|
Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash Pdf ko'rish
|
bet | 116/177 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 6,74 Mb. | | #123225 |
Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash
xususiyatlari
Zich to‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirishga (Dense Wavelength
Division Multiplexing, DWDM) ega bo‗lgan texnologiya tomonidan
tavsiya etilgan, yetarli chastota oralig‗i bilan birgalikda keng tarqalgan IP
texnologiyasi, IP-over-DWDM kabi ma‘lum va keyingi avlodning (Next
Generation, NG) Internet tarmoqlarida katta masofalarga ma‘lumotlarni
uzatishda yetakchi hisoblanadi.
DWDM – bu zich to‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirish
texnologiyasi bo‗lib, juda ko‗p chastotalarda yoki to‗lqin uzunliklarida
ma‘lumotlar paketlarini bir vaqtda uzatish orqali, optik tola resurslaridan
samarali foydalanishga imkon beradi.
Ovozli paketlarni va videoni haqiqiy vaqt oralig‗ida uzatish kabi
ayrim xizmatlarni kafolatlash uchun xizmat ko‗rsatish sifatini QoS
ta‘minlash muammosi, optik magistrallar uchun amalda yechimini
topmagan.
Optik DWDM texnologiyasi qo‗llanilgan tarmoqlarda QoSni
ta‘minlash muammolari, elektron kommutatorlarda va marshrutizatorlarda
qo‗llaniladigan QoS usullaridan bir qancha fundamental farq qiladi.
Eng asosiy farq DWDM qurilmalarida, kechiktiruvchi optik
liniyalarda buferlanishi mumkin bo‗lgan paketlar navbati konsepsiyasining
mavjud emasligidir. Kechikish liniyasi (Fiber Delay Line, FDL) - bu
ma‘lum
bir
vaqt oralig‗ida
optik signalni
kechiktirish
uchun
qo‗llaniladigan uzun optik tolali liniyadir.
Optik
tarmoqlarda
navbat
alternativasi
sifatida,
kelgusida
ma‘lumotlarni optik kommutatsiyalash yo‗li orqali chastota oralig‗ini
zahiralash uchun signalli axborotlarni qo‗shimcha uzatish qo‗llaniladi.
Optik kommutatsiyalash texnologiyalari
DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo‗ylab IP-
trafiklarni uzatish uchun uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi
tavsiya etilgan. Shunga mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha
sinflanishi mumkin:
- to‗lqinli marshtutizatsiyaga ega bo‗lgan tarmoqlar (Wavelength
Routing, WR);
- paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‗lgan tarmoqlar (Optical
Packet Switching, OPS);
- bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‗lgan tarmoqlar (Optical
Burst Switching, OBS).
|
| |