Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   177
Boshqarish tekisligi. Boshqarish darajasi – bu aloqa seanslarini 
boshqarish bo‗yicha barcha amallarni bajaruvchi IMS funksiyalarining 
yig‗indisidir. Asosiy elementlari: 
- CSCF (Call Session Control Function) – chaqiriqlar va seanslarni 
boshqarish funksiyali element. CSCF funksiyasi IMS-platformasining 
boshqarish tekisligida asosiy hisoblanadi. CSCF moduli SIP protokolidan 
foydalanib, IP transport vositasida haqiqiy vaqt xizmatlari to‗plamini 
yetkazib berishni ta‘minlovchi vazifalarni bajaradi. CSCF funksiyasi 
tarmoq resurslarini (chegaraviy qurilmalar, shlyuzlar va ilovalarning 
serverlari) foydalanuvchilarning va ilovalarning profiliga bog‗liq holda 
samarali boshqarish uchun dinamik axborotdan foydalanadi. CSCF moduli 
uchta asosiy funksiyalarni o‗z ichiga oladi: 
- Serving CSCF (S-CSCF) – CSCF ga xizmat ko‗rsatuvchi. Chetki 
qurilmalar almashadigan barcha SIP-xabarlarni qayta ishlaydi; 
- Proxy CSCF (P-CSCF) – u orqali IMS tizimiga barcha 
foydalanuvchilarning trafigi kelib tushadi; 


353 
- Interrogating CSCF (I-CSCF) – CSCF ni talab qilib oluvchi. U uy 
tarmog‗i bilan ulanish nuqtasini ifodalaydi. I-CSCF aniq bir abonent uchun 
S-CSCF ni topish uchun NSS ga murojaat qiladi;
- S-CSCF - ilovalar va foydalanuvchining profiliga bog‗liq holda IP 
transportning multimedia li xabarlarini yetkazib berish seanslarini 
boshqarishni, shu jumladan, terminallarni ro‗yxatga olish, NSS serveri 
bilan ikki tomonlama o‗zaro aloqa (undan foydalanuvchilar ma‘lumotlarini 
olish), xabarlarni tahlil qilish, marshrutlash, tarmoq resurslarini 
boshqarishni (shlyuzlar, serverlar, chegaraviy qurilmalar) ta‘minlaydi; 
- P-CSCF – mazkur tarmoqning IMS terminallari uchun IMS yadrosi 
ichida signal sathidagi birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. P-CSCF 
funksiyasi terminaldan yoki terminalga talabni qabul qiladi va uni IMS 
yadrosi 
elementlariga 
marshrutlaydi. 
Foydalanuvchining 
xizmat 
ko‗rsatiladigan terminali, qayd qilishning butun vaqtida tarmoqda 
ro‗yxatga olishda P-CSCF ning funksiyasiga mahkamlanadi. P-CSCF 
moduli foydalanuvchini autentifikatsiya qilish bilan bog‗liq funksiyalarni 
amalga oshiradi, hisobga olish yozuvlarini shakllantiradi va ularni to‗lovni 
hisoblash serveriga uzatadi. P-CSCF ning elementlaridan biri Policy 
Decision Function (FDE) hisoblanadi – axborot trafigi tavsiflari bilan 
amallar bajaruvchi (masalan, talab qilinadigan o‗tkazish qobiliyati) va 
seansni tashkil qilish yoki uni man qilish imkoniyatini, seans 
parametrlarini o‗zgartirish zaruriyatini aniqlovchi siyosatni tanlash 
funksiyasi; 
- I-CSCF mazkur tarmoqning abonentlari bilan barcha tashqi 
ulanishlar uchun IMS yadrosi ichida signal sathida birinchi kontakt 
nuqtasini yaratadi. I-CSCF modulining asosiy vazifasi – tashqi 
abonentning xizmatlardan foydalana olishi bo‗yicha imtiyozlarni 
identifikatsiya qilish, ilovalar serverini tanlash va unga kirishni 
ta‘minlashdir; 
- BGCF (Breakout Gateway Control Function) – shlyuzlarni 
boshqarish funksiyasi, kanallar kommutatsiyasi domeni (UfTT yoki GSM) 
va IMS tarmog‗i orasidagi chaqiriqlarni qayta uzatishlarni boshqaradi. 
Mazkur modul telefon raqamlari asosida marshrutlashni amalga oshiradi 
va IMS tarmog‗i orqali (BGCF serveri joylashgan joyda) UfTT yoki GSM 
bilan o‗zaro aloqada bo‗ladigan kanallar kommutatsiyasi (KK) domenida 
shlyuzni tanlaydi. Shuningdek, KK tarmoqlari abonentlari uchun to‗lovni 
hisoblash uchun tegishli hisob yozuvlarini ta‘minlash amalga oshiriladi; 


354 
- MGCF (Media Gateways Control Function) shlyuzlarni boshqarish 
funksiyasi (Media Gateways) – H.248/MEGACOdan foydalanib IMS 
transport shlyuzlarida ulanishlarni boshqaradi; 
- SGW (Signaling Gateway) – signal shlyuzi UfTT signalizatsiyani 
MGCF ga tushunarli ko‗rinishga o‗zgartirishni ta‘minlaydi. IMS yadrosi 
bilan SIG-TRAN protokollar guruhi interfeyslari orqali bog‗langan; 
- RACS (The Resource and Access Control) – resurslar va kirishlarni 
boshqarish tizimosti – kirishni boshqarish (ixtiyorida bo‗lgan mavjud 
resurslar, mahalliy siyosat asosida yuklash) va tarmoqqa shlyuzni 
boshqarish yordamida kirish (Gate Control), shu jumladan, tarmoq 
adreslari va portlarini almashtirishni boshqarish va ustuvorlikni biriktirish; 
- PDF (Policy Decision Function) – axborot profili tavsiflari bilan 
amallarni bajaruvchi (masalan, talab etiladigan o‗tkazish qobiliyati) va 
seansni tashkil etish mumkinligini yoki uni ta‘qiqlash mumkinligini, seans 
parametrlarini o‗zgartirish zarurligini aniqlovchi siyosatni tanlash 
funksiyasi; 
- NASS (Network Attachment Subsystem) – tarmoqning ulanish qism 
tizimi – uning asosiy vazifalariga IP-adreslarni dinamik tayinlash (DHCP 
dan foydalanib – Dynamic Host Configuration Protocol), IP sathda 
autentifikatsiya, tarmoqqa kirishni yuklash, IP sathda turgan joyni 
boshqarish kiradi. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish