263
- foydalanuvchi qurilmasi. IPTV foydalanuvchi qurilmasi tarkibiga,
keng polosali tarmoq oxiri bilan shakllanuvchi interfeys vositasi kiradi. Bu
yyerda uy tarmog‗ini tashkil qiluvchi shlyuzlar qo‗llanilishi mumkin.
Foydalanuvchi
qurilmasidagi
IPTV
trafikni
terminallashtiruvchi
funksional blok IPTV mijozi deyiladi. Odatda bu blok TV – qo‗shimcha
ko‗rinishida qo‗llaniladi. TV-qo‗shimchaning asosiy vazifasi o‗zining
tarkibiga xizmatlar bog‗lamasi bilan ulanishni o‗rnatish, video oqimlarni
dekoderlash, foydalanuvchi tomonidan boshqarishni aks etishi va
monitorga ulanishni kiritadi.
IPTV tarmoqlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab
chiqilgan standartlarning katta to‗plami qo‗llaniladi: ITU-T, ETSI, IETF,
MPEG. TV – signalini siqish standartlari talab etilgan o‗tkazish oralig‗ini
o‗n va yuz martaga kamaytirish imkonini beradi. Raqamli eshittirish
standartlarini keng tarqalgani yevropa standarti DVB, amerika standarti
ATSC va yaponiya standarti ISDB hisoblanadi. IPTV xizmatlarini taqdim
etuvchi tarmoq protokollarining katta soni orasida quyidagi ayrimlarini
aytamiz: transport protokollari UDP, RTP va RTCP; signalizatsiya
protokollari SIP, H.323; mashrutizatsiya protokollari RIP, OSPF, ko‗p
adresli jo‗natish protokoli IGMP.