265
Internet tarmoqlarida transport protokoli turiga bog‗liq holda
sinflarga ajratishdan tashqari, trafikni 3 ta asosiy tipga farqlash qabul
qilingan: elastik, oqimli va haqiqiy vaqtdagi.
Elastikli termini – TCP protokolini boshqaruvchi ma‘lumotlar
uzatishni yaratishdagi trafikka nisbatan qo‗llaniladi. Uning nomi,
tarmoqda yuklama o‗zgarishiga javoban uzatish tezligi keng oraliqlarda
o‗zgarishi mumkinligi bilan bog‗langan. Bu turdagi trafik yo‗qotishlarga
sezgir va kechikishlarga nisbatan moil emas.
Oqimli trafik – audio va video axborot uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan
ilovalar natijasida yuzaga keladi. Bu ilovalar aloqa seansi vaqtida
kechikishlarni chegaralash yo‗li bilan saqlangan, aniq uzatish tezligiga ega
bo‗lgan paketlar oqimini generatsiyalaydi. Lekin bunda real vaqtdagi trafik
bilan taqqoslash bo‗yicha kattaroq kechikishlarga yo‗l qo‗yilishi mumkin
va bu turdagi trafik yo‗qotishlarga nisbatan kam sezgir.
Real vaqtdagi trafik – nisbatan katta bo‗lmagan uzunlikdagi
kechikishlarni beradi va yo‗qotishlarga kam sezgir. Bu turdagi trafik IP-
telefoniya tizimlarida va videokonferens aloqada mavjud. Oqimli trafik va
real vaqtdagi trafik UDP protokoli boshqaruvi ostida uzatiladi.
IP klassik tarmoqlarda faqatgina best effort prinsipi bo‗yicha xizmat
ko‗rsatilgan elastikli trafik mavjud edi. Barcha uchta turdagi trafik mavjud
bo‗lgan zamonaviy IP tarmoqlar uchun, best effort sathi parametrlaridan
boshlanib va haqiqiy vaqt trafigiga mos keluvchi parametrlar bilan
tugaydigan xizmat ko‗rsatish sifatining parametrlarini ko‗rsatkichlarining
keng ko‗lami talab etiladi.