Nazorat savollari
1. Qanday xizmatlar klassifikatsiyasiga asoslangan prinsiplarni bilasiz?
2. Uzatilayotgan
ma‘lumot
turi
bo‗yicha
qanday
xizmatlar
klassifikatsiyasi mavjud?
3. Telefon xizmati turini boshqa xizmat turlaridan ajratishning asosiy
sababi nimada?
4. Asosiy va qo‗shimcha xizmatlarga qanday xizmat turlari kiradi?
5. ―Xizmat ko‗rsatish sathi haqidagi kelishuv‖ (SLA) tushunchaning
ma‘nosi nimadan iborat?
6. Xizmat ko‗rsatish sifati va tarmoq xarakteristikasi deganda nimani
tushunasiz?
7. Xizmat ko‗rsatishning qanday sifat ko‗rsatkichlarini bilasiz?
8. IPv4 tarmoqlararo protokolning kamchiligi nimada?
282
9. IPv6 protokolini kiritish afzalligi nimada?
10. VoIP texnologiyasining vazifasi nima?
11. IPTV texnologiyasining vazifasi nima va u qanday xususiyatlarga
ega?
12. Internet tarmog‗ida qanday zamonaviy ilovalar mavjud?
13. IP – optik tarmoqlarda xizmat ko‗rsatish sifatini ta‘minlashning
qanday xususiyatlari mavjud?
14. DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoqlarda IP trafikni
uzatish uchun qanday kommutatsiyalash texnologiyalari qo‗llaniladi?
15. IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko‗rsatish sifati qanday
ta‘minlanadi?
16. Xizmat ko‗rsatish sifati bilan bog‗liq bo‗lgan muammolar nima tufayli
yuzaga keladi?
17. Xizmat ko‗rsatish sifati bilan bog‗liq bo‗lgan muammolarning qanday
yechimlari mavjud?
3.4. Multimediali aloqa tarmoqlari standartlari
Xalqaro elektr aloqa tavsiyalari va standartlari. ITU-T turli
mamlakatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini o‗zaro bog‗lanishini
ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan tavsiyalarni ishlab chiqarish bilan
shug‗ullanadi.
Umuman bu tavsiyalarni standart deb hisoblab bo‗lmaydi, lekin
shunga qaramay ko‗pgina mamlakatlar ITU tavsiyasiga xuddi standart kabi
qarashadi. Bunday amaliyot elektr aloqa tarmoqlari operatorlari uchun
telekommunikatsiya
tizimlarini
o‗zaro
bog‗lanishini
ta‘minlash,
qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar uchun esa ularni boshqa mamlakat
bozorlarida milliy standartlarga hech qanday o‗zgartirishsiz sotish
imkonini beradi.
1855-yilning may oyida Parijda Xalqaro Telegraf Ittifoqini -
International Telegraph Union yaratish haqidagi konvensiyaga qo‗l
qo‗yilgan. 1932-yil Madridda o‗tkazilgan konferensiyada Xalqaro Telegraf
Birlashmasini
shunga
o‗xshagan
radioaloqa
masalalari
bilan
shug‗ullanadigan tashkilot bilan birlashtirish hal qilindi. Natijada ITU
(International Telecommunication Union) nomi paydo bo‗ldi. Bu
o‗zgartirish ingliz tilida ITU qisqartmasini o‗zgartirishni talab etmadi.
1947-yildan boshlab ITU ning statusi o‗zgardi. U Birlashgan Millatlar
Tashkilotining maxsus muassasasiga aylandi. 1948-yildan boshlab ITU
283
ning masshtabi Jenevada joylashgan. O‗zbekiston Respublikasi 1992-yil
iyuldan boshlab ITU a‘zosi hisoblanadi va a‘zolik vazifasini bajarish,
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga
yuklatilgan. Hozirgi paytda (tuzilishlar bir qator o‗zgargandan keyin) ITU
ning asosiy ishchi tashkilotlari uchta sektorda ifodalangan:
- telekommunikatsiyani standartlashtirish (ITU-T);
- radioaloqani standartlashtirish (ITU-R);
- telekommunikatsiyani rivojlantirish (ITU-D).
Uchta sektorning har birida asosiy faoliyat yuritadigan, ITU
tavsiyalarini va boshqa xujjatlarni ishlab chiqaruvchi bir qator tadqiqot
komissiyalari tuzilgan. Shuni ham aytish joizki, ITU aloqa sohasida
standartlashtirishga tegishli bo‗lgan boshqa bir qator xalqaro, Yevropa,
Shimoliy Amerika va Osiyo tashkilotlari bilan chambarchas bog‗liq holda
ish olib boradi.
