290
Kanalni boshqarish sathi (ikkinchi sath) yoki kanal – jarayonlar
kompleksini va fizik ulanish asosida tashkil qilingan ma‘lumotlar uzatish
kanalini boshqarish usullarini (ulanishni o‗rnatish, uni qo‗llab quvvatlash
va uzish) ifodalaydi. U xatoliklarni topish va to‗g‗rilashni ta‘minlaydi.
Fizik (birinchi) sath – uzatish muhiti bilan o‗zaro aloqani
ta‘minlaydi. U ulanish, ulanishni qo‗llab quvvatlashni va fizik zanjirni
(kanalni) o‗chirish uchun talab etiladigan elektrik va mexanik
xarakteristikalarni aniqlaydi. Bu yyerda fizik kanal orqali har bir bitni
uzatish qoidasi aniqlanadi. Kanal bir nechta bitni bir vaqtda (parallel
holda)
yoki
ketma-ket
uzatishi
mumkin.
Sathlarning
qisqacha
xarakteristikasi 4.2-jadvalda keltirilgan.
Internet ikkita asosiy protokollarga asoslangan – IP protokoli va TCP
protokoli. TCP va IP, shuningdek bir qator kuzatuvchi protokollarning
yig‗indisi TCP/IP Internet protokollar steki sifatida aniqlanadi.
TCP/IP bazasidagi turli tarmoqlar, Internet muhitini shakllantirib IP
marshrutizatorlari yordamida bir-biri bilan ulanadi.
IP protokoli IETF modelini uchinchi sathida joylashgan va bu
protokolning vazifasi OSI modelining tarmoq sathi vazifalariga o‗xshash.