201
videokadrlarni yetkazib berish vaqtini minimallashtirishni talab etadi.
Bundan tashqari, agar axborotli paketlarning kechikishlari nihoyatda
nomuntazam xususiyatga ega bo‗lsa, videokonferensiya seansini o‗tkazish
sifati qoniqarli bo‗lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga ko‗pgina
parametrlar bo‗yicha qat‘iy talablar qo‗yiladi. Bu parametrlar quyida
batafsil ko‗rib chiqiladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediali trafikni
tavsiflash, tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday
qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatishdagi
kabi bir necha Kbit/s dan to videokonferensiyani uzatishdagi kabi yuzlab
Mbit/s gacha;
- uzatilayotgan multimediali axborot oqimlarining turli xil statistik
xossalari (haqiqiy vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat‘iy talablar qo‗yadi);
- tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish
texnologiyalari va protokollarining ko‗pligi (Gigabit Ethernet, ATM,
MPLS va boshqalar);
- uzatilayotgan axborotlarga ko‗p darajali ishlov berishni, buning
oqibatida xizmat ko‗rsatish sifati ishlov berishning bir necha darajasiga
bog‗liq bo‗lib qoladi.