303
Signalizatsiya tarmog‘ining tuzilishi
Dasturiy boshqarishga ega bo‗lgan kommutatsiya stansiyasini
signalizatsiya punkti SP (Signaling Point) sifatida ko‗rish mumkin.
Signalizatsiya punkti
signalli xabarlarni izohlash, shakllantirish,
uzatish va qabul qilish vazifalarini bajaradi. Signalizatsiyaning ba‘zi bir
punktlari signalizatsiya signalini bir zvenodan boshqasiga o‗tishi vazifasini
bajaradi. Ular signalizatsiyaning tranzit punktlari - STP (Signaling
Transfer Point) deyiladi. SP va STP ning yig‗indisi, shuningdek ularni
bog‗lovchi
signalli zvenolar, o‗ziga hos tarmoqni hosil qiladi. U
signalizatsiya tarmog‗i deyiladi.
Orasida signalli xabar almashish imkoniyati bo‗lgan har qanday
ikkita SP,
bog‘langan deyiladi. Ikkita SP ni bog‗lanishi signalli
zvenolarning to‗g‗ri tutami yoki STP yordamida
tranzit tashkillashtirilgan
signalizatsiya tarmog‗i vositasida ta‘minlanadi. Birinchi holatda ikkita SP
(signalizatsiya tarmog‗i tuzilishi nuqtai nazaridan) -
o‘zaro bog‘langan,
ikkinchi holatda –
o‘zaro bog‘lanmagan hisoblanadi. Signalizatsiya
tarmog‗ida o‗zaro bog‗langan va o‗zaro bog‗lanmagan SPlarning
mavjudligi
shundaki, unda funksionallashni turli rejimlarini qo‗llash
imkoniyati borligidir.
Zamonaviy signalizatsiya tarmoqlarida uchta ishlash rejimi
qo‗llanilishi mumkin:
bog‘langan,
bog‘lanmagan va
kvazibog‘langan.
Kvazibog‗langan rejim bog‗lanmagan rejimni alohida holatini o‗zida
ifodalaydi.
Tarmoq orqali o‗tuvchi signalli axborot yo‗li avvaldan belgilanadi va
qaysidir vaqt davrida qayd etilgan hisoblanadi. Amaliyotda signalizatsiya
tarmog‗ining bog‗langan va kvazibog‗langan rejimlari qo‗llaniladi.
Bog‗langan va kvazibog‗langan tarmoqlarni
tashkil qilish namunasi
5.3-rasmda keltirilgan. Ikkala holat uchun ham umumkanal signalizatsiya
tizimi telefon tarmog‗i uchun yaratiladi deb tahmin qilinadi,
ularda beshta
kommutatsiyalash stansiyalari o‗rnatilgan. Barcha stansiyalar o‗zaro ―bir-
biri bilan‖ prinsipi bo‗yicha bog‗langan. Bu topologiyani bog‗langan
signalizatsiya tarmog‗i takrorlaydi.
Kvazibog‗langan tarmoqda to‗rtta STP o‗rnatilgan. Ular o‗zaro ―bir-
biri bilan‖ prinsipi bo‗yicha bog‗langan. Beshta SP dan bittasi ikkita
STPga tayanadi. Bunday yechim signalizatsiya tarmog‗ining yuqori
ishonchliligini ta‘minlaydi. Yuqori
ishonchlilikdan tashqari, signalizatsiya
tarmog‗i signalli xabarlarni tez o‗tishini ta‘minlashi zarur. Bu talab
UFTTda trafikka xizmat ko‗rsatish sifati ko‗rsatkichlariga, signalli
xabarlarning kechikishini ta‘siri bilan shartlanadi.
304
a) bog‗langan signalizatsiya tarmog‗I
b) kvazibog‗langan
5.3-rasm. Signalizatsiya tarmog‗ining tuzilishi