306
IP ustidan UKS7 signalizatsiyasi. IP-tarmoq orqali UKS7
axborotini uzatishni tashkil qilish masalasi bo‗yicha
IETF tarkibiga
kiruvchi Sigtran ishchi guruhi shug‗ullanadi. IP tarmoq bo‗ylab UKS7
axborotini ishonchli transportlash uchun Sigtran protokollar stekining
asosi, IP tarmoqda signalizatsiyani oxirgi
punktlari orasida signalli
xabarlarni o‗tkazishni ushlab turuvchi, oqimlarni
boshqarish protokoli
SCTP (Stream Control Transmission Protocol) hisoblanadi.
SCTP oqimlarni boshqarish protokoli. Signalli aloqani tashkil
qilish uchun bir oxirgi punkt boshqa punktga o‗zining
transport adreslari
(SCTP portini nomeri bilan birgalikda IP-adresni) ro‗yxatini taqdim etadi.
SCTP protokoli turli oqimlarda signalli xabarlarni mustaqil tartiblash
imkoniga ega va signalli axborotni qabul qilishni tasdiqlash bilan
o‗tkazishni, har bir oqimning xabarini ularni o‗tish navbatini saqlash bilan
yetkazish, bir nechta xabarlarni bitta
SCTP paketiga birlashtirish
imkoniyati, zarurat o‗lchami bo‗yicha ma‘lumotlarni fragmentlash va o‗ta
yuklanishga chidamliligini ta‘minlaydi.
Moslashish protokollari
M2UA, M3UZ, M2PA, SUA, IUA
SCTP protokoli
Ip protokoli
5.5-rasm. Sigtran protokollar steki