaro aloqa va turli xildagi xabarlar bilan almashinuviga 
qiziquvchanlik darajasiga bog‗liq. Istalgan aholi punktidagi aholi soni 
oxirgi ro‗yxatga olishning statistik ma‘lumotlari asosida aniqlanishi 
mumkin. Istiqbolli loyihalashda aholining o‗sishini e‘tiborga olish kerak. 
Istiqbolli loyihalash yili hozirgi vaqtga nisbatan 5...10 yil oldinga qabul 
qilinadi.
Bir abonent hosil qiladigan solishtirma yuklamani, berilgan 
yo‗qotishlar 
qayd 
etilgan 
ulanishlarni 
va 
loyihalashtirilayotgan 
magistralniig ma‘lum punktlarida telefon zichligini hisobga olish bilan 
dastlabki telefon kanallarining soni aniqlanadi.
Turli vazifali telekommunikatsiyalarni (ovozli signallarni uzatish, 
telegraf aloqasi, ma‘lumot signallarini uzatish, televidenie kanallari va 
mobil radio aloqa roumingini tashkil etish, internet tarmog‗iga va h.k.) 
tashkil etish uchun zarur bo‗lgan kanallar soni, ma‘lum punktlarning 
telefon kanallari soni va telefon zichligi orqali ifodalanishi mumkin. 
Telekommunikatsiya kanallarining umumiy soni ARK-asosiy raqamli 
kanal yoki TCHK-tovush chastotali kanallarning ekvivalent sonidan kelib 
chiqadi.
Uzatish tizimi va kabel turini tanlash birlamchi telefoniya tarmog‗ini 
quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha rivojlantirishni e‘tiborga olgan holda 
amalga oshiriladi:
- kabel va raqamli uzatish tiziimlarini qo‗llash bilan yangi 
magistrallarni qurish; 
- mavjud magistrallarni optik kabellarni va optik uzatish tizimlarini 
qo‗llash bilan rekonstruksiya qilish. 
RUT va kabel turini tanlash uchun loyihalashtirilayotgan raqamli 
uzatish liniyasining vazifasi, talab etiladigan aloqa masofasi, oxirgi va 
oraliq punktlar orasida talab etiladigan raqamli oqimlar soni haqidagi 
axborot kerak. 


369 
Rekonstruksiya qilish xolatida aloqani tashkil etishning variantini 
tanlash va turli tipdagi TOUT qo‗llanilganda bir turdagi kabel uchun 
kapital va yillik ekspluatatsiya xarajatlarini taqqoslash asosida olib 
boriladi. 
Kabel markasi trassadagi erning xarakteri, kabelni yotqizish usuliga 
bog‗liq holda tanlanadi. Barcha hollarda RUT kanal va traktlarining 
zaruriy 
sifat 
ko‗rsatkichlarining 
saqlanilganligi, 
raqamli 
uzatish 
liniyasining iqtisodiy samaradorligi eng asosiy shart hisoblanadi.
Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish quyidagi talablarni 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Raqamli liniya trakti oxirgi 
punktlar (OP) ning uzatuvchi va qabul qiluvchi liniya trakti uskunalari 
(LTU) dan, xizmat talab qiladigan (XTQRP) va xizmat talab qilmaydigan 
regeneratsiyalash punktlari (XTQyRP) dan, regeneratsiyalash uchastkalari 
(RU) dan va optik kuchaytirish punktlari (KU) dan tarkib topgan. 
XTQyRP OP yoki XTQRP dan distansion manba bilan ta‘minlanadi, 
shuning uchun ularni imkon qadar tejamli qilib tayyorlashga intilinadi. 
XTQyRP ni ta‘minlovchi OP va XTQRP orasidagi masofa distansion 
ta‘minot (DT) masofasi deyiladi va har bir RUT ning pasport 
ma‘lumotlaridan biri hisoblanadi.
OP-XTQyRP, XTQyRP-XTQyRP yoki XTQyRP-XTQRP orasidagi 
masofa regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi deyiladi. RUT ning optik 
kabeli RU uzunligi uning energetik potensialiga, ya‘ni maksimal 
qoplanadigan so‗nish va optik kabel turiga bog‗liq [123]. 
Dispersiya buzilishlari uncha katta bo‗lmagan hollarda va to‗lqin 
uzunligi bo‗yicha ajratilgan TOUTda kuchaytirish punktlarini qo‗llash 
maqsadga 
muvofiq. 
Kuchaytirgichlarning 
soni 
shovqindan 
himoyalanganlik talablaridan kelib chiqqan holda chegaralanadi. 
Buzilishlar darajasi yuqori, shovqindan himoyalanganlik talab doirasida 
bo‗lmaganda liniya traktida kuchaytirish punktlari bilan birgalikda ma‘lum 
masofalardan keyin regeneratsiyalash punktlarini ham joylashtirish zarur.  

Download 6,74 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish