Loyihalash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar. Asosiy loyiha
xujjatlari
Telekommunikatsiya tarmoqlarining uzatish liniyalarini loyihalash
va qurish haqida qaror regionlararo kompaniyalarni va operatorlarning
aloqa tarmoqlarini, ularning magistral, zonaviy va mahalliy birlamchi
tarmoqlarini va texnologik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish sxemalari
asosida, shuningdek iqtisodiy maqsadga muvofiqlilik, xo‗jalik, ijtimoiy va
xavfsizlik zaruriyatlari asosida qabul qilinadi. Loyihalash uchun
boshlang‗ich ma‘lumotlar quyidagilar hisoblanadi:
- aloqani tashkil etish sxemasi;
- turli ishlab chiqaruvchilarning apparatura va kabellaritexnik
xarakteristikalariga qo‗yiladigan talablar, ishonchlilik va narx navoni
qo‗shib;
- uzatish liniyalarining talab etiladigan o‗tkazish qobiliyati,
shuningdek rivojlanish istiqbolini e‘tiborga olgan holda;
361
- aloqa operatorining ta‘sir doirasida talab etiladigan ishonchlilik
ko‗rsatkichlari va b.q.
Loyihalash bosqichida aniqlash kerak bo‗lgan, tarmoqning asosiy
xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi: ishonchlilik, asosiy va rezerv
o‗tkazish qobiliyatlari kattaliklarining nisbati, boshqariluvchanlik,
moslashuvchanlik va masshtabga muvofiqlik. Bundan tashqari tarmoq
iqtisodiy xarakteristikalarga ham ega, masalan, kapital xarajatlar va uning
raqobatlilik qobiliyatini aniqlovchi, xarajatlarni oqlash vaqti.
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya
qilish raqamli uzatish tizimlaridan, raqamli kommutatsiya tizimlaridan va
tolali optik aloqa liniyalaridan keng foydalanish asosida amalga oshiriladi.
Birlamchi tarmoqning uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish
bo‗yicha ishlar faqatgina loyiha va smeta mavjud bo‗lgandagina olib
boriladi. Loyiha va smetalar qoida va tarkib, moslashish tartibi haqidagi
boshqaruvchi materiallarga mos holda ishlab chiqiladi va bino, inshoot,
korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilishga loyiha – smeta xujjatlari
tasdiqlanadi.
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarining faoliyatdagi uzatish
liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashni asosan «Aloqa
loyiha» Davlat Unitar korxonasiamalga oshiradi. Bundan tashqari
loyihalash bo‗yicha ishlar aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan ham
olib boriladi. Ularning tarkibiga aloqa inshootlarining faoliyat maydoni
doirasida ularni qurish loyihalarini aniqlovchi va qurilish maydonlarini
tanlashda ishtirok etuvchi va aloqa inshootlarini qurish va rekonstruksiya
qilishga texnik sharoitlar (TSH) ni tuzuvchi loyiha bo‗limlari (yoki ularga
o‗xshash xizmatlar) kiradi.
Loyihalash jarayonida ishchi muloqotga: aloqa inshootlarini qurishni
rejalashtiruvchi buyurtmachi, (vazirlik, muassasa, aloqa operatori va b.q.)
va loyiha ishini amalga oshiruvchi bosh loyihachi - loyiha tashkiloti kiradi,
bunda maxsus loyiha tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Loyiha
tashkilotlari buyurtmachi bilan birgalikda texnik - iqtisodiy asoslashlar
(TIA) ni ishlab chiqaradi.
Bu loyiha xujjatida zaruriyatning texnik - iqtisodiy va sotsial asoslari
va uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish tartibi beriladi.
Bunda qurilish yoki rekonstruksiya qilish narxini, kapital qo‗yilmalarning
samaradorligini aniqlash va ularni optimallashtirish maqsadida kelgusi
362
qurilish joylarida topografik, injener - geologik, gidrologik va boshqa
izlanishlar bajariladi.
Loyiha qarorlari loyiha hujjatlari ko‗rinishida rasmiylashtiriladi,
ularning tarkibi va tuzilmasi loyihalashtirilayotgan aloqa inshootlarining
yangiligi va murakkabligi, namunaviy yoki qayta qo‗llaniladigan
loyihalarning va b.q. ning mavjudligi bilan aniqlanadi.
Namunaviy yoki nisbatan murakkab bo‗lmagan aloqa inshootlarini
qurish bir bosqichda amalga oshadi (bir bosqichli loyihalash), uning uchun
ishchi loyihaga loyihalashga topshiriq (LT) asosiy loyiha xujjati
hisoblanadi.
Loyihalashga topshiriq bosh loyihachi bilan birgalikda buyurtmachi
tomonidan tuziladi, zaruriyat bo‗yicha esa texnik - iqtisodiy asoslash (TIA)
ishlab chiqarilgan bosqichda qabul qilingan qarorlar negizida maxsus
tashkilotlar tomonidan ham tuziladi.
Loyihalashga topshiriqda quyidagilar ko‗rsatiladi:
- loyihalashtirilayotgan liniya nomi va uni loyihalash uchun asos va
aloqaning yangi tarmoq tugunlarini qurish yoki mavjudlarini ishlatish;
- aloqa kanallari ajratilishi kerak bo‗lgan, oxirgi tugun va oraliq
punktlar belgilangan uzatish liniyasining yo‗nalishi;
- turli ierarxiyalarning raqamli oqimlari yoki asosiy raqamli kanallari
(ARK) ning tovush chastotali kanallari (TCHK) ning umumiy soniga
keltirilgan, uzatiladigan axborotlarning turi va hajmi (telefon, telegraf va
faksimil aloqa, ma‘lumotlarni uzatish, Internet, elektron pochta,
televidenie va ovoz eshittirishlari, mobil radioaloqa roumingi va b.q.);
- raqamli uzatish tizimlarini, kabel turini tanlash va ularni etkazib
beruvchi manbalar bo‗yicha dastlabki tavsiyalar;
- tarmoq topologiyasi bo‗yicha tavsiyalar, uning elementi
loyihalashtirilayotgan uzatish liniyasi bo‗ladi;
- rekonstruksiyani tugatish yoki loyiha quvvatini o‗rganish davrida
vaqtli aylanma aloqani va birlamchi tarmoqning bog‗lovchi liniyalarini
tashkil etish bo‗yicha talablar;
- texnik va yordamchi binolarni qurish, manbalarni va elektr
ta‘minoti, issiqlik ta‘minoti tarmoqlarini va ularga muhandislik
kommunikatsiya xizmatlarini loyihalash kerakligi asoslari;
363
- uzatish liniyasining ishonchlilik ko‗rsatkilariga talablar va ularni
turli ta‘sirlardan, shuningdek ruxsatsiz ulanishlardan himoyalash bo‗yicha
tadbirlarga talablar;
- uzatish liniyasining telekommunikatsiya tarmog‗idagi boshqa
inshootlari va ularning tarkiblari bilan o‗zaro aloqasi;
- favqulodda holatlarga tadbirlar;
- uzatish liniyasidan foydalanishni tashkil etish, ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish bo‗yicha talablar;
- seysmiklik, ekinli gruntlar guruhi, suvli va boshqa to‗siqlar va va
b.q. haqida dastlabki ma‘lumotlar;
- kapital qo‗yilmalarning o‗lchamini belgilovchi qurilishning mehnat
sig‗imi, material sig‗imi va kapital qo‗yilmalar samaradorligining
solishtirma ko‗rsatkichlari;
- texnik- iqtisodiy ko‗rsatkichlari va moliyalashtirish manbalari;
- uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishning boshlanish
va tugatish muddatlari.
- loyiha variantlarini amalga oshirish samaradorligini texnik iqtisodiy
baholash;
-
telekommunikatsiya
tarmoqlarining
ekspluatatsiyasi
va
boshqarishning zamonaviy texnologiyalari;
- taktli tarmoq sinxronizatsiyasi va b.q.
Yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlatishda, namunaviy
va bunga o‗xshash loyihalar mavjud bo‗lmaganda, aloqaning murakkab
inshootlarini loyihalash ikki bosqichda olib boriladi (ikki bosqichli
loyihalash). Bunda ishchi loyiha xujjati loyihaning muhim xujjati
hisoblanadi.
Loyiha bir qator zarur bo‗limlardan iborat:
- umumiy tushintirish yozuvi;
- ishlab chiqarish texnologiyasi;
- qurilish qarorlari;
364
- qurilishni tashkil etish;
- aholi turar joylarining qurilishi;
- ishchi xujjatlarni tutish va b.q.
«Umumiy
tushintirish
yozuvi»
loyihalashga
boshlang‗ich
ma‘lumotlarni, texnik-iqtisodiy hisoblarning bajarilish natijalarini va
ularni eng yaxshi an‘anaviy va xorijiylarining ko‗rsatkichlari bilan
taqqosiy farqini ko‗rsatadi. Bu bo‗limda materiallar, yoqilg‗i-energetik va
mehnat resurslariga ehtiyoj va ularni ta‘minlash yo‗llari haqida
ma‘lumotlar; obyektning tarkibi, qurilish tarkibi, ishga tushirish
komplekslari va asosiy ishlarning xajmi, muxandislik tarmoqlari bo‗yicha
qarorlar, ekologiya va atrof muhit himoyasi va favqulodda holatlar
haqidagi ma‘lumotlar bayon etiladi. Loyiha qarorlarining boshqa
tashkilotlar bilan muvofiqlik masalalari va talab, norma, qoida,
yo‗riqnoma va standartlarning kelgusi qurilishning barcha jabhalarida
rioya etilishi, albatta yoritilgan bo‗lishi kerak. Bu xujjatga quyidagi asosiy
chizma va sxemalar ilova qilinadi: mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi
kommunikatsiyalar va muxandislik tarmoqlari ko‗rsatilgan holat plani;
mavjud, loyihalashtiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan inshootlar,
shuningdek chetlashtirish, olib tashlash lozim bo‗lgan inshootlar va b.q.
aks ettirilgan asosiy plan sxemasi, plani va trassaning bo‗ylama profili.
«Ishlab chiqarish texnologiyasi» bo‗limi ishlab chiqarish – hisob
dasturiga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash
va ishlab chiqarishni boshqarish bo‗yicha qarorlarga ega. Loyihaning bu
qismi, uzatish liniyalarining uskunalarini texnik ekspluatatsiyasini tashkil
etishda axborot texnologiyalarining keng ko‗llanilishi bo‗yicha prinsipial,
asosiy qarorlarni aks ettiradi. Bo‗lim texnologik jarayonlarini
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning asosiy, prinsipial sxemalari va
energiya bilan ta‘minlash va aloqani tashkil etishning tuzilish sxemalari
bilan uzatib beriladi.
«Qurilish qarorlari» bo‗limi asosiy qurilish qarorlarining qisqacha
ta‘rifi va asoslariga, ularning zamonaviy qurilish texnologiyalariga
mosligiga, shuningdek elektr, portlash, yong‗in xavfsizligi, inshootlarni
turli xildagi korroziyalardan himoyalash bo‗yicha, suv bilan ta‘minlash,
kanalizatsiya, issiqlik, xavoni ventilyasiyasi – shamollatish bo‗yicha
tadbirlar ro‗yxatiga, shuningdek favqulodda holatlar bo‗yicha qarorlarga
ega.
365
«Qurilishni tashkil etish» bo‗limida loyiha xujjatlarining tarkibi,
xajmi va tuzilishi, uning qurilishni tashkil etish loyihalarini va ishlab
chiqarish
loyihalarini
tuzish
bo‗yicha
yo‗riqnomalarga
mosligi
ko‗rsatiladi.
«Aholi turar joylarining qurilishi» bo‗limida bu turdagi qurilishning
xajmi va loyihalashtirilayotgan optik uzatish liniyasining ishga tushirish
komplekslarini foydalanishga kiritishni ta‘minlovchi, qurilish ketma-
ketligi o‗rnatilgan detalli rejalashtirish bo‗yicha qarorlar asoslanadi.
Loyiha tugashida smeta xujjatlari va loyiha pasporti tuziladi, bunda
aholi turar joylarining qurilishi chiqarib tashlanadi.
«Ishchi xujjatlar» bo‗limi o‗zida ikki bosqichli loyihalashda loyiha
xujjatini namoyon etib, qurilish narxini aniqlash va smeta hisoblari
to‗plamini va smetani tuzish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar, yo‗riqnomalar
va standart talablariga mos holda bajarilgan, ishchi chizma va smetalarni
o‗z ichiga oladi. Ishchi xujjatga qurilish montaj ishlarini ishlab chiqish,
texnologik, energetik, transport uskunalarini va ular bilan bog‗liq
kommunikatsiyalarni o‗rnatish chizmalari ilova qilinadi.
Loyiha xujjatlarini tayyorlash, uzatish liniyasining kelgusi qurilish
sharoitlarini va ularning uskunalarini foydalanishga tushirish sharoitlarini
to‗liq o‗rganish maqsadida, izlanish ishlari majmuasini o‗tkazishni talab
etadi. Izlanish ishlari iqtisodiy va texnik ishlarga bo‗linadi.
Iqtisodiy
izlanishlar
qurilish
ko‗zda
tutiladigan
joyning
iqtisodiyotini, xom ashyo va yoqilg‗i olish imkoniyatlarini o‗rganish,
qurilishni mahalliy materiallar bilan ta‘minlash va bo‗lajak korxonaning
qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlash uchun mahalliy aholini jalb etish
maqsadida olib boriladi. Iqtisodiy izlanishlar faoliyatdagi inshootlar
haqidagi va ularni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlari
haqidagi axborotlarni beradi.
Texnik muxandislik izlanishlari bo‗lajak qurilish rayonining
topografiya, geologiya, metrologiya va boshqa sharoitlarini, ya‘ni uning
tabiiy sharoitlarini o‗rganish uchun olib boriladi. Bu izlanishlar, bu ishlarni
bajarish uchun litsenziyaga ega bo‗lgan, maxsus izlovchi tashkilot
tomonidan bajariladi.
Loyiha va ishchi loyiha tasdiqlangunga qadar, mos keluvchi
institutlarga ekspertiza va himoyaga beriladi. Tasdiqlanish xujjatlari bilan
366
birgalikda loyiha – smeta xujjatlarining to‗liq majmuasi buyurtmachi va
bosh loyihachida saqlanadi. Yangi tarmoqlarni yaratishda va mavjudlarini
modernizatsiyalashda
kompyuterli
loyihalash va
modellashtirish
usullaridan foydalanish, raqobatga qobiliyatli tarmoqlarni qurishga
zamonaviy yondashuv hisoblanadi.
Boshlang‗ich ma‘lumotlarni o‗zgartirishning soddaligi, grafik
ko‗rinishda tasvirlangan ma‘lumot va natijalarning aniqligi, natijalarni
olish tezligi, loyiha xujjatlarining olinadigan formalarining turliligi sababli
loyihalashning zamonaviy kompbyuterli usuli qo‗lda bajarilgandagisidan
foydaliligi va qulayligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, kompyuterli
loyihalash optimallashtiruvchi algoritmlarni ishlatish afzalliklari hisobiga
loyiha qarorlarining optimallashuvini ta‘minlaydi.
|