ITU tomonidan chiqariladigan, elektr aloqa standartlari sektorining
tadqiqot komissiyasi ro‗yxati va tavsiyalarining seriya nomlarini
http://www.itu.int
saytidan topish mumkin. Bu saytda ITU tomonidan
ishlab chiqilgan foydali xujjatlar joylashtirilgan.
1988-yil Yevropa Telekommunikatsiya standartlashtirish instituti –
ETSI ta‘sis etilgan. Uning standartlari turli milliy telekommunikatsiya
tizimlarini moslashuvchanligini ta‘minlash bilan bog‗liq, bu esa o‗z
navbatida Yevropadagi integratsion jarayonning samarali sharti kabi
qaraladi.
Rasman ETSI standartlari faqat Yevropa davlatlari uchun
mo‗ljallangan. Yevropadan tashqarida joylashgan ayrim tashkilotlar ETSI
a‘zosi hisoblanadi. Bu bir qator sabablar bilan bog‗liq, shularning ichida
ETSI ning samarali ishi va Yevropani xalqaro telekommunikatsiyani
rivojlantirishdagi muhim hissasini aytib o‗tish joiz.
O‗zbekiston Respublikasidan ETSI ning a‘zosi, O‗zbekiston
Respublikasi
axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish vazirligi tarkibidagi – UNICON.UZ - Ilmiy texnik va
marketing tadqiqotlari markazi hisoblanadi.
Standartlashtirish sohasida ETSI ning asosiy ishini texnik komitet
olib boradi. Uning ro‗yxati
http://www.etsi.org
saytida keltirilgan. Bu
saytdan ETSI ning tashkiliy va texnik aspekti ishlariga tegishli bo‗lgan
mukammal ma‘lumotlarni olish mumkin.
ITU va ETSI ko‗pgina muammolar bo‗yicha uyg‗unlikda ishlashi
mumkin. Bundan tashqari ular boshqa xalqaro tashkilotlar bilan samarali
hamkorlikda ishlaydi. Ko‗p hollarda ITU va ETSI o‗zining ishini, Internet
284
tarmoqlari uchun shuningdek konsorsiumlar va forumlar uchun standartlar
ishlab chiqishga javob beruvchi, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
(ISO), Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC), IETF (Internet Engineering
Task Force) tashkilotlari bilan muvofiqlashtiradi.
ITU-T va ETSI standartlari tavsiyalariga misollar.
E.800 ga qo‗shimcha, QoS savollari E.860 tavsiyasining ―Xizmat
ko‗rsatish sathi haqidagi kelishuv‖ tuzilishi, ITU-T ning E.430 ―Xizmat
ko‗rsatish sifatini baholash aspekti‖ tavsiyasini, ITU-T ning Y.1514
―Aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun tarmoqning ishlash parametrlari‖
tavsiyasini,
ITU-Tning
Y.1540 ―IP-paketlarni ko‗chirishni sifat
parametrlari‖ tavsiyasini, shuningdek ITU-T ning Y.1541 tavsiyalarini
mundarijasini misol sifatida olish mumkin.
ETSIda QoS savollari bo‗yicha amaliy ishlar olib borilmoqda va
shuning natijasida aloqa xizmatlarining sifatiga bo‗lgan umumiy talablarni
aniqlovchi ETR 003 texnik hisobotlar va qayd etilgan telefon aloqasi
tarmoqlari uchun ko‗pgina QoS ko‗rsatkichlarini aniqlaydigan ETR138
texnik hisobotlar yaratildi (bir yil ichidagi abonent liniyalaridan tushgan
shikoyatlar, muvaffaqiyatsiz chaqiriqlar, ulanishni o‗rnatish vaqti, telefon
o‗rnatish buyurtmasini bajarish muddati, bunday buyurtmalarni vaqtida
bajarilganlik qismi, nosozliklarni sozlash vaqti, kelishilgan muddatda
nosozliklarni bartaraf etish qismi).
IP-tarmoqlarida va UFT tarmoqlarida konvergensiyani qo‗llab-
quvvatlash uchun, IP-tarmoqlari foydalanuvchilarining turli tuman
ilovalari uchun, telefoniya bilan birgalikda, QoSning differensiallashgan
ishonchliligini ta‘minlash zarur. U oxirdan bu oxirgacha QoSni ta‘minlash
uchun, IP-tarmoqlarning provayderlari IP-paketlarni uzatish va QoS
masalalarini ishlab chiqish parametrlarini umumiy majmuasini kelishishi
lozim.
Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi - ITU-Tning 13 tadqiqot guruhi
yaqinda ikkita xalqaro standartni (tavsiyani) ishlab chiqdi.
Birinchi tavsiya - Y.1540, IP-tarmoqlarda paketlarni uzatish uchun
ishlab chiqilgan parametrlarning standartlarini aniqlaydi.
Ikkinchi tavsiya - Y.1541, tarmoq interfeyslarini tutashtirishga
bo‗lgan talablarning (tarmoq interfeysi network-interface-tonetwork-
interface, NI-NI Y.1540 tavsiyalari parametrlari uchun) standartlarini
aniqlaydi va IP-tarmoqlar uchun QoSning 6 ta sinfi bo‗yicha talablarni
guruhlaydi.
Keyingi 5 ta tarmoq xarakteristikasi, ikki tomonlama xizmat
ko‗rsatish sifatiga (manbadan foydalanuvchigacha) ularning ta‘siri nuqtai
285
nazaridan eng muhim bo‗lgan ITU-T Y.1540 tavsiyasida qarab chiqiladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
tarmoqning o‗tkazuvchanlik qobiliyati;
tarmoq /tarmoq elementlarining ishonchliligi;
kechikish;
kechikish variatsiyasi (djitter);
paketlarning yo‗qolishi.
Tarmoqning o‗tkazuvchanlik qobiliyati (yoki ma‘lumotlar uzatish
tezligi), sekunddagi bitlarda o‗lchanadi va uzatishning samarali tezligi kabi
aniqlanadi. ITU-T Y.1540 tavsiyasida turli ilovalar uchun o‗tkazuvchanlik
qobiliyatining
qiymatlari
keltirilmagan.
Lekin
uning
o‗rniga
o‗tkazuvchanlik qobiliyati bilan bog‗liq bo‗lgan parametrlar ITU-T
Y.1221 tavsiyasi yordamida aniqlanishi mumkin.
Tarmoq /tarmoq elementlarining ishonchliligi bir qator parametrlar
bilan aniqlanadi, shularning ichida obyektning ishga qobiliyatlilik
vaqtining kuzatish vaqtiga nisbati bilan aniqlanuvchi tayyorgarlik
koeffitsienti eng ko‗p qo‗llaniladi. Ideal holatda tayyorgarlik koeffitsienti
1 ga teng bo‗ladi, bu esa tarmoqning tayyorgarligi 100% ekanligini
bildiradi.
IP paketlarini eltish parametrlari. Umumiy holda aloqa seansi uchta
fazadan tashkil topgan: ulanishni o‗rnatish, axborotni uzatish va uzish.
ITU-T Y.1540 tavsiyasida bu fazalardan faqat ikkinchisi – IP paketlarini
eltish fazasigina qarab chiqiladi. Bunday yondashish ulanishni o‗rnatishga
mo‗ljallanmagan IP tarmoqlarning tabiatini aks ettiradi. ITU-T Y.1540
tavsiyasi IP-paketlarini eltishning quyidagi parametrlarini aniqlaydi:
IPTD (IP packet transfer delay) paketlarni eltishning kechikishi, ikki
hodisa orasidagi t
2
-t
1
vaqt, ya‘ni tarmoqning kirish nuqtasiga t
1
lahzada
paketning kirishi va tarmoqning chiqish nuqtasidan t
2
lahzada paketning
chiqishi kabi aniqlanadi. Bu yyerda t
2
> t
1
va t
2
-t
1
≤ T
max
.
Umuman,
IPTD
barcha
paketlar
uchun
manbadan
foydalanuvchigacha paketni eltish vaqti kabi aniqlanadi. IP paketlarini
eltishning o‗rtacha kechikishi, tanlangan majmuada uzatilgan va qabul
qilingan paketlarning o‗rtacha arifmetik kechikishi kabi aniqlanadi.
Yuklamaning oshishi va ulanadigan tarmoq resurslarining kamayishi,
tarmoq uzellarida navbatlarning oshishiga olib keladi, natijada eltishning
o‗rtacha kechikishi oshadi.
Ovozli ma‘lumotlar va birmuncha video axborotlar kechikishga
sezuvchan bo‗lgan trafikka misol bo‗lishi mumkin, ayni shunga asosan
286
ma‘lumotlar ilovasi kechikishlarga kamroq sezgir. Unda paketni eltishdagi
kechikish ma‘lum bir qiymatdan T
max
oshadi va paket tashlab yuboriladi.
Bu
esa,
haqiqiy
vaqt
ilovalarida
(masalan,
IP-telefoniyada,
videokonferensiya tizimida) ovoz sifatini pasayishiga olib keladi.
v
k
– parametri, tarmoqning kirish va chiqish nuqtalari orasidagi
IPDV (IP packet delay variation) IP-paketning kechikish variatsiyasi. Bu
yyerda k indeksga ega bo‗lgan paketlarni eltishdagi x
k
kechikish qiymati
va tarmoqning xuddi shu nuqtalariga IP paketlarni eltishdagi
kechikishning minimal qiymati - d
1,2
orasidagi v
k
= x
k
- d
1,2
farq.
