To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   177
To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan 
tarmoqlar. 
To‗lqin uzunligi bo‗yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‗lgan 
tarmoqlar (WR)da, tarmoqning ikkita yakunlovchi bog‗lamalari orasida 
to‗liq optik to‗lqinli yo‗l yaratiladi. Bu optik yo‗l yorug‘lik yo‘li 
(lightpath) deb ataladi va 3.9-rasmda ko‗rsatilganidek yo‗l bo‗ylab har bir 
zveno uchun to‗lqinli kanalni zahiralash yo‗li orqali yaratiladi.
3.9-rasm. Yorug‗lik yo‗lini hosil bo‗lishi 
Barcha ma‘lumotlar uzatilganidan keyin yorug‗lik yo‗li bo‗shaydi. 
WR tarmoqlari, bir-biri bilan ihtiyoriy topologiyalar orqali, optik tolali 
liniyalar bilan ulangan optik kross-konnektor (OXS)lardan tashkil topgan. 
OXS qurilmalari, ma‘lumotlar oqimini qaysi kirish portiga tushganini va 
ular qanday to‗lqin uzunliklariga egaligini farqlash qobiliyatiga ega. 
Natijada yorug‗lik yo‗lining ikkita oxirgi nuqtalari orasidagi oraliq 
bog‗lamalarda 
birorta 
qayta 
ishlashni, 
ya‘ni 
elektro-optik 
E/O 
o‗zgartirishni yoki ma‘lumotlarni buferlashni amalga oshirish zarurati 
tug‗ilmaydi. 
Biroq WR tarmoqlarda, kanallarni kommutatsiyalashga ega bo‗lgan 
tarmoq turlari kabi resurslarni statik taqsimlash qo‗llanilmaydi, bu esa 
mumkin bo‗lgan chastota oralig‗ini juda past qo‗llashga olib keladi.  
Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar. 
Paketlarni optik kommutatsiyalashga (OPS) ega bo‗lgan tarmoqlarda 
IP-trafik, «paket ketidan paket» prinsipi bo‗yicha har bir marshrutizatorda 


273 
qayta ishlanadi va kommutatsiyalanadi. IP-paket sarlavhadan va foydali 
yuklamadan iborat. Paket sarlavhasi marshrutlash uchun zarur bo‗lgan 
axborotdan iborat va foydali yuklama kabi haqiqiy ma‘lumotlarni taqdim 
etadi.  
OPS tarmog‗ining kelajakdagi eng oliy maqsadi - optik muhit ichida 
paket sarlavhasini qayta ishlash. Texnologiyaning mazkur sathida bu 
mumkin emas. Bunday muammoning yechimi, optik muhitda foydali 
yuklamani saqlagan holda elektron muhitda sarlavhani qayta ishlash 
hisoblanadi.
OPSning asosiy afzalligi, chastotalar oralig‗ini taqsimlash uchun 
statik zichlashtirishni qo‗llash yo‗li bilan chastota diapazonini qo‗llashni 
oshirish imkonidir. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish