276
Paketlarni optik kommutatsiyalashda xizmatlarni ajratish uchun
ikkita algoritm mavjud. Bu algoritmlarni OPS tarmoqlarda QoSni
ta‘minlashni asosiy texnologiyasi sifatida ko‗rib chiqamiz.
Eltuvchilarni taqsimlash (Wavelength Allocation, WA). Bu usulda
barcha erishish mumkin bo‗lgan eltuvchilar alohida ko‗pginalarga ajraladi
va har bir ko‗pginalar ustunlikning turli sathlari bilan bog‗lanadi,
ustunlikning yuqoriroq sathi erishish mumkin bo‗lgan eltuvchilardan katta
qismga ega. WA usuli xizmatlarni ajratish uchun faqat to‗lqin uzunligini
qo‗llaydi va FDL buferlarini qo‗llamaydi.
Chegaraviy tashlashli eltuvchilarni kombinatsiyali taqsimlash
(Combined Wavelength Allocation and Threshold Dropping, WATD).
WA ga qo‗shimcha, bu usulda turli ustunliklar sinfi orasidagi farqni
o‗rnatish uchun tashlab yuborish chegarasi qo‗llaniladi. Qachon FDL
buferini to‗lishi o‗rnatilgan chegaradan oshsa, past ustunlikka ega paketlar
tashlab yuboriladi. Bu jarayon paketning foydali yuklamasi, sarlavha to‗liq
qayta ishlanmagungacha va paket sinflanmagunigacha ushlab turiladi,
so‗ngra paketga eltuvchi belgilanadi. Biroq bunda kommutatsiyalash
tezligini chegaralaydigan ―paket paketdan keyin‖ prinsipi qo‗llaniladi.