245
Mana shu ta‘riflardan ko‗rinib turibdiki, ma‘lumotlarni taqdim etish
xizmatlari, aloqani taqdim etish xizmatini tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma‘lumotlarni eltish xizmatlari OTO‗B
modelining uchta quyi sathi
funksiyasini, aloqani taqdim etish xizmatlari esa shu modelning yuqori
sathining bir qismini yoki barcha yettita sathining vazifasini amalga
oshiradi.
Kompyuter tarmoqlari va ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari uchun X
seriyali
tavsiyalarda
(X.25,
X.28,
X.32,
X.36)
qo‗shimcha
(Supplementary) xizmatlar aniqlangan.
Telekommunikatsiya xizmatlari sohasidagi ierarxiya tushunchasi 3.1-
rasmda keltirilgan (E.800 tavsiyasi). Xizmat ko‗rsatish sifati amaliy natija,
xavfsizlik, ta‘minlanganlik va foydalanishga qulaylik tushunchalarini
birlashtiradi. Amaliy natijalar guruhi - ulanish, butunlilik va uzluksizlik
bitta tushuncha bilan ifodalanadi - ―foydalanish‖ (3.1-rasmning o‗ng
tarafidagi yuqori burchagida to‗g‗ri burchak bilan ajratilgan).
Xizmat ko‗rsatish sifati xuddi xususiyatlar majmuasi kabi ko‗riladi:
- ta‘minlanganlik;
-
foydalanishning qulayligi;
- xizmat ko‗rsatish xavfsizligi;
- xavfsizlik;
- ulanish;
- uzluksizlik;
- butunlik
(tarmoq
orqali
transportlashda
foydalanuvchi
ma‘lumotlarining mosligi) kiradi.
Foydalanish - xizmat ko‗rsatish xususiyati bo‗lib, har doim
foydalanuvchiga zarur bo‗lgan seans vaqtida xizmatni taqdim etishdan
iborat.
Foydalanish tushunchasining mohiyati quyidagicha aniqlanadi:
- kirish – xizmat ko‗rsatish xususiyati foydalanuvchiga zarur
bo‗lganda har qanday joyda va lahzada taqdim etilishi kerak;
- butunlik - operatorning uzatish sifatini
pasaytirmagan holda
xizmatlarni taqdim etish qobiliyati;
- uzluksizlik - ma‘lum bir ekspluatatsiya sharoitida, talab qilingan
vaqt oralig‗i davomida, operatorning uzluksiz xizmat ko‗rsatishni taqdim
etish xususiyati.
Xizmat ko‗rsatish sifatining qolgan uchta xususiyati quyidagi
ta‘riflar orqali ifodalanadi:
246
- ta‘minlanganlik – foydalanuvchilar xizmatlarni qo‗llaganda aloqa
operatorining xizmatlar majmuasini taqdim
etishi va yordam berish
qobiliyati;
- foydalanishning qulayligi - qo‗llashning soddaligidan iborat
bo‗lgan xizmat ko‗rsatish xususiyati;
xavfsizlik - bu xizmat ko‗rsatishning ruxsat etilmagan kirishlardan,
yomon niyatlarda foydalanish va noto‗g‗ri foydalanish, ataylab (g‗arazli)
buzish, tabiy ofatlar va insonlar xatosi kabilardan himoyalanganlik
xususiyati.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlab turish sifati (Network
Performance
- NP), trafikka xizmat ko‗rsatish samaradorligini
xarakterlaydi.
Telekommunikatsiya
tarmoqlaridan
foydalanuvchi
odatda,
telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilishi va zarur bo‗lgan xizmatlar
qanday yetkazilishi bilan qiziqmaydi. Ayni shu paytda u shunga o‗xshagan
xizmatlar bilan uni solishtirgan holda his qilib
mazkur xizmat sifatini
baholaydi.
Talablarni asoslash, foydalanuvchilarning kutishi va operatorning
xarajatlarini optimallashtirish uchun quyidagilarni ta‘minlash zarur:
- xizmatlar sifatiga tegishli bo‗lgan terminlarni qat‘iy shakllantirish;
- kutish haqidagi obyektiv ma‘lumotlarni, foydalanuvchi talablarini
taqdim etish.
Xizmat ko‗rsatish sifati, ―xizmat ko‗rsatish bilan foydalanuvchilarni
qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yig‗indi effekt‖ kabi ITU-T E.800
tavsiyasiga binoan aniqlangan.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan xizmat ko‗rsatish sifati, parametrlar
majmui sifatida ifodalanishi mumkin.
Bu parametrlar xizmat va
foydalanuvchi terminlarida ham ifodalanadi va tarmoq tuzilishiga bog‗liq
emas. Ular foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan effektning
afzalligiga mo‗ljallangan va foydalanuvchiga xizmatlar, xizmatlarga
ulanishda (ITU-T I.350 tavsiyasi bo‗yicha) osongina obektiv o‗lchashni
kafolatlashi lozim.
Tarmoq xarakteristikasi (NP), foydalanuvchilar orasida aloqani
ta‘minlash qobiliyati kabi aniqlanadi. NP deganda hisoblanishi va
o‗lchanishi mumkin bo‗lgan parametrlar yig‗indisi tushuniladi. Tarmoq
xarakteristikasi eng avvalo egasi tomonidan qo‗llaniladi.
Ular tizimni
ishlab chiqish, xalqaro yoki milliy darajada tarmoqni loyihalash,
ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‗rsatishga mo‗ljallangan.
248
3.1- jadval
Xizmat ko‗rsatish sifati va tarmoq xarakteristikalari orasidagi farq
Xizmat ko‗rsatish sifati (QoS)
Tarmoq xarakteristikalari (NP)
Foydalanuvchiga mo‗ljallangan
Tarmoq operatoriga mo‗ljallangan
Xizmatlarning
xususiyatlarini
tavsiflaydi
Ulanish
elementlarining
xususiyatlarini tavsiflaydi
Foydalanuvchi tomonidan qabul
qilinadigan effektga mo‗ljallangan
Ishlab
chiqish,
loyihalash,
ekspluatatsiya qilish va texnik
xizmat ko‗rsatishga mo‗ljallangan.
Xizmatlarga
ulanish
nuqtalari
orasida o‗lchanadi
Ulanish
elementlarining
imkoniyatlari va ikki tomonlama
ulanishni tavsiflaydi
Har bir xizmat xususiyatlar majmuasi bilan xarakterlanadi,
ularning
asosiylari xizmat ko‗rsatish sifatini aniqlaydi.
Tarmoq xarakteristikalari (parametrlari) foydalanuvchi qabul
qiladigan
xizmat
ko‗rsatish
sifatini
aniqlaydi.
Bunday
tarmoq
xarakteristikalariga trafik, chaqiriqlarning yo‗qolishi, aloqa yo‗nalishidagi
samarali chaqiriqlar koeffitsienti va boshqalar misol bo‗lishi mumkin.
QoS va NP parametrlari orasida o‗zaro bog‗lanish bor. Tarmoq
orqali foydalanuvchilarga samarali xizmat ko‗rsatish uchun ular orasidagi
qiymatlarni mosligini o‗rnatish asosiydir. NP parametrlarini aniqlash,
ulanish elementlari chegarasida kuzatish mumkin bo‗lgan hodisalarga va
holatlarga asoslangan.