Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish (Performance
Management, RM) deganda:
- trafikni boshqarish;
- xizmatlar sifatini oshirish va ularning turini kengaytirish;
- taqdim etilayotgan xizmatlarning sathi haqidagi bitimlarni ishlab
chiqish, xulosa chiqarish va ijrosini nazorat qilish (SLA);
- tarmoqlar va ularning elementlarini faoliyat yuritishi to‗g‗risidagi
statistik ma‘lumotlarni to‗plash va tahlil qilish (tarmoq resurslaridan
foydalanish samaradorligini hisobga olish va tarmoq hamda uning
elementlari ishlashining ishonchliligini nazorat qilish);
- telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsion tavsiflarini
yaxshilash uchun aloqa xizmatlarini taqdim etishni yaxshilash va
assortimentini kengaytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
- aloqa
tarmoqlarini
boshqarish
usullarini
takomillashtirish
maqsadida boshqarish va nazorat qilish tizimlarining faoliyat yuritilishini
tahlil qilish;
- xizmatlar sifatini boshqarish tizimining ta‘sirchanligini tahlil qilish
(u yaratilgandan so‗ng) va uni takomillashtirish tushuniladi.
Bu guruhning vazifalari to‗plangan statistik axborot asosida
tizimning ta‘sir ko‗rsatish vaqti, virtual yoki fizik aloqa kanalining
o‗tkazish qobiliyati, tarmoqning kanallari va alohida segmentlarida
327
trafikning jadalligi, tarmoq orqali ma‘lumotlarni uzatishda ularning
buzilish ehtimolligi, shuningdek tarmoqning tayyorgarlik koeffitsienti kabi
parametrlarini baholash bilan bog‗liq. Tarmoq resurslarini qo‗llash
samaradorligini, tarmoq va uning elementlari ishonchliligini nazorat qilish
funksiyasi, tarmoqni tezkor boshqarish singari tarmoqni rivojlantirishni
rejalashtirish uchun ham zarurdir.
O‘zaro hisoblashlarni boshqarish (Accounting Management, AM)
deganda:
- taqdim etilayotgan xizmatlar to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash;
- taqdim etilayotgan aloqa vositalari va xizmatlari uchun tariflar
ishlab chiqish va takomillashtirish;
- taqdim etilayotgan xizmatlar hajmi va nomenklaturasini hamda
ularning narxlarini hisobga olish;
- ko‗rsatilgan xizmatlar uchun to‗lovlar summasini hisobga olish;
- ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi va nomenklaturasi hamda ularga
to‗lovlar masalasi bo‗yicha abonentlarga ma‘lumotnoma-axborotli xizmat
ko‗rsatish;
- istalgan qonuniy shaklda xizmat ko‗rsatish uchun aloqa
operatorlari bilan shartnomalar tuzgan abonentlarni ro‗yxatga olish va
hisobini olib borish;
- taqdim etilgan xizmatlar uchun to‗lovlarni nazorat qilish.
Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalalarini hal etish
uchun boshqarish tizimi (BT) va boshqarish obyektlari – tarmoq
elementlari (NE) o‗rtasida jadal ma‘lumotlar almashinuvi zarur. Tarmoqni
boshqarish tizimlarining intellektual vazifalari, bir vaqtda faoliyat
yurituvchi amaliy jarayonlar uchun hisoblash resurslarini ajratishni
ta‘minlovchi kuchli operatsion tizim va boshqarishning o‗ziga xos
masalalarini yechishni ta‘minlovchi amaliy dasturiy ta‘minoti bo‗lgan
kompyuterlar majmui bilan amalga oshiriladi.
Axborotni himoyalashni boshqarish (Security Management, SM)
deganda:
- xususiy texnologik axborotni va foydalanuvchilarning maxfiyligini
ta‘minlash uchun me‘yorlarni ishlab chiqish;
- noqonuniy
ulanishdan
tarmoqni xavfsizlik
sathini
sinfini
ta‘minlash;
- ma‘lumotlarni taqdim etishda konfedensiallikka rioya etish;
- ma‘lumotlarni butunligini himoyalash va saqlash;
- foydalanuvchilarni avtorligini nazorat qilish;
- aloqa xizmatlariga turli ulanish sathlarini ta‘minlash;
328
- aloqa xizmatlariga noqonuniy ulanish xodisalari haqida hisobot
tuzish;
- personallar uchun turli avtorlik sinflarini ta‘minlash.
Bu guruh vazifalariga tarmoq resurslariga ulanishni nazorat qilish va
ma‘lumotlarni tarmoq orqali uzatishda ularni saqlash va butunligini
ta‘minlash kiradi.
Xavfsizlikni
boshqarishni
asosiy
elementlari
quyidagilar hisoblanadi:
- foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash jarayoni;
- tarmoq resurslariga ulanish huquqini tekshirish va belgilash;
- shifrlash kalitlarini qo‗llab-quvvatlash va taqsimlash, vakolat bilan
boshqarish.
Tarmoqni boshqarishni kompleks masalalariga quyidagilar kiradi:
ishga tushirishdan oldin:
- tarmoqni resurslari va tuzilishini rejalashtirish;
- ma‘lumotlar bazasini yaratish;
- qurilmalarni o‗rnatish;
foydalanish jarayonida:
- resurslarni ma‘muriy boshqarish;
- trafikni boshqarish;
- tarmoq elementlari orasida yo‗qolgan aloqani qayta tiklash;
- xizmatlar sifatini nazorat qilish;
- foydalanuvchilar bilan hisoblarni boshqarish;
- tarmoqni modernizatsiyalash;
- trafikni oldindan aytish.
Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalasini yechish uchun
boshqarish tizimi (BT) va tarmoq elementlari (NE) - boshqarish obyektlari
orasida ma‘lumotlar jadal almashishi zarur.
Boshqarish tizimi uchun platforma sifatida MSEM (Italtel), ALMA
1360 (Alcatel), C&NMS (Siemens), HP Open View Network Node
Manager (Hewlett-Packard) foydalanilishi mumkin (6.3-rasm).
BT va tarmoqlar hamda ularning elementlari (NE) o‗rtasida axborot
almashinuvi IP/MPLS texnologiyasi qo‗llanilgan transport tarmog‗i va
UKS7 signalizatsiya tarmog‗i tomonidan ta‘minlanishi kerak. Bu
tarmoqlarning tavsiflariga qat‘iy talablar qo‗yilgan (yuqori tezlikda
ma‘lumotlar uzatish, xabarlarni jo‗natish ehtimolligining kichikligi,
yashovchanlik darajasining yuqoriligi).
329
6.3-rasm. NGN ni boshqarish tizimi
BT va boshqarish obyektlari orasidagi telekommunikatsiya
infrastrukturasi hisoblanuvchi, transport tarmoqqa bo‗lgan talablar
M.3010, Q.811, Q.812 tavsiyalarga mos kelishi kerak.