Tarmoq  xarakteristikasi




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177
Tarmoq 
xarakteristikasi 
konsepsiyasi. 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini ishlash sifati (Network Performance) – bu foydalanuvchilar 
orasida 
ma‘lumotlar 
almashishni 
ta‘minlash 
qobiliyatidir. 
Telekommunikatsiya tarmoqlarining 
asosiy 
xarakteristikasi 
– bu 
trafiklarga xizmat ko‗rsatish samaradorligidir (3.1-rasm). 
Trafiklarga xizmat ko‗rsatish samaradorligi (o‗tkazuvchanlik 
qobiliyati), tarmoq obyekti kabi xizmat ko‗rsatish sifati va ma‘lum bir 
texnik 
holatda 
(ishga 
qobiliyatli 
va 
qobiliyatli 
bo‗lmagan 
kanal/liniyalarning miqdoriy munosabati) ma‘lum bir jadallik bilan 
tushayotgan 
trafiklarga 
xizmat 
ko‗rsatuvchi 
kommutatsiyalash 
tugunlarining xususiyatidir. 


249 
Kommutatsiyalash 
tugunining 
qobiliyati 
trafikga 
xizmat 
ko‗rsatishdan iborat. U trafikning ishonchliligi, uzatish sifati, ega bo‗lgan 
resurslari va imkoniyatlariga bog‗liq.
Uzatish sifati - bu tayyorgarlik holatida bo‗lgan tarmoq obyektining 
qabul qiluvchi punktida signalni qayta tiklash sathidir.
Tarmoq resursi deganda - kommutatsiyalash, marshrutlash, qayta 
qabul qilish, tarmoq obyektida ma‘lumotni saqlash, rasmiyatchilik (bu 
tushuncha ITU-T tavsiyasida hali aniqlanmagan va aniqlashtirilmagan). 
Ishonchlilik 

umumlashtirilgan termin 
bo‗lib, 
tayyorgarlik 
xususiyatini, rad etmasdan ishlash xususiyatini, ta‘mirlashga yaroqlilik, 
texnik xizmat ko‗rsatishni va ta‘mirlashni tavsiflashda qo‗llaniladi.
Tayyorgarlik - tarmoq obyektining ixtiyoriy vaqt lahzalarida 
(rejalashtirilgan davrdan tashqari, bu davrda tavsiyaga ko‗ra obyektni 
qo‗llash ko‗rib chiqilmaydi) trafikni qayta ishlash va shu lahzadan boshlab 
berilgan vaqt oralig‗ida rad etmasdan ishlash qobiliyati. 
Rad etmasdan ishlash - obyektning, berilgan vaqt davomida ishga 
qobiliyatliligini uzluksiz saqlash qobiliyati. 
Ishga 
yaroqlilik 

tarmoq 
obyektining 
xususiyati 
bo‗lib, 
ogohlantirishga moslashganlik va rad etish sabablarini aniqlash, texnik 
xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashni o‗tkazish yo‗li bilan ishga yaroqlilik 
qobiliyatini qayta tiklashdan iborat. 
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni ta’minlash – tarmoq 
obyektlariga texnik xizmat ko‗rsatish uchun xizmat operatorining 
vositalarni ta‘minlash qobiliyati (belgilangan ekspluatatsiya sharoitlarida 
va qabul qilingan texnik xizmat ko‗rsatish usulida).
Xususiyatning har biri xarakteristikalar majmuasi bilan tavsiflanishi 
mumkin (ko‗rsatkichlar, atributlar). Masalan, xizmat ko‗rsatishga 
tayyorgarlik quyidagi xarakteristikalar bilan aniqlanadi: tarqalish 
muhitlari, qurilmaning ishga qobiliyatliligi, stansiyaning va tarmoq 
uzellarining o‗tkazuvchanlik qobiliyati.
ITU-T E.862 (1992 y.) tavsiyalarida texnik vositalarning rad etishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan operatorning va foydalanuvchining iqtisodiy 
yo‗qotishlarini (rejalashtirishda, loyihalashtirishda, ekspluatatsiyada va 
telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‗rsatishda) hisobga 
olish mumkin bo‗lgan yondashishlar keltirilgan.
Tarmoq operatorlari, bozor sharoitida ishlagan holda, rad etishlar 
tufayli mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni baholash va o‗zining texnik 
vositalarining ishonchliligini oshirishga ketadigan xarajatlar bilan ularni 


250 
qiyoslashga qiziqadi. Har bir xarakteristika bir yoki bir necha hodisalar, 
holatlar yoki ta‘sirlar bilan bog‗liq.
Xizmat ko‗rsatish sifati va tarmoqning ishlash xarakteristikalarining 
(atributlarni) barcha yig‗indisi ikkita kategoriyaga bo‗linadi: 
- birlamchi, xizmatga ulanish nuqtasida to‗g‗ri kuzatish yo‗li bilan 
aniqlanadigan va vaqtning ma‘lum bir lahzalariga tegishli bo‗lgan 
(masalan, stansiyadan javobning kechikishi); 
- keltirib chiqilgan, bir yoki bir necha birlamchi atributlarga yoki 
ayrim vaqt intervaliga yaqinlashtirishga asoslangan holda aniqlanadigan 
(masalan, tayyorgarlik koeffitsienti). 
ITU-T 
I.350 
tavsiyasida 
tarmoqda 
va 
uning 
xizmatida 
qo‗llaniladigan uchta funksiya va har bir funksiyada uchta xarakteristika 
aniqlangan. Xuddi shu tarzda to‗qqizta birlamchi parametr (―matritsa 
3x3‖) olingan. Ular QoS va NP spetsifik parametrlarni aniqlash uchun 
qo‗llaniladi (3.2-rasm): 
- tezlik bilan ulanish; 
- xatosiz ulanish; 
- ulanishning ishonchliligi (resursga ulanishda rad etish ehtimolligi); 
- ma‘lumotlarni ko‗chirishning tezkorligi; 
- ma‘lumotlarni xatosiz ko‗chirish; 
- ma‘lumotlarni ko‗chirishning ishonchliligi; 
- bo‗shatishning tezkorligi; 
- bo‗shatishning xatosizligi; 
- bo‗shatishning ishonchliligi. 
Tarmoq xizmati aloqaning ikki funksiyasini qo‗llaydi (3.2-rasm): xizmat 
resursiga foydalanuvchilarni ulanishini ta‘minlash, o‗rnatilgan ulanish 
bo‗yicha ma‘lumotlarni ko‗chirish masalasini hal etadi va aloqa seansi 
tugaganidan keyin oldin taqdim etilgan resurslarni bo‗shatish. Ulanish 
deganda xizmatlar resurslarini olishga bo‗lgan imkon tushuniladi.
3.2-rasm. Tayyorgarlik holatini aniqlash uchun 3x3 matritsali usul 
Ulanish 
jarayoni, 
―foydalanuvchi-tarmoq‖ 
interfeysida 
foydalanuvchidan so‗rov paydo bo‗lgan lahzadan boshlanadi va uning 
terminalida bir bitgina paydo bo‗lishi bilan tugaydi.
Foydalanuvchilarning ma‘lumotlarini ko‗chirish jarayoni, ulanish 
tugagan lahzadan harakatga tushadi va aloqa seansi tugashidan darak 
bo‗lganda bo‗shatish so‗rovini uzatish lahzasida tugaydi. 
Bo‗shatish jarayoni, bo‗shatish so‗rovi signali uzatish lahzasida 
amalga oshadi va har bir foydalanuvchi uchun aloqa seansi vaqtida 
ajratilgan xizmatlar resurslari bo‗shagandan keyin tugaydi. 


251 
Bo‗shatish jarayoni, xuddi bog‗lanish kabi oldingi mavjud ulanishni 
buzish va yuqori sath protokollarining ishini tugatilishi bilan bog‗liq.
Xizmatlar funksiyasini qo‗llashda xizmat sifati uchta parametr bilan 
tavsiflanadi: tezkorlik (tezlik), xatosizlik (aniqlik), ishonchlilik. 
Tezkorlik, vazifani bajarish uchun zarur bo‗lgan vaqt oralig‗ini yoki 
bajarish tezligini xarakterlaydi. 
Xatosizlik, 
vazifani 
bajarilishini 
to‗g‗riligining 
darajasini 
xarakterlaydi. 
Xizmatlar 
xarak-
teristikasi 
Xizmatlar funksiyasi 
Tezkorlik
(Speed) 
Xatosizlik
(Accuracy) 
Ishonchlilik 
(Dependability) 
Ulanish (Access) 
Ma‘lumotni ko‗chirish
(User information 
transter) 
Bo‗shatish (Release) 
…..110111111111110110011010100…… Ketma – ket vaqt 
lahzalari davomida tayyorgarlik holati 
Ishonchlilik, ma‘lum bir berilgan kuzatish vaqti oralig‗ida vazifani 
bajarishda ishonchlilik darajasini aniqlaydi (bajarish tezkorligi va 
xatosizligiga bog‗liq bo‗lmagan holda).
Xizmatlar sifatining har bir birlamchi parametri uchun me‘yorlar 
o‗rnatilgan bo‗lishi kerak. Bu me‘yorlar orqali xizmatlarni taqdim etish 
jarayonida o‗lchangan qiymatlarni solishtirish mumkin bo‗lishi kerak. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish