Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177
(application)
– tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari 
va foydalanuvchilari hisoblanuvchi amaliy jarayonlar va tarmoq 
terminallarini boshqaradi. Bu sathning vazifasi foydalanuvchining 
dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni, ma‘lumotlarni kiritish-
chiqarishni, terminallarni boshqarish va tarmoqni ma‘muriy boshqarishdir. 
Bu sathda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish ta‘minlanadi. 
Bu sathda ma‘lumotlar uzatish infratuzilmasini sozlash hisoblanuvchi 
texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya, 
resurslarga ulanish, internetda ishlash va b.q. 
Taqdim etish sathi 
(presentation)
– tarmoqda uzatiladigan 
ma‘lumotlarni amaliy jarayonlar uchun qulay bo‗lgan ko‗rinishga 
o‗zgartirish va izohlash. Ma‘lumotlarni moslashtirilgan formatda va 
tuzilishda taqdim etish, turli tillardan izohlash dasturi, translyatsiyalash, 
ma‘lumotlarni shifrlashni ta‘minlaydi. 


213 
Seans sathi 
(session)
– amaliy jarayonlar orasidagi aloqa seanslarini 
o‗tkazish va tashkil qilish (tarmoq abonentlari orasidagi seanslarni 
ta‘minlash, ma‘lumotlar uzatish rejimini va navbatini boshqarish: 
simpleks, yarimdupleks, dupleks). Bu sathning ko‗pgina funksiyalari, 
ulanishni o‗rnatish va amaliyotda ma‘lumotlar almashish tartibini 
ta‘minlash transport sathda amalga oshiriladi, shuning uchun seansli sath 
protokollarini qo‗llash chegaralanishga ega. 
Transport sathi 
(transport)
– ma‘lumotlarni segmentlashtirishni 
boshqarish (segment – transport sathni ma‘lumotlar bloki) va manbadan 
foydalanuvchiga (abonentlar orasidagi logik kanalni o‗rnatish va axborotni 
boshqarishni almashtirish, ma‘lumotlar uzatish sifatini ta‘minlash) 
ma‘lumotlarni ikki tomonlama uzatish. Bu sathda tarmoq sathga taqdim 
etiladigan 
xizmatlar 
qo‗llanilishi 
optimallashtiriladi, 
ya‘ni 
kam 
xarajatlarda maksimal o‗tkazish qobiliyati ta‘minlanadi. Transport sath 
protokollari juda keng rivojlangan va amaliyotda jadal qo‗llaniladi. Bu 
sathda uzatilayotgan axborotning ishonchliligini nazoratiga katta ahamiyat 
berilgan. 
Tarmoq sathi 
(network)
– tarmoqda ma‘lumotlar uzatishni logik 
kanalini 
boshqarish 
(ma‘lumotlarni 
marshrutlash 
va 
adreslash, 
kommutatsiyalash: kanallar, xabarlar, paketlar va multipleksorlash). Bu 
sathda 
tarmoqning 
bosh 
telekommunikatsiya 
vazifasi 
– 
foydalanuvchilarning aloqasini ta‘minlash amalga oshiriladi. Tarmoqning 
har bir foydalanuvchisi albatta bu sathning protokollarini qo‗llaydi va 
tarmoq sathi protokollari qo‗llaniladigan o‗zining yagona tarmoq adresiga 
ega. Bu sathda ma‘lumotlarni strukturalash bajariladi – ma‘lumotlarni 
paketlarga joylashtirish va paketlarga tarmoq adreslarini berish (paket–
tarmoq sathini ma‘lumotlar bloki). 
Kanal sathi 
(data-link)
– tarmoq sathi obyektlari orasida ma‘lumotlar 
uzatishni fizik kanalini boshqarish va shakllantirish, fizik ulanishlarni 
shaffofligini ta‘minlash, uzatishdagi xatoliklarni to‗g‗rilash va nazorat 
qilish. Bu sathning protokollari ko‗p sonli va o‗zining funksional 
imkoniyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bu sathda ko‗p kanalga ulanish 
protokollari mavjud. Boshqarish kadrlar sathida bajariladi (kadr–kanal 
sathidagi ma‘lumotlar bloki). 
Fizik sath 
(physical)
– tarmoqni fizik kanal bilan ulanishini uzish va 
ushlab turish, o‗rnatish. Boshqarish raqamli bitlar sathida (impulslar, uning 
amplitudasi, formasi) va analog (uzluksiz signalni fazasi, amplitudasi va 
chastotasi) sathda bajariladi. Sathlar orasida uzatiladigan axborot bloklari 
standart formatga ega: sarlavha, xizmat axboroti, ma‘lumotlar va oxir. Har 


214 
bir sath axborot blokini quyida turuvchi sathga uzatishda, uni o‗zining 
sarlavhasi bilan ta‘minlaydi. Yuqori turuvchi sathni sarlavhasi quyi 
turuvchi uzatiluvchi ma‘lumotlar singari qabul qilinadi. 
Axborotni uzatish muhiti sifatida mis kabellar, tolali optik kabellar 
va atrof fazo (simsiz aloqa) bo‗lishi mumkin. Magistral aloqa 
uchastkalarida asosan optik kabellar keng qo‗llaniladi. Keng polosali 
ulanish tarmog‗ida asosan mis kabellar qo‗llaniladi. Shuning uchun asosan 
ulanish tarmoqlarida qo‗llaniladigan misli kabellar turini ko‗rib chiqamiz. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish