• Xalqaro tashkilotlar xujjatlari va ta’riflar.
  • Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177
    Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv SLA (Service Level 
    Agreements), telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatbardoshlik 
    -
    birlamchi parametrlar 
    -
    normativlar 
    Xizmatlarni taqdim etishda
    tayyorgarlik funksiyasi 


    252 
    kuchaygan sharoitda mijozlarni jalb etish va saqlab qolish uchun juda 
    kuchli vosita hisoblanadi. Foydalanuvchilarning so‗rovidan aniqlanishi 
    bo‗yicha, bunday kelishuvning natijaviy imkoniyatlari ta‘minlovchining 
    xizmatlarini tanlashda muhim omillardan biridir. Qisqa qilib aytganda 
    SLAning ma‘nosi shundan iboratki, xizmatlarni ta‘minlovchi va mijozlar 
    orasidagi 
    shartnomada, 
    ta‘minlovchi 
    tomonidan 
    bajarilishi 
    kafolatlanadigan xizmat ko‗rsatish sifatiga QoS (Quality of Service) 
    bo‗lgan ma‘lum bir talablar o‗rnatiladi. 
    Agar shu kafolatlar bajarilmasa, xizmatlarni ta‘minlovchiga nisbatan 
    jarima solinadi. Boshqa tomondan, kafolatlangan sifatni bergan 
    ta‘minlovchi o‗zining xizmatlarining narxini oshirish imkoniga ega 
    bo‗ladi.
    Xalqaro tashkilotlar xujjatlari va ta’riflar. Xizmat ko‗rsatish sathi 
    bo‗yicha kelishuv xalqaro tashkilotlarning bir qator xujjatlarida ko‗rib 
    chiqiladi:
    - ITU-T (XEAI-T) E.860 tavsiyasi, ―Framework of a Service Level 
    Agreement‖, 2002y. va E.801 ―Framework for Service Quality 
    Agreement‖,1996 y.; 
    - ETSI - qo‗llanmasi EG. 202 009-3 ―User Group; Quality of 
    telecom services; Part 3: Template for Service Level Agreements (SLA)‖, 
    2002 y.; 
    - Frame Relay Forum - FRF. 13 ―Service Level Definitions 
    Implementation Agreement‖, 1998 y.; TeleManagement Forum (TMF) - 
    GB917 ―SLA Management Handbook‖, 2001 y. 
    Bu ro‗yxatlarning ichida eng birinchi ITU-T E.801 yaratilgan. Unga 
    ―Xizmat ko‗rsatish sathi haqida kelishuv‖ (Service Quality Agreement, 
    SQA) kiritilgan va u o‗zaro bog‗langan operatorlar yoki xizmatlarni 
    ta‘minlovchilar orasida, oxirgi foydalanuvchilar va boshqa talabgorlarni 
    qoniqtirish uchun monitoringning rasmiy dasturlarini kiritish, o‗lchash va 
    me‘yorlarni o‗rnatish haqida.
    Frame Relay Forum o‗zining FRF.13 tavsilotli ro‗yxatida, kadrlarni 
    retranslyatsiya xizmati sifat parametrlarini o‗rnatdi va bu parametrlar SLA 
    da qo‗llanilishi mumkin. Rasman bu xalqaro xujjatlarda birinchi marta 
    ko‗rsatib o‗tilgan. So‗ngra TMF GB917 ma‘lumotnomasida va ITU-T 
    E.860 tavsiyasi ishlab chiqildi.
    E.860 tavsiyasida xizmat ko‗rsatish sifati haqida yangi tushunchalar 
    yuzaga keldi (SQA, boshqa nomi QoS Agreement): hozirda u xizmat 
    ko‗rsatish sifatiga tegishli bo‗lgan SLA ning qismi kabi qaraladi. Shuning 
    uchun ham E.860 tavsiyasida bu ta‘rif aniqlashtirilgan va QoS deb atalgan. 


    253 
    QoS - bu ta‘minlovchidan foydalanuvchiga taqdim etilgan xizmat 
    ko‗rsatish darajasiga moslik va ular orasidagi kelishuv. 
    Differensiallashgan xizmatlar (Differentiated Services, DiffServ) 
    modelida qo‗llaniladigan yana bir yaqin tushuncha bor, IETF – tavsilotli 
    ro‗yxatidagi xizmat ko‗rsatish sathi (Service Level Specification, SLS). 
    Birgalikda xizmat ko‗rsatishni aniqlaydigan bu parametrlar majmuasi 
    va ularning qiymati, DiffServ domenida trafiklar oqimiga taqdim etiladi. 
    DiffServ modelida QoS ni ta‘minlash uchun qo‗llaniladigan SLS,
    SLAning bir qismi bo‗lishi mukin.
    Mijozlar bilan o‗zaro bog‗lanishdan tashqari, u chekkadan bu 
    chekkaga 
    xizmatlarni 
    taqdim 
    etishda 
    qatnashadigan 
    xizmatlarni 
    ta‘minlovchilar orasidagi o‗zaro bog‗lanish ham muhim ahamiyatga ega 
    bo‗lishi mumkin.
    Bir necha ta‘minlovchilar mavjud bo‗lgan holda xizmat ko‗rsatish 
    sifatini ta‘minlash juda murakkab bo‗lib qoladi. Bu muammoni yechishga 
    oxirgi foydalanuvchi oldida yagona javobgarlik (one-stop responsibility) 
    deb ataluvchi tushuncha yordam beradi. Boshqa ta‘minlovchilarning 
    xizmatlarini qo‗llash 3.3-rasmda ko‗rsatilgan.

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish