Xizmat ko‘rsatish sifati sohasida terminlarni tushuntiruvchi ITU-T
modeli
Ingliz tilida ―Xizmat ko‗rsatish sifati‖ terminiga Quality of Service
(QoS) so‗z birikmasi mos keladi. ―Xizmat ko‗rsatish sifati‖ termini telefon
tarmoqlarining ishlab turishida turli aspektlarning tavsiflarida qo‗llaniladi.
ITU-T xujjatlarida xizmat ko‗rsatish sifatiga tegishli bo‗lgan
terminlar E.800 tavsiyasi bilan aniqlanadi. Bu tavsiyada QoS
ko‗rsatkichlari, xizmat ko‗rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo
bo‗lishi kabi qaraladi. Quyidagi 3.8-rasmda xizmat ko‗rsatish sifati
komponentlarini va ularning o‗zaro aloqasini aniqlovchi model
ko‗rsatilgan.
Kutiladigan xizmat ko‗rsatish sathi quyidagi xarakteristikalar bilan
baholanadi:
267
Xizmat ko‗rsatishni qo‗llab-quvvatlash (service support);
Xizmat ko‗rsatishning qulayligi (service operability);
Xizmat ko‗rsatishni taqdim etish (service ability);
Xizmat ko‗rsatish xavfsizligi (service security).
Xizmat ko‗rsatishni qo‗llab-quvvatlash xarakteristikasi, operator
xizmatini taqdim etish qobiliyatini va uning qobiliyatliligini qo‗llashni aks
ettiradi. O‗z navbatida xizmat ko‗rsatishni taqdim etish xarakteristikasi
quyidagi uchta guruhga bo‗linadi:
Xizmatlarga ulanish (service accessability);
Xizmat ko‗rsatish mo‗tadilligi (service retainability);
Xizmat ko‗rsatishning to‗liqligi (service integrity).
Xizmatlarga ulanish xarakteristikasi, foydalanuvchining talablari
bo‗yicha ularni olish imkonini va so‗ralgan vaqt oralig‗ida yomonlashishi
sezilmaydigan holatda xizmat ko‗rsatishni davom ettirishni baholaydi.
Xizmat ko‗rsatish mo‗tadilligining xarakteristikasi, so‗ralgan vaqt
oralig‗i davomida berilgan atributlar bilan, olingan xizmatlardan
foydalanish imkonini aniqlaydi.
Xizmat ko‗rsatishning to‗liqlilik xarakteristikasi, ko‗rsatiladigan
xizmatlar to‗laligicha, yomonlashmasdan amalga oshiriladi.
Xizmat ko‗rsatish xavfsizligi xarakteristikasi, telekommunikatsiya
tarmoqlarining quyidagi ishlash aspektlari bilan bog‗liq: ruxsat etilmagan
monitoring, g‗irromlikni qo‗llash, buzuq niyatda shikast yetkazish,
noto‗g‗ri qo‗llash, inson xatolari, tasodifiy falokatlar.
Yuqorida qayd etilgan barcha xizmat ko‗rsatish xarakteristikalari
tarmoqning ishlash sifatiga, shuningdek funksional imkoniyatlariga
bog‗liq. Mos keluvchi bog‗lanishlar 3.8-rasmning past qismida chiziq
liniyalar bilan belgilangan.
Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa
turi, belgilangan punkt, sutkadagi vaqt va ulanishning davomiyligi nuqtai
nazaridan to‗g‗rilangan ustama platalar ehtimolligi orqali aniqlanadi.
Trafikka xizmat ko‗rsatish xarakteristikasi (traffic ability perfor-
mance), ma‘lum bir parametrga ega bo‗lgan trafikka xizmat ko‗rsatuvchi
texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta
guruhga bo‗lingan.
Birinchi guruh uchun terminlar, ―Resurslar va qurilmalar‖ deb ataladi va
ular hali aniqlanmagan. Umuman olganda rejalashtirish xarakteristikalari
uchun ta‘rif (planning performance), xizmatlarni taqdim etish (provisioning
performance) va ma‘muriy boshqarish yaqin vaqtlarda ishlab chiqiladi.
268
Ikkinchi guruh, funksional ishonchlilik (depend ability) deb ataladi.
Bu yig‗ma termin, asosiy ta‘sir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda
ishga qobiliyatlilik xarakteristikasida ko‗rsatiladi va to‗rtta muhim
xarakteristika ajratiladi:
tayyorgarlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har
qanday berilgan vaqt oralig‗i lahzasida texnik vositalarni talab qilingan
vazifani bajarish qobiliyati (agar zarur bo‗lsa mos keluvchi tashqi
resurslarni qo‗llagan holda);
ishonchlilik (reliability) – ma‘lum bir sharoitda, belgilangan vaqt
oralig‗i davomida texnik vositalarni talab qilingan vazifani bajarish
qobiliyati;
qayta tiklanuvchanlik (maintainability) – o‗rnatilgan sharoitda
texnik vositalarni qo‗llashda xuddi shunday holatda tiklanishini qo‗llab
quvvatlash, shuningdek, belgilangan jarayon va resurslarni qo‗llash
yordamida talab qilingan vazifani bajarishi mumkin bo‗lgan texnik xizmat
ko‗rsatish qobiliyati tushuniladi;
texnik xizmat ko‗rsatishni qo‗llab quvvatlash (maintenance sup-
port) – texnik xizmat ko‗rsatishni belgilangan qoidalarida, talab bo‗yicha
ma‘lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta‘minlash uchun zarur
bo‗lgan
resurslarni
qo‗llash
imkonini
beruvchi
ekspluatatsion
kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi.
Uchinchi guruhga, signallarni uzatish xarakteristikalari (transmission
performance) kiradi. Ular ishga qobiliyatli holatda bo‗lgan aloqa tizimi
orqali uzatilgan, qayta tiklangan signalning sathi kabi aniqlanadi.
ITU-T E.800 tavsiyasida tarqalish muhitining xarakteristikalari
(propagation performance) ajratilgan. Ular, shu jarayonni sun‘iy
boshqarishsiz, belgilangan ulanish bilan signallarni o‗tishini ta‘minlovchi
muhit qobiliyati bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda kanalli kommutatsiyalash va paketli kommutatsiyalash
tarmoqlari IP-infrastrukturasiga asoslangan tarmoqlarga asta-sekinlik bilan
birlashmoqda. Bunday tarmoqlar UFTT (umum foydalanuvchi telefon
tarmog‗i) trafiklari kabi odatdagi Internet trafiklarini ham tashiydi.
Konvergensiyaning bunday tuzilishi, texnologiyalarni birlashtirish orqali
tannarxning kamayishiga olib kelishi kabi yangi xizmatlarni yaratish orqali
industriyaning rivojlanishi yuz beradi. Lekin amalda konvergensiya juda
sekin amalga oshmoqda. Texnik nuqtai nazardan eng qiyini xizmat ko‗rsatish
sifatini ta‘minlash muammolari bilan bog‗liq.
269
3.
8
-ra
sm
.
Xi
zm
at
k
o‗rs
at
is
h
si
fa
ti
s
oh
as
id
a
te
rm
in
la
rn
i t
us
hu
nt
iru
vc
hi
IT
U
-T
m
o
d
el
i
270
Odatdagi IP tarmoqlar foydalanuvchilarga taqdim etiladigan tarmoq
resurslarining mumkin bo‗lgan haqqoniy ulushini sifatli ―eng yaxshi
urinish‖ (best effort)ni qo‗llaydi. Lekin bularni ishlab chiqarish sathida
bajarilishi kafolatlanmaydi.
Best effort prinsipi haqiqiy bo‗lmagan vaqt masshtabida (elektron
pochta, fayllarni uzatish) ilovalarni qo‗llab quvvatlash uchun yetarli
darajada samarali va vaqtning haqiqiy masshtabiga yaqin bo‗lgan ilovalar
(audio/video eshittirish, Web ni ko‗rish) uchun kengaytirildi. Biroq
foydalanuvchilardan kutiladigan interaktiv ovozli telefoniya va haqiqiy
vaqtning boshqa ilovalarining sifatini ta‘minlash kam ehtimollidir,
o‗tkazish qobiliyatini chegaralash, paketlarni yo‗qolishiga yoki kechikish
kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi.
Kelajakda, IP-tarmoqlariga asoslangan konvergensiyaning to‗liq
foydali samaradorligini qo‗llash uchun, IP (VoIP)dan yuqori ovozga ega
bo‗lgan ko‗p va turli tuman foydalanuvchi ilovalar uchun QoSni
differensiallashni ishonchli ta‘minlash qobiliyatiga ega bo‗lgan resurslarni
taqsimlashni yangi prinsipini qo‗llash kerak.
QoSni boshidan oxirigacha IP uchun hal qilish, qo‗llanilishi mumkin
bo‗lgan IP/UFTTni muvaffaqiyatli konvergensiyalash imkonini beradi,
masalan quyidagi uchta qadamni:
- IP ni ishlab chiqish parametrlarining umumiy majmuasiga nisbatan
tarmoq provayderlarining shartnomalari va QoS talablarini amalga
oshirish;
- terminal uchastkada QoS ning belgilangan talablarini qo‗llab-
quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini tarqatish;
- kafolatlangan QoS bilan
IP-protokollari so‗rovi bo‗yicha
signalizatsiya protokollarida QoS talablarini joriy qilish imkonini yaratish.
Oxirgi vaqtlarda IP tarmoqlarda xizmat ko‗rsatish sifati (QoS)
savollari juda dolzarb bo‗lib qoldi, chunki bunday masalalarning hal
qilinishi kelajakdagi XXI asr aloqa tarmoqlari bilan to‗g‗ridan to‗g‗ri
bog‗liq.
O‗tgan bir necha yillar davomida IETF tashkiloti doirasida, QoS ni
ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan katta yoki kichik darajadagi bir qancha
arxitekturalar va mexanizmlar taklif qilindi. Bulardan anchagina taniqli
bo‗lgani va qo‗llanilgani IntSerf, DiffSerf, MPLS (GMPLS)lar,
shuningdek majburiy marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi.
|