Qabul qilib oluvchining vazifasi
Qabul qiluvchi sinxronlanuvchi oqimlarni ajratishi va ularni eshitish
oldidan tenglashtirishi kerak. Oqimlarni ajratishga turli oqimlarda bir xil
CNAME nomlardan foydalanib juda oson erishiladi. Sinxronizatsiya
tadbirining o‗zi ancha murakkabdir (5.9 va 5.10 rasmlar).
Qabul qilib oluvchi avval jo‗natuvchi belgilagan umumiy vaqt bilan
sinxronlanuvchi oqimlar vaqti o‗rtasidagi muvofiqlikni RTP va RTCP
paketlari ma‘lumotlarini taqqoslash yo‗li bilan aniqlaydi. M vaqt belgili
RTP ma‘lumotlar paketini qabul qilib olishda kechikish vaqti hisoblab
topilishi mumkin:
R
M
M
T
T
sr
Ssr
s
)
(
. (5.1)
312
Bu yyerda: M
sr
- oxirgi olingan RTCP paketda RTP vaqt belgisi; T
Ssr
- sekund hisobidagi umumiy vaqt; R - soatning gers hisobida berilgan
nominal tezligi.
5.9-rasm.
Foydalanuvchi
tomonida
tovush
va
tasvirning
sinxronizatsiyasi
Qabul
qilib
oluvchi
ham
mahalliy
soatga
muvofiq
sinxronizatsiyalangan TR ma‘lumotlarni chiqarish vaqtini hisoblaydi. U
jo‗natuvchining umumiy vaqti bilan muvofiqlashtirilgan, dekoderlash
uchun boy berish buferida musbat kechikish, aralashtirish va ishlov berish
bilan moslashtirilgan paketning vaqt belgisiga teng.
Kechikish va boy berish vaqti ma‘lum bo‗lganda, qabul qilib oluvchi
har bir oqim uchun malumotlarni kechikishi va ularni boy berishi orasidagi
nisbiy kechikishini hisoblashi mumkin. Agar ma‘lumotlar TS vaqtida
jo‗natuvchining umumiy vaqti bo‗yicha kechikkan va TR vaqtda qabul
qilib oluvchining soati bo‗yicha chiqarilsa, u holda ular orasidagi D=TR-
TS farq tasvirni kechikishi va uni chiqarish orasidagi kechikishning
kattaligini
beradi.
Jo‗natuvchi
va
qabul
qiluvchining
soatlari
sinxronlashtirilmaganligi uchun bu qiymat o‗z ichiga ular orasidagi
noma‘lum siljishni qamrab oladi, lekin uni e‘tiborga olmasa ham bo‗ladi,
chunki u barcha sinxronlanuvchi oqimlar uchun bir xildir, bizni esa faqat
oqimlar o‗rtasidagi nisbiy siljish qiziqtiradi.
313
5.10-rasm. Foydalanuvchi tomonida vaqtlarning muvofiqligini o‗rnatish
Tovush oqimi uchun ham, tasvirlar oqimi uchun ham bunday
kechikishni hisoblagandan so‗ng, xususan D=Daudio–Dvideo oqimlar
uchun sinxronizatsiyaning kechikishini hisoblash mumkin. Agar bu qiymat
nolga teng bo‗lib chiqsa, u holda oqimlar sinxronlashgan bo‗ladi. Aks
holda u oqimlar orasida sekundlar hisobidagi siljishni beradi.
Ilgarilovchi ma‘lumotlar oqimi uchun sinxronizatsiyaning kechikishi,
ma‘lumotlarning vaqt belgisi formatiga qiymatlarni o‗zgartirish uchun
ma‘lumotlar oqimining nominal tezligiga ko‗paytiriladi va keyin vaqtni
barcha hisoblanishlarida doimiy siljish qiymati tarzida foydalaniladi.
Foydalanuvchi o‗z ustivorliklariga muvofiq sinxronizatsiyani qaysi oqim
bo‗yicha o‗tkazishini tanlab olishi mumkin. Ko‗pchilik kodeklar uchun
videoni kodlash va dekoderlash ustunlik qiluvchi oqim bo‗lib hisoblanadi,
ammo tovush yuz berayotgan o‗zgarishlarga ancha sezgirroqdir.
Sinxronizatsiyaning kechikishini oqimlardan istalganining kechikishi
o‗zgarganda qayta hisoblash zarur. Bu shuningdek umumiy vaqt bilan
oqim vaqti orasidagi nisbat o‗zgarganda ham zarurdir.
|