295
terminallar va ishchi kompyuterlar orasidagi aloqa bo‗lgan. ITU-T da
ishlab chiqilgan X.25 protokoli OTO‗B modelining uchinchi sathining
protokoli hisoblanib, tarmoq orqali paketlarni uzatishni ta‘minlaydi. X.25
protokolda axborotni butunligini saqlash masalasi tarmoqga qo‗yilgan,
ya‘ni halaqitlarga chidamli kodlarni qo‗llash, so‗rash va tarmoq uzellari
orasida paketlarni takrorlash yo‗llari orqali erishilgan.
Qisqa masofali telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan X.25
protokollarida xatolik ehtimolligi (10
-3
- 10
-4
) katta (ma‘lumotlar uzatish
uchun), bu esa paketlarni yo‗qolishiga va ularni takror uzatish zaruratiga
olib keladi. Yuqorida sanab o‗tilgan muammolarni yechimini Fram Relay
texnologiyasi ta‘minlaydi, ya‘ni o‗zida X.25 protokolini soddalashtirilgan
turini ifodalaydi.
Fram
Relay
protokoli.
Fram
Relay
protokoli
(kadrlarni
kommutatsiyalash/retranslyatsiyalash)
90-yillar
boshida
standartlashtirilgan, kanalda xatolik ehtimolligi 10
-6
tartibda. X.25
texnologiyasi singari Fram Relay protokoli ulanishni o‗rnatish uchun
mo‗ljallangan. Fram Relay protokoli OTO‗B modelining birinchi ikkita
sathida amalga oshiriladi. Fram Relay texnologiyasida protokolli bloklar
sifatida kadrlar qo‗llaniladi. Fram Relay texnologiyasi kadrlarida foydali
yuklama maydonining uzunligi 4096 baytgacha oshirilgan, X.25
protokolida esa 256 bayt.