Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177
FTP fayllarni qayta jo‘natish protokoli. Olisdagi servyerda 
joylashgan ma‘lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri mijozning 
so‗rovi bo‗yicha fayl nusxasini uzatish hisoblanadi. Internet tarmog‗ida bu 
maqsad uchun FTP (File Transfer Protocol) standart protokoli – fayllarni 
qayta jo‗natish protokoli qo‗llaniladi. Eng eski protokollardan biri 
hisoblanadigan FTP protokoli (u oldingi asrning 70 - yillarning boshlarida 
ishlab chiqilgan) ilovalar sathi protokollariga kiradi va ma‘lumotlarni 
uzatish uchun TCP transport protokolidan foydalanadi. 
FTP protokoli mijozlar (mijozlar guruhi) va ma‘lumotlarni 
saqlaydigan server (FTP serveri) orasida ma‘lumotlar fayllarini almashish 
uchun qo‗llaniladi, binobarin, har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va 
so‗rash/olish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Bunday fayllar matnlar, grafik 
tasvirlar, tovushlar, video va multimediali ma‘lumotlar bo‗lishi mumkin. 
FTP protokoli foydalanuvchining (mijoz) kompyuteriga dasturiy 
ta‘minotni yuklash uchun ham ishlatiladi. FTP protokoli yordamida 
foydalanuvchi oladigan fayllarni to‗g‗rilashi (o‗chirishi, qayta nomlashi, 
ulardan nusxa ko‗chirishi va h.k.) mumkin. Ko‗pgina FTP-serverlarda 
yozish uchun ochiq bo‗lgan va server orqali fayllarni olishni 
ta‘minlaydigan katalog (incoming, upload nomlarli va boshqalar) mavjud. 
Bu foydalanuvchilarga serverni yangi ma‘lumotlar bilan to‗ldirishga 
imkon beradi. 
XX asrning 90-yillar boshlanishigacha FTP protokoliniing hissasiga 
Internet tarmog‗idagi trafikning taxminan yarmi to‗g‗ri kelgan. Bugungi 
kunda ham protokol olisdagi serverlar va xostlarga ulanish uchun 


298 
qo‗llanilmoqda, lekin uning o‗rniga Butun Dunyo To‗ri texnologiyasiga 
asoslangan ulanish usullari kirib kelmoqda. 
HTTP gipermatnli xabarlarni yuborish protokoli va Butun Dunyo 
To‘ri. 1989 yilda Tomas Berners-Li Jenevadagi Yadro tadqiqotlari 
bo‗yicha Yevropa kengashida (SERN) ishlashi bilan endi Butun Dunyo 
To‗ri (World Wide Web) sifatida ma‘lum bo‗lgan loyihani taklif etdi. 
Loyihani amalga oshirish uchun Tomas Berners-Li, ularsiz zamonaviy 
Internetni tasavvur qilish mumkin bo‗lmagan uchta asosiy vositani - URI 
identifikatorlari, HTTP protokoli va NTML tilini ishlab chiqdi. 
Texnik
nuqtai nazardan WWW ni HTTP sifatida ma‘lum bo‗lgan 
yagona protokol yordamida muloqot qiladigan ko‗pgina mijozlar va 
serverlar sifatida qarash foydali bo‗ladi. Butun Dunyo To‗rida gipermatnni 
yaratish, saqlash va aks ettirishni osonlashtirish uchun HTML gipermatnni 
belgilash 
tili 
qo‗llaniladi. 
HTTP 
va 
HTML 
protokollarining 
kombinatsiyasi matnlar, grafikalar, tovush, video va boshqa multimediali 
fayllarni Internet global tarmog‗i orqali yetkazishni ta‘minlaydi. 
SIP protokoli. IETF da VoIP tizimi uchun signalizatsiya 
protokollarini 
yaratish 
sohasidagi 
ishlar 
draft-ietf-mmusic-cip-OO 
spetsifikatsiyasini ishlab chiqilishi bilan boshlandi, bunda keyinchalik 
SIP/1.0 nomini olgan Session Invitation Protocol protokoli tavsif etilgan. 
Bu 
hujjat 
faqat 
aloqa 
seansini 
o‗rnatilishiga 
so‗rovni 
spetsifikatsiyalaydi, lekin istiqbolda bu spetsifikatsiya o‗sha vaqtda 
yaratilgan 
konferensiyalarni 
multimediali 
arxitekturaga 
integratsiyalanishiga yo‗naltirildi, bu hujjatning nomi MMUSIC - 
Multiparty Mulimedia Session Control
SIP protokoli foydalanuvchilar orasida aloqa seanslarini o‗rnatish 
uchun qo‗llaniladi. 
H.323 protokoli. IP-telefoniya tarmoqlarini qurish uchun birinchi 
tavsiya H.323 tavsiyasi bo‗ldi. ITU tarixan UFTT muammolari bilan 
shug‗ullandi va taklif etilgan tavsiya haqiqatda IP-tarmoq ustiga qo‗yilgan 
ISDN (Integreted Services Digital Network) tarmog‗ini aniqlagan. 
Xususan, IP-telefoniya tarmog‗ida H.323 bo‗yicha ulanishni o‗rnatish 
jarayoni Q.931 tavsiyaga asoslanadi va ISDN tarmoqlardagi jarayonga 
deyarli aynan o‗xshash bo‗ladi. 
H.323 tarmog‗ining asosiy qurilmalari terminal, shlyuz va 
konferensiyalarni boshqarish qurilmasi hisoblanadi.
SMTP elektron pochta protokoli. Elektron pochta IP-tarmoqlardagi 
eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda elektron pochta 
orqali ma‘lumotlarni almashish kuniga millionlab insonlar tomonidan 


299 
qo‗llanilmoqda. Mijoz va server orasidagi ma‘lumotlarni almashishning 
yana bir shakli hisoblanadigan bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer 
Protocol – pochta xabarlarini yetkazishning oddiy protokoli) protokoli 
yordamida qo‗llaniladi. RFC 822 tasnifi xabarning ikki qismini – sarlavha 
va asosni aniqlaydi. Har ikkala qismlar 7-razryadli ASCII kodi bilan 
kodlanadi. 
Shaxsiy 
pochta 
manzillari 
 
(foydalanuvchini ismi@tarmoq osti) ko‗rinishidagi formatga ega bo‗ladi. 
Pochta qutilarining bu manzillari SMTP sathida taniladi.
Odatda pochta xabari mijozdan SMTP lokal serveriga uzatiladi, ya‘ni 
mijozlarning so‗rovi bo‗yicha pochtaning yetkazilishiga javob beradi. 
Servyerda pochtaning qayta ishlanish jarayoni, har bir yuboruvchi va 
oluvchining manzili, shuningdek yuborish vaqtiga ega bo‗lgan keluvchi 
xabarlarni to‗plashdan iborat. Dastlabki xabarni olgan lokal server 
yuborish punktidagi olisdagi serverning IP-manzilini identifikatsiyalaydi 
va bu olisdagi server bilan TCP seansini o‗rnatishga urinishni amalga 
oshiradi. Ulanish o‗rnatilganidan keyin, yuborish serverida pochta 
xabaridan nusha ko‗chiriladi. Server-yuboruvchi muvaffaqiyatli uzatishga 
tasdiqlanishni olishi bilan, xabar lokal server xotirasidan o‗chiriladi. Keyin 
olisdagi foydalanuvchi o‗z serveriga ulanishni olishi va yetkazilgan 
xabarni qabul qilishi mumkin. 
MIME protokoli. SMTP protokolini ishlab chiqishda elektron pochta 
faqat oddiy matnni uzatish uchun foydalanilishi ko‗zda tutilgan. 1993 yilda 
RFS 822 tasnifi har xil turlardagi ma‘lumotlar – audio, video, Word 
hujjatlarini uzatishni ta‘minlash uchun kengaytirilgan. Bu maqsadlar 
uchun MIME (Multiprpose Internet Mail Extension – Internetning ko‗p 
maqsadli pochta kengaytirilishi) qo‗llaniladi. MIME protokoli elektron 
pochta yordamida har xil turlardagi ma‘lumotlarni, shu jumladan ASCII 
kodidan farqli bo‗lgan kodlash turi qo‗llaniladigan tillardagi matnlar, 
musiqa, grafika va filmlarni uzatish mexanizmlarini aniqlaydi. MIME 
formatini o‗zgartirish odatda elektron xabarlarni uzatishda va qabul 
qilishda pochta serverlari yoki mijoz pochta dasturlari orqali amalga 
oshiriladi. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish