256
IP-kommunikatsiya. Hozirgi kunda VoIP – texnologiyasi taxminan
qayd etilgan telefon tarmoqlaridan 20% trafikni olish imkoniga ega bo‗ldi
va ananaviy telefoniyada jiddiy raqobat sifatida ko‗riladi.
Rivojlanish boshidagi boshqa texnologiya – IPTV, operatorlarga
istiqbolli multiservisli xizmatlarni taqdim etish imkoniga ega, ya‘ni
birinchi navbatda turli raqamli kontentga talablar bo‗yicha ulanish
imkoniyati bilan bog‗langan.
So‗zlashuvni uzatish uchun IP tarmoqni qo‗llashning xususiyati shu
bilan bog‗langanki, IP infrastrukturasi so‗zlashuv va signalli paketlarni
VoIP tizimi elementlariga kafolatli yetkazishi kerak. Tarmoq, so‗zlashuv
trafigi va ma‘lumotlar trafigini turli usullarda qayta ishlashi kerak. Agar IP
tarmoqda ikkala turdagi trafik uzatilsa, so‗zlashuv trafigiga ustunlik
bo‗yicha xizmat ko‗rsatishni ta‘minlash zarur. VoIP tarmog‗i va telefon
tarmog‗i komponentlari orasida ma‘lum bir moslik mavjud, biroq yetarli
darajada katta farqga ega. Umum foydalanish telefon tarmoqlarida har bir
aloqa seansida, kafolatlangan o‗tkazish oralig‗i bilan kanallarni ajratuvchi
kanallarni kommutatsiyalash prinsipi qo‗llaniladi. IP tarmoqlarda, asosida
statik zichlashtirish
imkoniyati
bo‗lgan
paketlar kommutatsiyasi
qo‗llaniladi. Xizmat ko‗rsatish sinfi tushunchasini kiritish shuki, aniq
ilovalarga tegishli paketlar berilgan ustunlikka ega. Ustunlikli tizimni
kiritish haqiqiy vaqtdagi ilovalar uchun talab etiladi, ya‘ni so‗zlashuv
trafigiga boshqa turdagi trafik ta‘sir ko‗rsatmasligini kafolatlash uchun.