297
1990-yillar o‗rtalarida URL (Universal Recourse Locator) va URN
dan (Universal Recourse Names) foydalanib gipermatnni uzatish
protokoliga HTTP asoslangan WWW (World Wide Web) texnologiyasi
bazasidagi xizmatlar faol joriy etildi. Bugungi kunda SIP (Session
Initiation Protocol), RTP (Real-time Protocol), RTCP (Real-time
Transport Control Protocol) protokollari, H.323 tavsiyalari asosidagi
paketli IP-telefoniya xizmatlari ommaviy hisoblanadi.
Stekdagi alohida o‗rinni quyidagi monitoring va boshqarish
protokollari egallaydi:
- SMNP (Simple Management Transfer Protocol) –boshqaruv
uzatishni oddiy protokoli ;
- RMON (Remote Monitoring) – masofaviy monitoring.
Bu protokollar yordamida tarmoqning holati kuzatiladi va uni
ma‘murlashtirish o‗tkaziladi.