274
himoyalash, nazorat va ishonchlilik rejimlari. Bu optik parametrlar va
rejimlar berilgan yo‗nalishga tegishli optik xizmatlar sifatini o‗lchash
uchun asos hisoblanadi. Bu o‗lchashlarning maqsadi – IP da QoS
ekvivalent sinflarida optik xizmatlar sinfini aniqlaydi.
QoS tuzilishi 6 ta komponentdan iborat.
Xizmatlar sinfi. QoSda xizmatlar sinfi yorug‗lik yo‗nalishi bo‗ylab
uzatiladigan optik signallarni buzilishi va sifatini xarakterlaydigan
parametrlar yig‗indisi bilan aniqlanadi. Bu parametrlar kechikish,
BERning o‗rtacha qiymati, djitter va o‗tkazish oralig‗i yoki funksional
vazifalarga asoslangan imkoniyatlar – nazorat, himoyalash, ishonchlilik
bilan aniqlanishi mumkin.
Marshrutlash
algoritmi
va
chastotalar
vazifasi.
Yorug‗lik
yo‗nalishini yaratish uchun, unga mo‗ljallangan to‗lqin uzunliklari butun
yorug‗lik yo‗nalishi o‗tadigan trassa bo‗ylab zahiralangan bo‗lishi kerak.
Marshrutlarni tanlash uchun qo‗llaniladigan algoritm va yorug‗lik
yo‗nalishini yaratishdagi to‗lqin uzunligi, marshrutizatsiya va to‗lqin
uzunligi vazifasini (Routingand Wavelength Assignment, RWA) algoritmi
sifatida ma‘lum. WR tarmoqlarda QoSni ta‘minlash uchun turli to‗lqinli
kanallarning QoS xarakteristikasini hisobga oladigan RWA algoritmini
qo‗llash zarur.