IMS arxitekturasini standartlashtirish




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177
IMS arxitekturasini standartlashtirish 
IMS arxitekturasini standartlashtirish xalqaro tashkilotlarning 
vazifasi hisoblanadi, ya‘ni keyingi avlod tarmog‗iga tomon yo‗nalishdagi 
tarmoqlar evolyutsiyasida IMSning asosiy roli tufayli. IMS konsepsiyasi 
uning hozirgi ko‗rinishida standartlashtirish bo‗yicha uchta xalqaro 
tashkilotlarning - 3GPP, 3GPP2 va ETST ish natijasi hisoblanadi. 
3GPP hamkorligi 1998 yilning oxirida rivojlanuvchi GSM 
tarmoqlariga asoslangan 3-avlod mobil aloqa tarmoqlari (UMTS 
tarmoqlari) uchun texnik spetsifikatsiyalar va standartlarni ishlab chiqish 
maqsadida ETSI instituti tashabbusi bo‗yicha tashkil etilgan edi. 
3GPP2 hamkorlik 1998 yilda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi 
sha‘feligida yaratilgan IMT-2000 loyihasi doirasida 3G tarmoqlar 
(CDMA-2000 tarmog‗i) standartlarini ishlab chiqish uchun ETSI va ITU 
tashabbusiga ko‗ra yuzaga keldi. U xuddi 3GPP holatidagidek deyarli 
o‗sha tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan edi. 3G mobil tarmoqlar uchun 
standartlar rivojida 3GPP2 tashkilotning asosiy ulushi Multimedia Domain 
(MMD) umumiy nomdagi spetsifikatsiyada tavsiflangan CDMA-2000 
tarmog‗ida (IP-transport, SIP-signalizatsiya) IMS konsepsiyasining 
tarqatilishi hisoblanadi. 
Ikkala hamkorlik IETE qo‗mitasi tomonidan standartlashtirilgan IP-
ga yo‗naltirilgan protokollarning keng qo‗llanilishiga mo‗ljallangan holda 
va KAT tarmoqlar arxitekturasining asosiy g‗oyalaridan foydalanib 3G 
tarmoqlari standartlarini ishlab chiqadi. 
IMS konsepsiyasi birinchi marta 3GPP Release 5 xujjatida (2002 yil 
mart oyida) taqdim etilgan edi. Unda uning asosiy maqsadi – IP protokoli 


349 
negizida 
mobil 
tarmoqlarda 
multimediali xizmatlarni 
ta‘minlash 
ifodalangan edi va 2G simsiz tarmoqli IMS arxitekturasi negizida 3G 
mobil tarmoqlarining o‗zaro ta‘sirlashish mexanizmlari ixtisoslashtirilgan 
edi. 
3G tarmoqlar arxitekturasi IMS konsepsiyasiga muvofiq transport, 
chaqiriqlarni boshqarish va ilovalar sathlari bo‗yicha bo‗linib, bir necha 
sathlarga (tekislik) ega. IMS tizim osti kirish texnologiyalaridan to‗la 
mustaqil bo‗lishi va bir necha mavjud tarmoqlar – mobil va statsionar 
telefon, kompyuter va h.k. bilan o‗zaro aloqani ta‘minlashi kerak. 
3GPP Release 6 xujjatida (2003 yil dekabr) IMS ning bir qator 
konsepsiyalari aniqlashtirilgan, simsiz mahalliy tarmoqlar bilan o‗zaro 
aloqa va axborotni himoya qilish (kalitlarni, abonent sertifikatlarini 
qo‗llash) masalalari qo‗shilgan edi. 
6-7- xujjatlarda SIP vositasida IP kommunikatsiyalarni amalga 
oshirish g‗oyasi belgilangan. Unga muvofiq SIP bevosita mobil 
terminaldan boshlanadi. 
Release 

spetsifikatsiyasi, 
statsionar 
tarmoqlarda 
muhim 
hisoblangan ikkita asosiy vazifalarni qo‗shadi: 
- Network Attachment, statsionar tarmoqlarda zarur bo‗lgan va 
abonentlarni autentifikatsiyalash mexanizmini ta‘minlaydi, chunki ularda 
foydalanuvchini identifikatsiyalash SIM-kartalari bo‗lmaydi; 
- Resource Admission, aloqa seanslarini ta‘minlash uchun statsionar 
tarmoqlarda tarmoq resurslarini zahiralaydi. 
Statsionar 
tarmoqlarda 
IMS 
konsepsiyalarini 
kengaytirishga 
yo‗naltirilgan ishlar, TISPAN qo‗mitasi tomonidan olib boriladi. ETSI 
tomonidan 
IMS 
arxitekturasiga 
qiziqish, 
taniqli 
TIPHON 
(Telecommunications and Internet Protocol Harmonization Open 
Networks) guruhini va statsionar tarmoqlarni standartlashtirish uchun 
javob beruvchi SPAN (Services and Protocols for Advanced Networks) 
texnik qo‗mitani birlashtirgan (2003 yil) yangi ishchi guruhni yaratishga 
olib keladi. 
TISPAN (Telecommunication and Internet Converged Services and 
Protocols for Advanced Networking) nomini olgan yangi guruh zamonaviy 
va istiqbolli konvergensiyalanuvchi tarmoqlarni standartlashtirish uchun, 
shu jumladan, VoIP va KAT, shuningdek, IMS arxitekturasi bilan bog‗liq 
barcha masalalar uchun javob beradi. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish