Tarmoqni boshqarish masalalari




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177
Tarmoqni boshqarish masalalari 
TMN ga tegishli ITU-T tavsiyalarida, vazifalarning barcha to‗plami 
quyidagi boshqarish guruhlariga bo‗linadi (6.1-jadval): 
- biznes; 
- tarmoq konfiguratsiyasi; 
- rad etishlarni bartaraf etish; 
- sifatni; 
- axborotni himoyalash; 
- o‗zaro hisob-kitoblar. 
Biznesni boshqarish deganda: 
- tarmoq operatorlarining tizimli maqsadlarini aniqlash va unga 
erishish; 
- boshqa 
tarmoqlarning (zona, qit‘a, dunyo) operatorlarini 
boshqarish tizimlarining o‗zaro aloqasi; 
- tarmoqni boshqarishning usullari va vositalarini belgilab beruvchi, 
tartibga soluvchi xujjatlarni ishlab chiqish tushuniladi. 
Ishchi stansiya monitori 
Tarmoqni boshqarish 
NORM 
ALARM 
OVERLOAD 
(aloqa yonalishida o‘ta 
yuklanish, %) 
FAILURE 
(rad etishlar)
Ishchi stansiyaning monitorida tarmoq xolati haqidagi 
axborotni aks etish namunasi


325 
Konfiguratsiyani boshqarish deganda (Configuration Management, 
SM):
- tarmoqni raqamlash rejasini yaratish va kuzatib borish; 
- tarmoqni shakllantirish va rivojlantirish; 
- tarmoqni va uning ayrim elementlarining rekonfiguratsiyasi; 
- rivojlanish bilan bog‗liq xizmatlar va ishlarni rejalashtirish; 
- tarmoqni ma‘lumotlar bazalarini yaratish va yuritish tushuniladi. 
Bu vazifalar tarmoq parametrlarini va boshqariluvchi elementlarni 
konfiguratsiyalashdan iborat. Shlyuzlar, marshrutizatorlar, multipleksorlar 
va boshqa elementlar uchun bu vazifalar guruhi yordamida tarmoq 
manzillari, identifikatorlar, geografik holati aniqlanadi, tarmoq elementlari 
orasidagi aloqalar va foydalanish jarayonida bu aloqalarning o‗zgarishi, 
yangi mantiqiy yoki fizik kanallarning tashkil etilishi, kommutatsiyalash 
va marshrutlashtirish jadvallarining o‗zgarishi aks ettiriladi. 
6.1-jadval 
Tarmoqni boshqarish masalalari 
Tarmoqni 
boshqarish 
sathlari 
Boshqarish masalalari 
Konfigurats
i-yalarni 
Rad etish
oqibatlarini 
bartaraf 
etish 
Sifatni 
O‗zaro 
hisoblashlarn

Axborotni 
himoyalashn

Biznesni




Xizmatlarni

Tarmoqni




Tarmoq 
elementlarini 



Rad etishlar oqibatlarini bartaraf etishni boshqarish (Fault Manage-
ment, FM) deganda: 
- nosozliklarni aniqlash, ularni ko‗payishiga yo‗l qo‗ymaslik va 
bartaraf etish; 
- tarmoqning barcha muhim elementlari holatini haqiqiy vaqtda 
nazorat qilish; 
- tarmoqni tezkor rekonfiguratsiyalash;
- nosozliklarni bartaraf etish; 
- ishdan chiqqan aloqa qurilmasini tiklash jarayonlarini boshqarish; 
- rad etishlar to‗g‗risidagi xabarlarni qayd etish, filtrlash va aks 
ettirish; 


326 
- nosozliklarni qayd etish qaydnomasini yuritish; 
- foydalanilayotgan tarmoq modeli va uning elementlari asosida 
xabarlarni korrelyatsion tahlil qilish; 
- tarmoqdagi reglamentli va avariya holatlaridagi ishlar haqida 
foydalanuvchilarni o‗z vaqtida xabardor qilish tushuniladi.
Vazifalarning bu guruhi yana o‗z ichiga tarmoq ishidagi to‗xtab 
qolishlar va rad etishlarning oqibatlarini aniqlash, tavsiflash va bartaraf 
etishni qamrab oladi. Bu sathda faqat xatoliklar to‗g‗risidagi xabarlarni 
qayd etishgina emas, balki ularni ma‘lum bir korrelyatsion model asosida 
filtrlash, marshrutlash va tahlil qilish ishlari ham bajariladi. Filtrlash, 
xatoliklar to‗g‗risidagi xabarlarning jadal oqimidan faqat eng muhim 
xabarlarni ajratib olishga imkon beradi. Marshrutlash, ularni kerakli 
elementga yetkazib berishni ta‘minlaydi, korrelyatsion tahlil esa o‗zaro 
bog‗liq xabarlarning oqimini yuzaga keltirgan sababni (masalan, kabelning 
uzilishi, tarmoqlar va serverlarga kirish mumkin emasligi to‗g‗risida katta 
miqdordagi xabarlarning sababchisi bo‗lishi mumkin) topishga imkon 
beradi. Xatolarni bartaraf etish avtomatik tarzda ham, yarimavtomatik 
tarzda ham bo‗lishi mumkin. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish