IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177
IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi. Foydali yuklamani 
tashuvchi IPning barcha datagrammasi o‗zining tarkibiga sarlavha va 
ma‘lumotlarni 
kiritadi. 
3.4-rasmda 
4-turga 
mos 
keluvchi 
IP 
datagrammasining sarlavhasi ko‗rsatilgan. 4-turni birinchi amalga 
oshirilgani 1980-yillar boshiga taalluqli va bu tur hozirgi kunda keng 
tarqalgan.
Sarlavha turli qo‗shimcha opsiyalarni ta‘minlovchi 4 ta baytgacha 
qo‗shish yo‗li bilan kengaytirish imkoniyatiga ega bo‗lgan kamida 20 
baytdan iborat. Sarlavhani qulayligi uchun har biri 4 baytdan iborat 
bo‗lgan qatorlar to‗plami ko‗rinishida ifodalangan. Bunday maydonlarning 
umumiy soni 5 yoki 6 ga teng. 
―Versiya‖ maydoni 4 bit, IP-sarlavhasini identifikatsiyalaydi. 
―Sarlavha uzunligi‖ maydoni sarlavha o‗lchamini aniqlaydi (20 yoki 24 
bayt). ―Xizmat ko‗rsatish turi‖ (Type of Service, ToS) maydoni 8 bitdan 
iborat. Birinchi 3 ta bit datagrammani ustunligini aniqlaydi (000 – 
ustunliksiz, 111 – ustunlikga ega). Keyingi uchta bit minimal ushlanib 


257 
qolish, yuqori o‗tkazish qobiliyati va yuqori ishonchlilikni (har bir bit 
birga teng) aniqlaydi. Oxirgi ikkita bit qo‗llanilmaydi. Shuni aytish 
kerakki, 1990-yillarda Internet tarmoqlarida ToS maydoni qo‗llanilmagan. 
3.4-rasm. IP datagramma sarlavhasining fragmenti (IPv4 turi) 
―To‗liq uzunlik‖ maydoni 16 bit, datagrammani to‗liq uzunligini 
baytlarda aniqlaydi, ya‘ni paketda uzatiladigan sarlavha va ma‘lumotlar 
kiradi. Maydon uzunligi 16 bitga teng, datagrammaning maksimal uzunligi 
2
16
-1=65535 baytga teng. Qochonki marshrutizatorlar to‗liq o‗lchamdagi 
datagrammaga ishlov bera olmasa, uning uzunligiga bog‗liq holda 
datagramma bloklarga (fragmentlarga) bo‗linishi mumkin. 
―Identifikator‖, ―Bayroq‖ va ―Fragment ko‗rsatkichi‖ maydonlari 
qabul qilish oxirida fragmentlardan datagrammani qayta tiklashda 
qo‗llaniladi. 
―Identifikator‖ maydoni 16 bit, belgilangan punktda fragmentdan 
datagrammani qayta tiklash imkonini beradi. 
―Bayroq‖ maydoni 3 bit, qabul qilish oxirida datagrammani qayta 
tiklash uchun qo‗llaniladi. ―Fragment ko‗rsatkichi‖ maydoni 13 bit, 
berilgan datagramma boshlanishiga nisbatan fragmentni siljishini 
aniqlaydi. 
―Yashash vaqti‖ maydoni 8 bit, tarmoqda datagrammani mavjud 
bo‗lish davomiyligini chegaraviy vaqtini aniqlaydi. 
Sakkiz bitli ―Protokol‖ maydoni transport sathda qo‗llaniladigan 
protokolni aniqlaydi. 
―Sarlavhani nazorat yig‗indisi‖ maydoni 16 bit, siklik kod yordamida 
sarlavhada (butun datagrammada emas, faqat sarlavhada) xatolikni nazorat 
qilish uchun mo‗ljallangan. Bu tekshirish har bir marshrutizator orqali 
datagramma yoki uning fragmenti o‗tganda amalga oshiriladi.


258 
Keyingi 2 ta maydon jo‗natuvchi va qabul qiluvchining adreslari 
uchun mo‗ljallangan. 
―Opsiya‖ maydoni, maksimum 4 bayt, turli vazifali testlashtirish va 
nazoratni kiritish uchun qo‗llaniladi. 
―To‗ldirgich‖ maydoni ―Opsiya‖ qatorini 32 bit to‗liq uzunligigacha 
to‗ldirish uchun qo‗llaniladi. 
Datagramma va datagramma fragmetlarini uzatganda tarmoq 
uzellarida tushib qolishi yoki yo‗qolishi mumkin, yoki alohida 
fragmentlarning katta kechikishi tufayli datagrammalarni qabul qilish 
joyida uni yig‗ish jaroyonida yo‗qolishi mumkin. Shu tarzda 4-tur 
qo‗llanilganda IP rejim xizmat ko‗rsatish sifatini minimal sathini 
ta‘minlaydi. 
Biroq, hozirgi vaqtda IP-tarmoqlarda turli ko‗rinishdagi trafiklar 
uzatilmoqda, 
shu 
navbatda 
haqiqiy 
vaqtdagi 
interaktiv 
trafik 
kechikishlarga (IP ustidan so‗zlashuv, videokonferensiya, interaktiv 
o‗yinlar va boshqalar), shuningdek, ishonchlilikka, ruxsatsiz ulanishdan 
axborotni himoyalash va boshqalarga sezgir. Bu talablar Internet 
tarmoqlari uchun yangi protokollarni ishlab chiqishga olib keldi va bu 
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida IPv6 protokoli ishlab chiqildi. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish