IPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi. 90-yillar oxiridan
boshlab Internetni jadal rivojlanish jarayoni boshlandi. Bu sharoitlarda
abonentlar va turli qurilmalarni adresli muhitni qo‗llashi Internetni
tarqalishini chegaralaydi.
Internet tarmog‗i rivojlanishi uchun adresli muhitga ulanishni
oshirish zarur. Bu esa IP protokolini yangi IPv6 turini ishlab chiqilishiga
olib keldi. Biroq yangi turni ishlab chiqishda adreslar muammosidan
tashqari 4-turning bir qator kamchiliklari hisobga olindi.
Sarlavha
tuzilishi
asosida
olingan
mukammallashgan
IPv6
protokolning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi;
- ulanishli IP adreslar sonini oshirishni va ularning konfiguratsiya
jarayonini soddalashtirishni ta‘minlaydigan adres maydonining yangi
o‗lchamini kiritish;
- xizmat ko‗rsatishning kafolatli sifatini ta‘minlovchi mexanizmlarni
ishlab chiqish;
- axborotni himoyalash va audentifikatsiya vositalarini qo‗llash
imkoniyati.
3.5-rasmdan ko‗rinib turibdiki, IPv6 sarlavhasining uzunligi 40
baytga teng, bu 4-turga qaraganda ikki baravar katta. Birinchi 2 ta qator (8
259
bayt) nazorat vazifasini ta‘minlaydi va bu 2 ta qatorning tuzilishi IPv4
sarlavhasining adresli qismining ustida joylashgan qator tuzilishidan farq
qiladi.
3.5-rasm. IPv6 datagramma sarlavhasining formati
―Versiya‖ maydoni 4 bit, paket IPv6 sarlavhasiga egaligini
ko‗rsatadi.
―Trafik sinfi‖ maydoni 8 bit va ―Oqim belgisi‖ maydoni 20 bit, aniq
manba adreslari jufti va belgilangan punkt uchun xizmat ko‗rsatish
sifatining dastlabki belgilangan sathini aniqlaydi.
Internetda xizmat ko‗rsatish sifati tarmoqning o‗tkazish qobiliyati,
paketlarni kechikishi va djitter, shuningdek paketlarni yo‗qolishi orqali
aniqlanadi.
―Foydali yuklama maydoni uzunligi‖ maydoni 2 bayt, sarlavha
uzunligidan tashqari baytlarda paket uzunligini aniqlaydi. Shuningdek
maydon uzunligi 16-bitga va paketning maksimal uzunligi 2
16
-1=65535
baytga teng.
―Keyingi sarlavha‖ maydoni 8 bit, IPv6 asosiy sarlavhasidan keyingi
keluvchi qo‗shimcha sarlavhalar turini aniqlaydi. Qo‗shimcha sarlavhalar
joylashgan maydon, IP sarlavhasi, TCP va UDP sarlavhalari orasiga
joylashtiriladi.
Qo‗shimcha
sarlavhalar
o‗ziga katta funksiyalar
yig‗indisini kiritadi, ular marshrutlash, fragmentlash, axborot xavfsizligi,
autentifikatsiyadir.
―Qadamlar sonini chegaralash‖ maydoni 8 bit, 4-turdagi ―Yashash
vaqti‖ maydonining vazifalarini bajaradi.
Jo‗natuvchi va qabul qiluvchilarning adreslari har biri 16 baytga ega
(128 bayt) ya‘ni 4-turga qaraganda 4 marta ortiq.
IPv6 protokolni kiritish bilan bog‗liq ishlar 10 yildan ko‗p vaqt
davomida olib borilishiga qaramay, IP tarmoqlarda apparat-dasturiy
260
modulning asosiy qismini 4-turning IP protokoli amalga oshiradi. Bu bilan
bog‗liq holda, IPv6 yangi tur protokollar oilasiga o‗tishda muammolar
yuzaga keladi.