Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177
Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish 
(E.412, E.413 tavsiyalari). Telekommunikatsiya tarmog‗ining holati 
quyidagi sabablar natijasida vaqt bo‗yicha o‗zgaradi: 
- foydalanuvchilar yaratadigan trafikning o‗zgarishi; 
- qurilmalarning shikastlanishi; 
- avariyalar; 


322 
- xizmatlar ishidagi rejalashtirilgan tanaffuslar. 
Katta yuklanish kunlarini rejalashtirish. Katta yuklanishni yuzaga 
keltirishi mumkin bo‗lgan voqealar orasidan quyidagilarni ko‗rsatish 
mumkin: 
- umumiy bayramlar – yangi yil, Navro‗z; 
- har yilning aynan bir kuniga to‗g‗ri kelmaydigan diniy bayramlar, 
sportning ommaviy turlari bo‗yicha jahon chempionatlari yoki qit‘a 
birinchiliklari; 
- milliy bayramlar; 
- nodavriy 
voqealar, 
jumladan, savdo 
yarmarkalari, davlat 
arboblarining rasmiy tashriflari, xalqaro konferensiyalar va yig‗ilishlar. 
Katta yuklanish kunlari uchun rejalar tuzishda quyidagi 
chegaralarni nazarda tutish kerak: 
- qo‗shimcha kanallarni ishga tushirish; 
- kanallarni ikki tomondan band qilish yo‗nalishlaridan bir 
tomondan band qilishga o‗tkazish; 
- trafikni 
odatda 
foydalanilmaydigan 
tranzit 
uzellar 
orqali 
marshrutlashtirishni nazarda tutadigan aloqa yo‗nalishlari rejasini 
o‗zgartirish; 
- odatdagi tranzit uzellarning o‗ta yuklanishini bartaraf etish; 
- katta yuklanishlar davrida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan 
qiyinchiliklar to‗g‗risida foydalanuvchilarni xabardor qilish; 
- rejani ishlab chiqishda qo‗llaniladigan mezonlarni asoslash. 
Qurilmaning shikastlanish vaziyatlari. Shikastlanishlarning oldini 
olish rejalarini tuzishda, agar shunday rejalarni tarmoq obyektlarini 
kuzatish tajribasidan kelib chiqib tuzish imkoni bo‗lsa, unga quyidagilarni 
kiritish zarur: 
- shikastlanish miqyoslari aniqlanmagan sharoitda qabul qilinadigan 
dastlabki choralar; 
- shikastlanish sabablari va miqyoslari aniqlangandan so‗ng qabul 
qilinadigan keyingi choralar; 
- tarmoq ishida yuzaga kelgan sharoitlarni baholash. 
Tarmoqda shikastlanishlarga aks ta‘sir ko‗rsatish rejalariga 
quyidagi choralar kiritilishi kerak: 
- shikastlanish ta‘sir ko‗rsatgan punktlarni yoki boshqa obyektlarni 
identifikatsiya qilish; 
- tarmoqni profilaktika qilish maqsadida shikastlangan yoki 
vaqtincha o‗chirib qo‗yilgan (uzib qo‗yilgan) uchastkalarini aylanib o‗tish 


323 
uchun foydalaniladigan, aylanma yo‗llar bo‗yicha trafikni vaqtincha 
yo‗naltirish; 
- foydalanuvchilar uchun maxsus yo‗riqnomalar; 
- rejani bajarish mezonlari (mazkur reja foydalaniladigan shartlar 
ro‗yxati). 
Avariyalar. Avariyalarni oldindan bilish muammoli masala, ammo 
ularning oqibatlarini ma‘lum bir aniqlikda oldindan ko‗ra bila olish 
maqsadga muvofiqdir. Avariya holatlariga munosabat bildirish rejalariga 
quyidagilar kiritilishi kerak: 
- manfaatdor 
ma‘muriyatlar, 
xususiy 
tarmoq 
xizmatlari 
va 
foydalanuvchilarning xabarnomalari ro‗yxatlari; 
- avariya sharoitida amalga oshirilishi kerak bo‗lgan harakatlar 
ro‗yxati; 
- xodimlar shtatini oshirish va ish vaqti davomiyligini oshirish bilan 
bog‗liq choralar. 
Xizmatlar ishidagi rejali tanaffuslar. Tarmoq uchastkalari, uzellari 
va stansiyalari ishida ko‗zda tutilgan tanaffuslar vaqtida quyidagi 
choralarni ko‗rish zarur: 
- boshqa ma‘muriyatlar talab qiladigan nazorat jarayonlari; 
- manfaatdor 
operatorlar 
uchun 
mo‗ljallangan 
shoshilinch 
chaqiruvlarni o‗rnatish jarayonlari. 
Tarmoqni boshqarishni tashkil etish (E.413 tavsiyasi). Tarmoqni 
boshqarishni tashkil etish quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- tarmoqni boshqarish uchun xizmatlarning o‗zaro ta‘sirini tashkil 
etish va rejalashtirish; 
- tarmoqni boshqarish buyruqlarini harakatga kiritish va chiqarish; 
- tarmoqni boshqarish tizimini rivojlantirish. 
Ishchi stansiya monitorida tarmoqning holati haqidagi axborotning 
aks ettirilishi. Tarmoq tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifati 
to‗g‗risidagi axborot, xizmatlarni boshqarish sathi ishchi stansiyasi (WS) 
monitorida tezkor tarzda aks ettirilishi kerak (6.2-rasm). 
Xizmat ko‗rsatish sifatining har bir ko‗rsatkichiga ma‘lum bir 
chegara qo‗yilishi kerak. Agar xizmatlar sifatining birorta ham 
ko‗rsatkichlari chegaraga yetmasa, u holda monitorda «NORM» aks etadi. 
Aks holda «ALARM» aks etadi. Tahlikali holat quyidagi sharoitlarda 
yuzaga kelishi mumkin: 
- aloqa yo‗nalishida o‗ta yuklanish (Overload), %; 
- qurilmalarning rad etishlari (Failure). 


324 
6.2-rasm. Ishchi stansiya monitorida tarmoq holatini aks ettirilish 
namunasi 

Download 6,74 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish