196
birga, multimediali oqimlar tarmoqning o‗ta yuklanishini nazorat qilish
mexanizmiga ega bo‗lmagan UDP protokolidan foydalanish bilan
uzatiladi.
1.5-jadval
Multimediani turli elementlari uchun o‗tkazish qobiliyatiga
bo‗lgan talablar
Ovoz
Tanlash tezligi
Bitlar soni
Bitlardagi
tezlik
Telefon bo‗yicha ovoz
( 3,4 kHz gacha)
8000 m/s
12
96 Kbit/s
Keng polosali nutq
( 7 kHz gacha)
1600 m/s
14
224 Kbit/s
Ikki tomonlama keng
polosali nutq
(20 kHz gacha)
44,1 m/s
kanalga 16
Har ikkala
kanalga
1,412
Mbit/s
Tasvir
Piksellar
bit/piksel
Bitli tezlik
Rangli tasvir
512x512
24
6,3 Mbit/s
CCIR TV
720x576x30
24
300 Mbit/s
HDTV
1280x720x60
24
1.327
Gbit/s
1.5-jadvalda eng keng tarqalgan multimedia turlari uchun o‗tkazish
qobiliyatiga bo‗lgan talablar keltirilgan. Ma‘lumotlarni yo‗qotishli va
yo‗qotishsiz siqish turlari mavjud. Ma‘lumotlarni yo‗qotishli siqishda
ma‘lumotlardan ortiqcha ma‘lumotlarni o‗chirishdir, bu ko‗pincha
buzilishlar yoki shovqinlarni paydo bo‗lishiga olib keladi. Ma‘lumotlarni
yo‗qotishsiz siqishda ma‘lumotlar yo‗qolmaydi va olinadigan ma‘lumotlar
uzatiladigan ma‘lumotlar bilan bir xil bo‗ladi. Odatda ma‘lumotlarni
yo‗qotishli siqish ma‘lumotlarni yo‗qotishsiz siqishga qaraganda katta
siqish darajasini
beradi. Lekin
ayrim
ilovalarda
ma‘lumotlarni
yo‗qotilishiga ruxsat etilmaydi (masalan, tibbiyot telemetriyasini
uzatishda).