To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi. Hozirgi vaqtda O‗zbekiston
Respublikasi tarmoqlarida G.652 tavsiyasiga mos keladigan optik tolalar
va optik kuchaytirgichlarsiz regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi
100...200 km gacha bo‗lgan STM-16 (2,5 Gbit/s) sathidagi sinxron
multipleksorlar qo‗llaniladi. Optik tolaning o‗tkazish qobiliyatini nazariy
chegarasi uchinchi shaffoflik darchasida, ya‘ni 193 GHz chastota tartibida
taxminan 3-10
9
ARKni tashkil etadi. STM-16 uchun ARK soni 3-10
5
teng.
Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar hajmining oshishi o‗z
navbatida foydalanuvchilarga multimedialardan foydalanish imkonini
beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarning sonini oshirishga
majbur qiladi, natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham
oshadi. Lekin ma‘lumotlarni uzatish hajmining oshishi va mavjud bo‗lgan
optik tolalar orqali o‗tkazuvchanlik qobiliyatining tez to‗lishi yana
muammolarni yuzaga keltirdi.
Aloqa sohasida axborotlarni uzatish tezligini oshirish nuqtai
nazaridan talablarning oshishi, shuningdek yangi regionlarni qamrab olish
yangi optik tolali texnologiyalarni, ayniqsa WDM (WDM -Wavelength
Division Multiplexing) to‗lqin uzunligi bo‗yicha ajratishga ega bo‗lgan
multipleksorlash deb ataluvchi texnologiyani yaratilishiga olib keldi. Bitta
optik tolada uzatilayotgan to‗lqin uzunliklari soniga bog‗liq holda
CWDM,
DWDM va HDWDM texnologiyalari mavjud:
- 200 GHz dan kam bo‗lmagan kanallarni chastotaviy ko‗chiruvchi
СWDM
(Coarse WDM)
tizimlari, ular 16 tadan ko‗p bo‗lmagan kanallarni
multipleksorlash imkonini beradi;
- 100 GHz dan kam bo‗lmagan kanallarni chastotaviy ko‗chiruvchi
DWDM (
D
ense
WDM
) tizimlari, ular 64 tadan ko‗p bo‗lmagan kanallarni
multipleksorlash imkonini beradi;
- 50 GHz dan kam bo‗lmagan kanallarni chastotaviy ko‗chiruvchi
HDWDM tizimlari, ular 64 tadan ko‗p bo‗lgan kanallarni multipleksorlash
imkonini beradi.
WDM texnologiyasining afzalligi:
- kanallarning o‗tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
- ma‘lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi;
- bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkonining
mavjudligi;
- tor oraliqli yarim o‗tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga
egaligi (spektr nurlanish kengligi 0.1 nm);
222
- keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda
optik filtrlardan foydalanish imkoniyati;
- qo‗llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini
arzonligi.