• 3.2. Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli.
  • Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177
    Nazorat savollari 
    1. Zamonaviy tarmoqlarga qanday talablar qo‗yilgan? 
    1. Zamonaviy aloqa tarmoqlarida qanday xizmatlar yuzaga kelgan?
    2. Multimedia deganda nimani tushunasiz?
    3. Multimedia yo‗nalishini kelib chiqishi nimaga asoslangan? 
    4. Nima uchun multimediaga bo‗lgan talab oshib bormoqda? 
    5. Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va xususiyatlari to‗g‗risida 
    tushuncha bering. 
    6. Multimedianing qanday sinflarini bilasiz, tushuncha bering? 


    210 
    7. Multimediali ilovalarni uzatish tarmog‗iga qanday talablar qo‗yiladi? 
    8. Multimediali trafikning qanday turlari mavjud va ularni qisqacha 
    tavsiflang? 
    9. Multimediali trafik qanday parametrlar bilan xarakterlanadi? 
    10. O‗ziga o‗xshash trafik tushunchasi nima? 
    11. Multimediali trafikni xizmat ko‗rsatish sifati qanday parametrlar bilan 
    xarakterlanadi? 
    3.2. Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar 
     
    Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli. Aloqa bu 
    tarmoq va aloqa xizmati yig‗indisini o‗zida namoyish etadi (2.1-rasm). 
    Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni 
    ta‘minlovchi 
    vositalar 
    majmuasidir. 
    Ikkilamchi 
    tarmoqlar 
    telekommunikatsiya 
    xizmatlarida 
    signallarni 
    kommutatsiyalash, 
    transportlashni ta‘minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni 
    ta‘minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda 
    joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi. 
    Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U 
    telefon aloqa, ma‘lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi. 
    Telefon tarmog‗i bo‗yicha ma‘lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo‗llab) 
    telefon kanallari bo‗ylab ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‗riladi. 
    Telefondan foydalanuvchi o‗zining kompyuterini modem yordamida 
    telefon tarmog‗iga ulashi mumkin. Ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida 
    biz ma‘lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa tizimini 
    tushunamiz, ya‘ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash 
    usullari, taqsimlash va ma‘lumotlar uzatish. Shu vaqtning o‗zida 
    ma‘lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi 
    mumkin.
    Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish 
    avvaldan belgilangan aniq qoidalar bo‗yicha amalga oshishi kerak. Bu 
    qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari 
    tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo‗yicha xalqaro 
    tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi - ochiq 
    tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi uchun xalqaro tavsiyalar ishlab 
    chiqarishdir. 


    211 
    2.1-rasm. Aloqa arxitekturasi: 
    1-telekommunikatsiyaning birlamchi 
    tarmog‗i; 
    2-telekommunikatsiyaning ikkilamchi 
    tarmoqlari; 
    3-telekommunikatsiya vazifalari; 
    4- telekommunikatsiya xizmatlari. 
    2.2-rasm. OTO‗B uchun 
    standartlar ishlab chiqish 
    strukturasi 
    Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli 
    tizimlar bilan o‗zaro ta‘sirlashishi mumkin bo‗lgan tizim tushuniladi. Agar 
    tizim ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish (OTO‗B) etalon modeliga mos 
    kelsa, u ochiq tizim hisoblanadi. 
    OTO‗B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi. 
    U alohida standartlar orasidagi o‗zaro bog‗lanish prinsipini aniqlaydi va 
    OTO‗B uchun talab etiladigan ko‗pgina standartlarni bir vaqtda ishlab 
    chiqish imkonini ta‘minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO‗B 
    standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon 
    modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‗plamini, shuningdek xizmatlarni 
    ta‘minlovchi protokollar to‗plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, 
    bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o‗zaro ta‘sirlashish qoidalarini va 
    jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi. 
    1983 yilda etalon model sifatida yetti sathli model tasdiqlangan (2.3-
    rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‗zaro 
    bog‗langan sathlarga bo‗linadi. Yetti sathli modelda (1-3) quyi sath 
    protokollari axborot uzatishga, yuqori sath (5-7) protokollari axborotlarni 
    qayta ishlashga mo‗ljallangan. Transport sath protokollari ba‘zida alohida 
    ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‗liq emas. Biroq bu sath 
    OTO‘B etalon modeli 
    OTO‘B xizmatlari 
    OTO‘B protokollari 


    212 
    o‗zining vazifalari bo‗yicha quyi sathlarga yaqin bo‗lgani uchun quyi 
    sathga tegishlidir.
    Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o‗zaro 
    ta‘sirini 
    ta‘minlashdir. 
    Bunda 
    amaliy 
    jarayonlar 
    sifatida 
    foydalanuvchilarning ehtiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash 
    va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Har bir sath o‗zining vazifasini 
    bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini 
    tekshiradi. 
    2.2-rasm. OTO‗B etalon modelining tuzilishi 
    Amaliy sath 

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish