320
Aniq bir boshqarish tizimini amalga oshirish uchun tayyor yechimlar
mavjud emas – hatto boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqarilgan
boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli (Gommon Management
Information
Protocol, CMIP) va tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli
(Simle Nework Management Protocol, SNMP) kabi protokollarni hisobga
olgan holda ham. Ma‘lum bir kompaniya tomonidan amalga oshirilgan
tarmoqni boshqarish tizimi, buyurtmachining talablariga to‗liq mos kelishiga
kafolat berib bo‗lmaydi. Buning uchun, uni yangi
buyurtmachining tarmoq
xususiyatlarini hisobga olib qayta ishlashga to‗g‗ri keladi.
Tarmoqni boshqarish platformasini (TBP) malakali tarzda, ya‘ni
qo‗yilgan barcha vazifalarning yechimini ta‘minlash uchun dasturlar
kompleksini tanlash juda muhimdir. Agar operator tarmog‗i turli xil ishlab
chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat bo‗lsa, u holda TBP kanallar
kommutatsiyasiga ega tarmoqni ham (PSTN), paketlar kommutatsiyasi
bo‗lgan tarmoqni (IP/MPLS, ATM, Fram Relay, X.25 va boshq.) ham
yuqori samaradorlik bilan boshqarishni ta‘minlashi kerak. Tarmoqni
boshqarish platformasi quyidagi masalalarni yechish uchun moslashgan
bo‗lishi kerak:
- uzoqlashtirilgan uzellarlar, modullar, portlar, kanallarni grafik
interfeys yordami bilan konfiguratsiyalash;
- foydalanuvchilarning talab qilingan miqdordagi kanallari va
multipleksorlarni boshqarish;
- har qanday konfiguratsiyadagi ulanishlarni yaratish: ―nuqta-nuqta‖,
―nuqta-guruh‖, ―guruh-guruh‖;
- haqiqiy vaqt rejimida tarmoq holatini nazorat qilishni tashkil etish;
- tarmoqni sinxronlashtirishni akslantirish;
- tarmoq resurslaridan foydalanishni akslantirish;
- nosozliklarning oldini olish va bartaraf
etish uchun tashxislashni
o‗tkazish;
- quyidagi kontekstlardan birida tarmoq holatini ko‗rib chiqish:
obyektga yo‗naltirilgan va mantiqiy yo‗naltirilgan.
Obyektga yo‗naltirilgan holda ko‗rib chiqish tarmoqning fizik
komponentlarini, jumladan, multipleksorlar, modullar, portlar, kirish
qurilmalari, kanallar kabi komponentlarni
taqdim etishni amalga
oshirishga imkon beradi. Tarmoq operatorining ishlashi qulay bo‗lishi
uchun, kommunikatsiya uzellari guruhlashni har qanday prinsipi bo‗yicha
guruhlarga yoki nimtarmoqlarga birlashtirilishi mumkin.
Mantiqan yo‗naltirilgan ko‗rib chiqish qo‗yilgan yuqori tezlikli
(IP/MPLS domenlarida LSP traktlari, Frame Relay kanallari, virtual
321
traktlar va ATM virtual kanallari) va past tezlikli tarmoqlarning ―nuqta-
nuqta‖ topologiyasi asosida ulanishi tashkil etilgan yo‗lni ko‗rsatish
imkonini beradi.
Tarmoqni boshqarish platformasi quyidagilarni taqdim etishi kerak:
- tarmoq elementlariga texnik xizmat ko‗rsatishni tashkil etish uchun
mablag‗lar va kompaniyaning texnik,
hisob-kitob va marketing
xizmatlarining o‗zaro aloqalari;
- qurilmaning konfiguratsiyasini boshqaruvchi va tarmoq holatini
kuzatuvchi operatorlar va ma‘muriyatlar uchun imkoniyatlarni keng
spektri.
Telekommunikatsiya tarmog‗ining barqaror ishlashining asosi
barcha xizmatlar orasida tezkor, statistik va boshqa axborotlarni
taqsimlanishi, kompaniyaning barcha bo‗linmalarining yaxshi o‗zaro
aloqalarini ta‘minlash hisoblanadi.
Tarmoqni boshqarish platformasi tarmoqda rad etishlar yoki o‗ta
yuklanishlar yuzaga kelganda quyidagi vazifalarni hal etishni ta‘minlovchi
dasturiy vositalarga ega bo‗lishi kerak:
- haqiqiy vaqt rejimida avariya to‗g‗risidagi xabarlarni kommutatsiya
uzellari,
aloqa liniyalari, interfeyslar va abonent oxirgi qurilmalari
guruhlari bo‗ylab saralash va taqsimlash;
- yuzaga kelgan muammolarni tezkor yechish uchun zarur bo‗ladigan
axborotlarni, avariya xabarlari bilan bir vaqtda olish;
- amalga oshirilgan harakatlar natijalari to‗g‗risida, nosozliklarni
sababi to‗g‗risida, shuningdek mazkur muammo bilan shug‗ullangan
avariya xizmati operatori yoki muhandisining ismi-sharifi to‗g‗risidagi
axborotni qayd qilish;
- har bir tarmoq elementi bo‗yicha, shu jumladan foydalanuvchi
axborotni uzatadigan uzel, modul, port yoki kanal bo‗yicha rad etishlar va
to‗xtab qolishlarning miqdori va davomiyligi to‗g‗risida, statistik
axborotni yig‗ish, to‗plash va o‗qish.
Bu axborot tarmoqning ishlash qobiliyatini
tahlil qilish va mijozlar
bilan o‗zaro hisob-kitob qilish uchun foydalanilishi kerak.