4.1 rasm. Y.1540 tavsiyasining harakat muhiti va etalon modeli
IP paketlarining kechikish variatsiyasi (djitter), muntazam uzatilgan
paketlar qabul qiluvchiga muntazam bo‗lmagan vaqt lahzasida yetib
kelishi tufayli yuzaga keladi. Masalan, bu IP-telefoniya tizimlarida ovozni
287
buzilishiga olib keladi, natijada nutq noaniq bo‗lib qoladi.
IPLR (IP packet loss ratio) IP-paketlarining yo‗qolish koeffitsienti,
tanlangan to‗plamda uzatilgan va qabul qilingan paketlardagi, uzatilgan
paketlarning umumiy sonini yo‗qolgan paketlarning yig‗indi soniga nisbati
kabi aniqlanadi.
Agar paketlar yo‗qolsa, unda ma‘lumotlarni uzatishda qabul qiluvchi
tomonning so‗rovi bo‗yicha ular qayta uzatilishi mumkin. VoIP tizimlarida
qabul qiluvchiga kechikish bilan kelgan paketlar T
max
dan yuqori bo‗lsa,
tashlab yuboriladi. Bu o‗z navbatida qabul qilinadigan nutqning barbod
bo‗lishiga olib keladi.
IPER (IP packet error ratio) IP-paketining buzilish koeffitsienti,
buzilish bilan qabul qilingan paketlarning umumiy sonini, muvaffaqiyatli
qabul qilingan paketlarning va buzilish bilan qabul qilingan paketlarning
yig‗indisiga nisbati kabi aniqlanadi.
ITU-T Y.1540 tavsiyasi, xalqaro ulanishlarda IP tarmoqlarda amalga
oshirilishi kerak bo‗lgan parametrlar uchun me‘yorlarning sonli qiymatini
aniqlaydi. Bu me‘yorlar, xizmat ko‗rsatishning kafolatlangan sifatini
ta‘minlash uchun ilovalarga va tarmoq mexanizmlariga bog‗liq holda
aniqlanadigan QoS sinflari bo‗yicha ajratilgan. 4.1-jadvalda muayyan
yuqori tarmoq xarakteristikalari uchun me‘yorlar taqdim etilgan.
4.1-jadval
Xizmat ko‗rsatish sifati sinflari bo‗yicha taqsimlangan IP-tarmog‗i
xarakteristikalari uchun me‘yorlar
Tarmoq xarakteristikalari
QoS sinflari
0
1
2
3
4
5
IP, IPTD paketlarini eltishdagi
kechikishlar
100
ms
400
ms
100
ms
400
ms
1ms
M
IP, IPDV paketlarini kechikish
variatsiyasi
50 ms 50 ms
M
M
M
M
IP, IPLR paketlarni yo‗qolish
koeffitsienti
1*10
-
3
1*10
-
3
1*10
-
3
1*10
-
3
1*10
-
3
M
IP, IPER paketlarni buzilish
koeffitsienti
1*10
-
4
1*10
-
4
1*10
-
4
1*10
-
4
1*10
-
4
M
Izoh: M–me‘yorlanmagan
4.1-jadvalda keltirilgan parametrlarning qiymatlari mos holda,
o‗rtacha kechikishlar uchun yuqori chegara, djitter, paketlarning yo‗qolishi
va buzilishi uchun berilgan. Y.1541 tavsiyasi, xizmat ko‗rsatish sinflari va
288
ilovalar orasida moslik o‗rnatadi, masalan:
0 sinf - djitterga sezuvchan bo‗lgan va interaktivlikning yuqori
darajasi bilan xarakterlanuvchi (VoIP, videokonferensiya) haqiqiy vaqt
ilovasi;
1
sinf
-
djitterga
sezuvchan
bo‗lgan
interaktiv
(VoIP,
videokonferensiya) haqiqiy vaqt ilovalari;
2 sinf- interaktivlikning yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan
ma‘lumotlar tranzaksiyasi (masalan, signalizatsiya);
3 sinf - interaktiv ma‘lumotlar tranzaksiyasi;
4 sinf - past sathli yo‗qotishlar mumkin bo‗lgan ilovalar (qisqa
tranzaksiya, ma‘lumotlar massivi, oqimlivideo);
5 sinf- IP tarmoqlaridagi an‘anaviy ilova turlari.
|