237
Ularning asosiylari muhimlilik darajasi bo‗yicha quyida keltirilgan:
- uzatilayotgan
axborot
turini
tartibi
bo‗yicha
xizmatlar
klassifikatsiyasi (kontent);
- mijozning xizmatga ulanishini ta‘minlash usuli bo‗yicha xizmatlar
klassifikatsiyasi;
- mijoz turi bo‗yicha xizmatlar klassifikatsiyasi;
- axborot almashish turi bo‗yicha xizmatlar klassifikatsiyasi.
Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‗tilgan klassifikatsiyalardan
tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo‗yicha
ajratish mumkin:
- tadbiq etish va muhimlilik darajasi bo‗yicha – asosiy xizmatlar va
qo‗shimcha (narxlar qo‗shilgan xizmatlar) xizmatlar, bunda ko‗rsatilgan
qo‗shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‗lgandagina
ko‗rsatiladi;
- marketing funksiyasi bo‗yicha – foyda olish uchun qaratilgan
xizmatlar va mijozlarning e‘tiborini o‗ziga tortishga qaratilgan xizmatlar
(bunda mijozlarning e‘tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan
foydalanishi hisobiga foyda olinadi).
Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni klassifikatsiyasi
asosiy hisoblanadi. Biroq klassifikatsiyaning boshqa usullari ham kerakli
hisoblanadi, chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini
ajratib beradi, bunda u uning qo‗llanilish sohalarini aniq ko‗rsatib beradi.