|
IP – tarmoq texnologiyasi
IP – tarmoq texnologiyasi. Ethernet - kommutatorlarni ishlab chiqarishni
jadal ravishda o‗sishi, 100 Mbit/s, 1 va 10 Gbit/s portlarning hosil bo‗lishi,
abonent ulanish tarmog‗ining o‗tkazish qobiliyatini sezilarli darajada
oshirdi va keng polosali ulanish xizmatlarini ta‘minlash imkonini berdi.
Birinchi navbatda bu 50 Mbit/s gacha tezlikli trafik bitta foydalanuvchni
axborotli oqimga generatsiyalanadigan audio va video oqimlarga taalluqli.
IP tarmoq barcha axborotli oqimlarga xizmat ko‗rsatish imkoniga ega. IP
tarmoq orqali VoIP tovush signalini va barcha raqamli formatdagi video
tasvirlarni uzatishi mumkin.
Bugungi kunda multiservisli tarmoq deganda faqatgina kanal
sathidagi turli xizmatlarni (FR, IP, ISDN, ATM, SDH xizmatlari) yoki
tarmoq marshrutlashlarnigina (VLAN yoki VPN) emas, balki axborotli
xizmatlarni (ISP, ASP va SSP) ham taqdim etish imkoni tushuniladi.
Operatorlik xizmati – bu, foydalanuvchi xizmatlari bilan shartnomali
kelishuv va sifat kafolati. Shuning uchun umumiy foydalanish
multiservisli tarmoqning operatori uchun xizmatlarni amalga oshirish
mezoni, ularning sifati va kafolati hisoblanadi. Ya‘ni parametrlarni sozlash
va sifatni nazorat qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi,
abonent foydalanadigan barcha xizmatlar paketini kafolatli taqdim
etishning mavjudligi.
IP-texnologiyasini keng tarqalishi uning bir qator xususiyatlari bilan
aniqlanadi.
Universallik. Hozirgi kunda IP protokollari barcha tarmoq
segmentlarida
qo‗llanilmoqda,
lokal
tarmoqlardan
magistral
tarmoqlargacha.
IP
texnologiyasi
ovoz
va
video
axborotlarni,
ma‘lumotlarni uzatish uchun qo‗llaniladi. IP asosida qayd etilgan va simsiz
aloqa tarmoqlari quriladi.
Masshtablashtirish. Yirik masshtabli tarmoqlar oson rivojlanish
imkoniga ega bo‗lishi kerak.
|
| |