254
Normativ xujjatlarning umumlashgan tavsiyasi va amaliy tajribalar,
SLA ning quyidagi tarkibini tavsiya etishi mumkin:
- taqdim etiladigan xizmatlar tavsifi;
- sifat ko‗rsatkichlari va ular uchun me‘yorlar;
-
nazorat usullari va vositalari;
- foydalanuvchining shikoyatini qayta ishlash jarayoni;
- jarima sanksiyasi;
- xizmatlarni ta‘minlovchilarning javobgarligini chegaralanganligi;
- hisobot;
- o‗lchash jarayonini kiritish;
- qo‗shimcha sharoitlar (sir saqlanishi, uni himoya qilishga
javobgarlik va boshqalar).
Xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlarini tanlash va ular
uchun normativlar. SLA da markaziy o‗rinni xizmat ko‗rsatishning sifat
ko‗rsatkichlari va ular uchun xizmat ko‗rsatish sathining me‘yorlari deb
ataluvchi me‘yorlar (Service Level Objectives, SLO) egallaydi.
Bu yyerda, SLA doirasida ta‘minlanishi mumkin bo‗lgan, xizmat
ko‗rsatish sathini aniqlovchi, ta‘minlovchi
va xizmatlar istemolchisi
orasida kelishilgan sifat ko‗rsatkichlarining chegara qiymatlari nazarda
tutilgan.
Xizmat ko‗rsatishning sifat ko‗rsatkichlari SLA bilan birgalikda ikki
kategoriyaga bo‗linadi:
- maxsus - xizmatga yoki texnologiyaga bog‗liq bo‗lgan;
- umumiy - xizmatga yoki texnologiyaga bog‗liq bo‗lmagan.
Sifat ko‗rsatkichlari, ITU-T tavsiyasiga mos keluvchi xizmatlar yoki
tarmoq turi va boshqa xalqaro tashkilot xujjatlari uchun o‗rnatilgan bo‗lsa
maxsus hisoblanadi. Masalan, raqamli kanallarni
ijaraga berishda bu
tavsiya ITU-T G.82x seriyasi, ATM uchun ITU-T I.356 tavsiyasi va ATM
Foruma Aftm-0056.000 tavsilotlar ro‗yxati, Frame Relay uchun ITU-T
X.144-X.146 tavsiyalari va Frame Relay Foruma FRF.13 tavsilotlar
ro‗yxati, IP uchun ITU-T Y.1540 va Y.1541 tavsiyalari shular jumlasiga
kiradi.
Umumiy ko‗rsatkichlar sifatida odatda ishonchlilik (tayyorgarlik va
ishga yaroqlilik) ko‗rsatkichlari qo‗llaniladi, shuningdek SLA da eng ko‗p
tayyorgarlik ko‗rsatkichlari qo‗llaniladi. ITU-T E.800
tavsiyasiga binoan
ishonchlilik xizmat ko‗rsatish sifatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi eng muhim
omillardan biri hisoblanadi. Ishonchlilik konsepsiyasining markaziy
o‗rnini tayyorgarlik (availability) egallaydi.
255
Bu, ―Texnikada ishonchlilik. Ishonchlilik bo‗yicha talablarga
berilgan umumiy qoidalar va tarkib‖ DAST 27.003-90 (davlat standarti)
holatiga mos keladi va uzluksiz bog‗langan qayta
tiklanadigan obyektlar
uchun asosiy ishonchlilik ko‗rsatkichi hisoblanadi. Qoida bo‗yicha aloqa
vositalari xuddi shunday obyekt hisoblanadi. SLA da qo‗llaniladigan
tayyorgarlik
ko‗rsatkichlarining
turlari
3.2-jadvalda
keltirilgan.
Tayyorgarlik koeffitsienti asosan muxandislik ishlarida hisoblashlar,
solishtirishlar va e‘lonlar uchun qulay.
3.2-jadval
Tayyorgarlik ko‗rsatkichlarining turlari
Ko‗rsatkich
Formulalarni qayta
hisoblash
Topshiriq
namunasi
Tayyorgarlik koeffitsienti
(K
t
)
K
t
= 1-K
o
= T-t
nΣ
/T
0,999 yoki 99,9%
Turib
qolish koeffitsienti
(K
t.q.
)
K
t.q.
= 1-K
t
= t
nΣ
/T
0,001 yoki 0,1%
Berilgan vaqt oralig‗ida (T)
turib qolish vaqtining
o‗rtacha yig‗indisi (t
n
)
t
nΣ
= K
t.q.
T = (1-
K
t
)T
8,76 soat bir yilda
Biroq SLA da o‗xshash vazifalarni tekshirish bir qator muammolarni
tug‗diradi. Agar shartlangan vaqt oralig‗ida turib qolishning yig‗indi vaqti
me‘yordan oshib ketmasa, unda talab bajariladi,
agar oshib ketsa talab
buziladi.
Shuningdek SLA da sutkaning 24 soatida, xaftaning 7 kunida va
yilning 365 kunida qayta tiklanish vaqti kafolatlanadimi yoki bu faqat
ishchi kuniga va soatiga taalluqliligi kelishiladi.
Ayrim hollarda turib qolishning davomiyligini chegaralanganligi
o‗rtacha tiklanish vaqtini qo‗llashni
taklif etadi, lekin bu ko‗rsatkich
murakkab kamchilikka ega. Odatda ko‗pgina o‗rtacha xarakteristikalar,
turib
qolishning
davomiyligi
juda
ko‗p
qisqa
sonlarning
kompensatsiyalangani bo‗lishi mumkin.