• MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari.
  • Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   177
    Ethernet texnologiyasi. Hozirda ko‗pgina lokal tarmoqlar kanal sathidagi 
    Ethernet texnologiyasi bo‗yicha qurilgan. Kanal sathidagi Ethernet 
    texnologiyasini farq qiluvchi xususiyati uni ikkita sath bo‗yicha ajratishdir: 
    muhitga ulanish bilan boshqarish (Media Access Control, MAC) va logik 
    kanal bilan boshqarish (Logical Link Control, LLC). MAC sathi muhitga 
    ulanish algoritmini, tarmoqda ishchi stansiyalar adresini aniqlaydi, 
    shuningdek fizik muhitni birgalikda qo‗llanilish vazifasini qo‗llaydi. LLC 
    sathi quyidagi xizmatlarni qo‗llaydi: 


    224 
    - ulanishni o‗rnatmasdan va tasdiqlamasdan xizmat ko‗rsatish; 
    - ulanishga mo‗ljallangan xizmat ko‗rsatish; 
    - ulanishni o‗rnatmasdan tasdiqlaydigan xizmat ko‗rsatish. 
    Texnologiyaning asosiy kamchiligi muhitga raqobatli ulanish 
    hisoblanadi. Shuningdek bu kamchilik qurilma narxini yetarlicha 
    kamaytirish imkonini beruvchi afzallik hisoblanadi. 
    Hozirgi vaqtda o‗ngigabitli Ethernet (Gigabit Ethernet, GE) fizik 
    sathda DWDM texnologiyasini qo‗llaydi. Shuningdek Gigabit Ethernet 
    texnologiyasi zamonaviy raqamli tarmoqlar uchun bazaviy tarmoq 
    texnologiyasi tarkibiga kirgan. OTO‗B/OSI modelida GE standarti kanal 
    va fizik sathga mos keladi. Ethernet ustidan ovoz, ma‘lumotlar, videoni 
    uzatish mumkin. Ko‗p adresli texnologiya har bir foydalanuvchiga 
    chegaralanmagan sondagi televizion va telefon kanallarni yetkazish 
    imkoniga ega, ma‘lumotlar uzatish muhitining tezligi sekundiga yuz 
    megabit va gigabit tezliklarda foydalanuvchilarni xizmatlarga ulanish 
    imkonini ta‘minlaydi. 
    MPLS 
    asosidagi 
    multimediali 
    aloqa 
    tarmog‘ining 
    transport 
    telekommunikatsiya texnologiyalari. Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini 
    qurishning istiqbolli yo‗nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va 
    tizimlarining turli xil ko‗rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori 
    tezlikli magistral tarmog‗ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish 
    uchun 
    optik 
    texnologiyalardan 
    foydalanish 
    hisoblanadi. 
    Bunday 
    birlashtiruvchi texnologiya sifatida hozirgi vaqtda ―Multiprotokol Label 
    Switching - MPLS‖ (belgilar bo‗yicha ko‗p protokolli kommutatsiyalash) 
    telekommunikatsiya texnologiyasi ko‗rib chiqiladi. Mazkur texnologiya 
    IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va ATM 
    tarmoqlarida qo‗llaniladigan xizmat ko‗rsatish sifatini saqlab qolish 
    mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni 
    saqlab qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP-
    over-ATM arxitekturasiga tegishli bo‗lgan barcha yaxshi xususiyatlarni 
    (samarali multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori 
    unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga u 
    tarmoqlarning miqyosini yanada qo‗proq orttiradi, ularni qurishni va 
    foydalanishni soddalashtiradi. Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM 
    bilangina qo‗llanilmasdan, balki kanal darajasidagi istalgan boshqa 
    texnologiya bilan birga qo‗llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi X.25, 
    Frame Relay tarmoqlarida qo‗llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini 
    rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari 
    yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‗g‗risidagi axborot 


    225 
    asosida yo‗llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki 
    IP/WDM texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini 
    keyingi avlodiga o‗tishni soddalashtiradi.
    MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‗p protokolli 
    tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS 
    o‗zida kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo‗lgan trafikni 
    boshqarishni, tarmoq darajasidagi protokollarning miqyosliligi va 
    moslashuvchanligini mujassamlashtirgan. 

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish